8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Fozila- ilm-fan asoslarini yaxshi egallagan ayol; olima


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

Fozila- ilm-fan asoslarini yaxshi egallagan ayol; olima;
 Kutval- shar hokimi 
Navkar- o'tm ishda harbiy xizmatkor, askar; 
Tolor- yog'och yoki yengil metall panjaradan qilingan ayvon
 Eshkakchi- odam va yuklarni daryodan o'tkazishni o ‘ziga kasb qilib olgan
kishi; qayiqchi 
 ko ‘shk- qadimda baland, bahavo qilib solingan yengil imorat 
 mehrob - masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida 
qurilgan joy (namoz shu tomonga qarab o‘qiladi 
chodir –matodan vaqtincha yashash uchun tiklangan qo`nalg`a 
haram-xon, amir saroylarida xon uchun tegishli xonadon ayollari isti`omat 
qiladigan joy 
89—90-darslar. NAZORAT ISHI VA TAHLILI 
91-dars 
KIRITMALAR (KIRISH SO‘Z) 
184-topsh: Berilgan gaplarda ajratilgan so‘zlar qanday vazifa bajarib kelayotgani,
qanday ma’no ifodalashi va qaysi turkumga mansubligini aniqlang. 
1. Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishing, demak, o‘zingdan nafratlanishingni
bildiradi. (J.Massiyon) 2. Ko‘pdan ko‘p baxtsizliklarning ildizi shundaki,
yoshlikdanoq
bolani o‘z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini, albatta,
qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to ‘g‘ri
yondashishga o‘rgatilmaydi. (V.Suxom linskiy) 3. Mehnat ijodga aylangan joyda,
tabiiyki, o‘lim dahshati, hatto, fiziologik jihatdan ham yo‘q bo‘lib ketadi.
(A.Tolstoy) 4. Sernuqsonlik, shubhasiz, yomon, ammo undan ham yomonrog‘i,
o‘zingda ularni tan olmaslik istagi, bunda mazkur nuqsonlarga o‘z- o‘zini aldash
ham qo‘shiladi. (Paskal) 5. Izzattalablik o‘z holicha, ehtimol, nuqsondir, biroq u
ko‘p hollarda qadr- qimmat manbayidir. (Kvintilian) 6. Safsata va quruq gap, 
haqiqatan ham, nafratga loyiq. Gapdan ko‘ra ish qilish kerak. (V.Suxomlinskiy) 
176-mashq Berilgan gaplardagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarinio‘rniga qo‘yib 
ko‘chiring. 
1. Aqlli bo‘lsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi
ulardan, ,albatta, yuz chaqirim uzoqlashadi. (Majididdin Xavofiy) 2. Aqalli bir
mushukka bo‘lsang mehribon, demak, salomatdir sendagi iymon. (Xusrav Dehlaviy)
3. Qo‘y tamani, bor esa senda tamiz, shubhasiz el ichra bo‘lg‘aysan aziz. (Farididdin 
Attor) 4. Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib ketadi.
Modomiki zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. (Husayn Voiz
Koshifiy) 5. Birovga sog‘insa
har kim yomonlik, nihoyat ul o ‘zi topmas omonlik.
(Abulqosim Firdavsiy) 
Bilib oling 
Yuqoridagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan qismlar kiritma deyiladi. Kiritma gapning,
xususan, matnning umumiy mazmuniga daxldor bo‘lsa-da, gapdagi biror bo‘lak


bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular gapdagi boshqa
bo‘laklardan yozuvda vergul, tire, ba’zan qavslar bilan, talaffuzda esa kichik to 
‘xtamlar bilan ajratiladi. 
185-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Kiritmalar qanday ma’no anglatayotganini 
aniqlang. 
1. Iqtidorli odamlar bilan tenglashmoqchi bo‘lganlar hech nimaga erisha
olmaydilar, aksincha,-inkor- ularning noshudligi boshqalarning kulgisini keltiradi.
2. Ha, shunday odamlar borki, ular o‘z foydalarini ko‘zlab, har qanday yolg‘on-
yashiq gaplarni qasam ichib tasdiqlashdan ham toymaydilar. 3. Shuningdek, aqli
raso odam ham bir ishni
boshlashdan oldin uning oqibati qanday tugashi haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. 4.
Demak, bu bilan masal aqlning teranligi jismning ko‘rkamligidan afzal ekanligini
bildiradi. 
5. Ta’kidlanishicha, kuch-qudratdan ko‘ra e’tiqod salmoqli samara berarkan. 6. 
Maqtanchoqlik dardiga uchragan odam ham ba’zida bu dardidan xabardor bo‘lgan
do‘stlari
oldida maqtana boshlaydi va ularga kulgi bo‘ladi, albatta. 
«Ezop masallari» 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling