8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib oling Kiritma barcha bo‘laklar kabi sodda va murakkab b
Bilib oling
Kiritma so‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi, gumoni, tasdig‘i, inkori va h.), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, aloqadorligi), o‘z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, ikkinchidan va h.), fikri va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo‘shimcha axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma’nolarni i'fodalaydi. 186-topshiriq Gaplarni o ‘qing. Bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalanayotgan kiritmalarni aniqlang. 1. Qaysi ishni qilmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o ‘z ko‘ngling bilan kengashib ko‘rgin. (Yusuf Xos Hojib) 2. Naqlqilibdilarki, yo‘ldan uzoq, o‘tkinchidan xoli bir yerda ko‘l bor edi. («Kalila va Dimna») 3. Kimga pand-u nasihat qilsang, unga, avvalo, o ‘zing amal qil. (Luqm oni Hakim)4. To‘g‘ri, qulog‘ini burasang bas, gazlamasi ham ichida. (A.Qahhor) 5. Biz (Men harbiy kiyim — leytenant formasida edim) — ko‘z doktori Muhtarama Hamidova (hozir u kishi professor) ikkalamiz Hamza nomidagi 0 ‘zbek Davlat akademik drama teatrining eski binosiga, Uyg‘unning «Qaltis hazil» komediyasini tomosha qilgani borgan edik.(K.Qahhorova) 6. Otinoyi, ko‘pincha, o‘z ishi bilan shug‘ullanar, darsda, asosan, xalifa (hozirgi til bilan aytganda, sinf boshlig‘i) rahbarlik qilar, sho‘xlik qilgan qizlarga ham xalifaning o‘zi jazo berar edi. (K.Qahhorova) Bilib oling Kiritma barcha bo‘laklar kabi sodda va murakkab bo‘ladi. Sodda kiritmalar so‘zlar va so‘z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so‘z birikmasi, kengaygan birikma va gaplar bilan ifodalanadi. 177-mashq. Gaplardagi kiritmalarni aniqlab, tinish belgilarini o ‘rniga qo‘ying. Kiritmalarni qanday ma’no anglatayotganiga ko‘ra tasniflang. 1. Zero , sen mening emas, o‘z qorningning g‘amini yeyapsan. 2. Hayotda ham shunday, yomon niyatli kishilar, agar oqil odamlarga biror bir yovuzlik qilmoqchi bo‘lsalar, ko‘zlagan barcha makr-u hiylalari, baribir ,albatta, fosh bo‘lgay. 3. Demak agar odam bir-biriga zid bo‘lgan ikkita ishga baravar kirishsa, uning hech qanday samaraga erisha olmasligi muqarrar. 4. Shuningdek ko‘p odamlar ham birovning shohona ziyofatida mehmon bo‘lishdan o‘z uylarida kam tarona kun kechirishni afzal ko‘radilar. 5. Alqissa yaxshi odamlar uchun foydali bo‘lgan har qanday amalni yovuz niyatli kishilar manfur ish deb biladilar.6. Binobarin bizlar ham o‘zimizda boriga shukur qilmog‘i- miz va ochko‘zlik tufayli bor-budimizdan mosuvo bo‘lishimiz mumkinligini unutmasligimiz kerak. «Ezop masallari» Savol va topshiriqlar 1. So'zlovchi o ‘zfikriga munosabatini qanday ifodalaydi? 2. Yo ‘l-yo ‘lakay gapdan о ‘rin olgan qo ‘shimcha fikr ifodasi qanday nomlanadi? 3. Kirish va kiritmaning о ‘xshash va farqli tomonlari nimada ? 4. Kirish va kiritmalar qaysi bo'laklarga tobelanadi? Uyga vazifa 187-topshiriq. Quyidagi gaplarning har biriga kirish va kiritma qurilmaiarni qo‘yib gaplarni ko‘chiring. 1. Mehmoni yo‘q qora uydan,shubhasiz, dala-tuz yaxshi. («Komillik o ‘gitlari») 2. Teran fikrni doim keksalardan qidirgin, zero, bahor suvi kuzda musaffolik topadi. (Termiziy) 3. Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. (Hadis) 4. Nosihi sodiq erurki beg‘araz, bil anga olamda topilmas evaz. (Alisher Navoiy) 5. Mehmonsiz uy suvi quri- gan tegirmonga o‘xshaydi. («Komillik o ‘gitlari») 6. Kishi- larning qadrlisi saxovatli kishilardir. (Yusuf Xos Hojib) 188- topshiriq. Nosih, tizgin, nuqson, tama, tamiz, raso, xalifa so‘zlarining ma’nolarini izohlardan aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash uchun eslab qoling: 1) nasihatgo‘y; 2) kishi nomiga nomunosib, uni salbiy jihatdan ko‘rsatadigan belgi; kamchilik, illat, qusur, ayb; 3) hayvonlarni bog‘lash yoki qantarib qo‘yish uchun xizmat qiladigan, uchi suvliqqa yoki boshvoqqa biriktiriladigan uzun tasma yoki chizimcha; boshqarish vositasi; 4) o ‘z bilim i, aqli, farosati bilan tegishlicha ish tutish qobiliyati; fahm, farosat; 5) birovdan bir narsa undirish hissi, o‘ziniki qilish, olishga bo'lgan intilish; umidvorlik, umid, ilinj; 6) kami yo‘q, to ‘liq, but; 7) aqliy jihatdan to ‘la rivojlangan, kamolotga erishgan; yetuk, barkamol; 8) musulmonlar jamoasi va musulmon davlatining diniy, ayni bir paytda dunyoviy boshlig'i. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling