1-mavzu: «Bojxona ishi» fanining predmeti va vazifalari. Reja: «Bojxona ishi»


Download 28.65 Kb.
bet1/3
Sana12.02.2023
Hajmi28.65 Kb.
#1190878
  1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-mavzu: «Bojxona ishi» fanining predmeti va vazifalari.


Reja:
1. «Bojxona ishi» fanining o’rganish sohasi.
2. «Bojxona ishi»ning rivojlanishi va fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqasi.
3. Bojxona munosabatlarini ifodalovchi atama va tushunchalar.


Tayanch iboralar.
Tovarlar, O’zbekistontovarlari, chet el tovarlari, tashuvchi, deklarant, bojxona chegarasidan olib o’tish, bojxona nazorati, bojxona ta’minlovi, bojxona rejimi, dastlabki qaror, bojxona rasmiylashtiruvi, iqtisodiy siyosiy choralar.
1. «Bojxona ishi « fanining o’rganish sohasi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida ijtimoiy- siyosiy rivojida tarixiy o’zgarishlar yuz berdiki, bular natijasida respublikamiz kuch-qudrati va obro’-e’tibori ortib bormoqda.
Moliyaviy barqarorlikka olib boruvchi yo’ldan izchil ilgarilab borish natijasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtarish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, real sektorga investitsiyalarni ko’paytirish, raqobatbardosh va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni barpo etishga qulay makroiqtisodiy sharoitlar yaratildi. O’zbekistonxom-ashyo o’lkasi bo’lgan yillar ortda qoldi. Endi u sanoati va qishloq xo’jaligi rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olgan.
CHet el investitsiyalarini jalb etishga muhim ahamiyat berilmoqda. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilmokda. qonun yo’li bilan butun soliq imtiyozlari va bojxona yengilliklari tizimi yaratildiki, bu O’zbekistonbozorini xorijiy investitsiyalar uchun katta imkoniyat yaratmokda. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash pul, kredit sohasi va to’lov intizomini mustahkamlash, aholi turmush darajasini oshirish shuningdek sog’liqni saqlashni rivojlantirish ijobiy natijalar bermokda. O»zbekistonning ichki va tashqi siyosatini olib borishda bojxona ishi asosiy o’rinlardan birini egallaydi.
Bojxona ishi O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o’tish, boj to’lovlarini yunaltirish, bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi bojxona siyosati amalga oshiriladi. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari Respublikamiz bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini rag’batlantirishdan, ichki bozorni va respublikada tovar ishlab chiqaruvchilarini himoyalashdan iborat. Respublikamizning quruliqdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo bo’shligi bojxona hududini va bojxona chegarasini tashqil etadi. Bojxona organlari bojxona ishi vazifalarini hal etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda davlatning o’zga organlari, korxonalar, muassasalar, tashqilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari bojxona organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda ko’maklashishlari, shu jumladan bu vazifalarni hal etish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish orqali ularga ko’maklashishlari shart. Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq o’z vakolatlariga taalluqli ayrim harakatlar o’z nazoratlari ostida davlatning boshqa organlari, korxonalar, muassasalar vatashqilotlartomonidan bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir.
2. Bojxona ishining rivojlanishi va fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqasi.
O’zbekiston Respublikasi ochiq bozor iqtisodiyotini shakllantirish yo’lidan olg’a qadam tashlab borarkan, tashqi iqtisodiy aloqalarni asta syokinlik bilan erkinlashtirib bormoqda.
Bu mamlakat iqtisodiy chegaralarini himoya etuvchi tashqilotlarni barpo etishni talab etadi. Ushbu vazifani hal etilishida bojxona muhim o’rinni egallaydi. Bojxona, ichki bozorni himoyalash, eksport va importning rivojlanishiga ko’maklashish, shuningdek unga to’g’ri sug’urta qilishga yo’naltirilgan iqtisodiy, tashqi savdo siyosatini hayotga tadbik etish uchun xizmat qiladi.
"Bojxona ishi " fani bojxona ishini tashqil etish, yuklar, transport vositalari va yo’lovchilar harakatini nazorat qilish qoidalari bilan tanishtiradi. Turkistonda dastlabki bojxona utgan asrning oxirida tashqil etilgan edi. Uning nomi «Pattakesar bojxonasi» deb atalib, u mustabid tuzumning dastlabki yillarida Termiz bojxonasiga aylantirildi. 1958 yilda halqaro aviotashish ko’payganidan so’ng Termiz bojxonasiga bo’ysunuvchi Toshkent bojxona maskani joriy etildi. 1959 yil 14–aprelda sobiq ittifoq havo transporti vazirligining buyrug’i bilan bojxona maskani Toshkent bojxonasiga aylantirildi. 1984 yilda Toshkent bojxonasining tarkibida harbiy yuklarni nazorat qilish bo’yicha ikkita bojxona maskani tashqil etildi. Birinchisi Toshkent viloyatining Tuzel posyolkasida, ikkinchisi Farg’ona shahrida. 1988 yil oktyabrda Toshkent bojxonasi O’zbekiston Respublikasi bojxonasiga aylantirildi.1989-1990 yillarda respublikamizning barcha yirik shaharlarida bojxonalar tashqil etildi.
1991 yil 18-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasi tashqil etildi va Prezidentimizning 1992 yil 8-avgustdagi farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasiga aylantirildi.1994 yil yanvarida Prezidentning farmoni bilan DBq tugatildi va u DSq tarkibidagi bosh boshqarmaga aylantirildi.1997 yil 8-iyuldagi Prezidentimizning PF 1815–son «O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasini tashqil etish» to’g’risidagi farmoniga va Vazirlar Mahkamasining 1997 30 iyuldagi 374-sonli «O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi faoliyatini tashqil etish» to’g’risidagi qaroriga ko’ra Respublikamizda DBq tashqil etildi. 1997 yil 26 dekabrda bojxona kodeksi tasdiqlandi. 1998 yil 1 martdan amalga kiritildi. 198 moddadan iborat. 1997 yil 29 avgustdan «Boj tarifi» qonuni qabul qilindi va 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritildi. 35 moddadan iborat. «Davlat bojxona xizmati to’g’risida» gi qonun 1997 yil 29 avgustda tasdiqlandi va kuchga kiritildi. 14 moddadan iborat.
"Bojxona ishi " fani «Jahon iqtisodiyoti», «Halqaro iqtisodiy munosabatlar» va boshqa fanlarda ko’rib chiqilgan ko’plab atama va tushunchalarni yanada chuqurroq anglash va olingan bilimlarni boyitish imkonini beradi.
"Bojxona ishi " fanida uning mazmuni, bojxona siyosati, maqsad va vazifalari, bojxona nazorati kabilar o’rganiladi. O’quv jarayoni reyting tizimi asosida tashqil etilib, joriy baholash har bir amaliy mashg’ulotlarda amaliy so’rovlar, o’tkazilgan testlar natijasiga qarab amalga oshiriladi. Oraliq baholash esa mavzularni to’liq tushunchalarini mazmunini ifodalovchi tayanch iboralardan yozma ish olish natijasi bilan hal etiladi. Talabalarga noan’anaviy darslarni tashqil etilishi fanni chuqurroq o’zlashtirishiga yordam beradi.
Ushbu fanni o’zlashtirishda quyidagi ilg’or pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi zarur:
1.Tayanch iboralar va so’z lug’atlaridan nazorat ishini tashqil etish;
2.Bojxona munosabatlarida to’ldiriladigan yuk deklaratsiyasi hujjatlari bilan yaqindan tanishtirish;
Mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar, slaydlar, kompьyuter dasturlaridan keng foydalanishdan iborat.

Download 28.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling