103-topshiriq M aqollardagi bo‘sh o ‘rinlarni quyidagi so‘zlardan tanlab to ‘ldiring:
bog‘, haqiqat, adolat, tog‘, xalq, olomon, daraxt, buta, qozi, boy, odil.
1
Odil kishi oyday, oqib turgan soyday. 2.
Adolatning yuzi yorug‘, qo ‘li uzun.
H aq is h n I
haqiqat. qo ‘llar. 4. Yolg'iz
daraxt o ‘rm on bo'lm as. 5. K o‘p
biriksa
, tog`.qular.
104-topshiriq Nasriy bayonga to‘g‘ri keluvchi baytni belgilang. «Xudo kimni bek qilib
yaratishni istasa, oldin unga aql-u uquvdan qanot beradi».
1. Bayat kimki bersa bu beglik ishi,
Berur o‘g ko‘ngul ko‘r ul ishka tushi.
2. Kimi beg to ‘rutmak tilasa bayat,
Berur ashnu qilq yang uqush yug qanat.
3. Bu beglik ishi bo‘ldi beglar ishi,
Bu beglar ishin bildi beglig kishi.
Yusuf
Xos Hojib
56-57-DARSLAR
NAZORAT ISHI va tahlili
MILLIY QADRIYATLARIMIZ
Milliy qadriyatlar millat va xalqning o‘zi bilan birga asrlar,
ming yilliklar
mobaynida shakllanib, takomillashib boradi. Shuning uchun ularda xalqning orzu-
intilishlari, ruhiyati va
tafakkuri, hayot falsafasi, turmush tarzi to‘liq mujassam bo‘ladi.
Masalan, Navro‘z bayramini olaylik. Navro‘z bayrami xalqimiz o‘troq hayotni
boshlagan qadim davrlardan buyon yashab kelmoqda. Chunki, bu bayram, avvalo yerga,
suvga, quyoshga,
tabiatga, butun mavjudotga mehr uyg‘otadi, olam bilan uyg‘unlikda
yashashga da’vat etadi, dunyoning go‘zalligidan bahramand bo‘lishga chaqiradi. Biz
bugungi kunda ham bu bayramda sumalak qaynatish, uloq chopish, kurash tushish, yer
haydash, urug‘ sochish, xonadonimiz, mahallamizni tozalash, tabiat bag‘riga sayr qilish
kabi marosimlarini ado etar ekanmiz, qalbimizda olis ajdodlarimizdan meros bo‘lgan
qadimiy tuyg‘ular uyg‘onadi: ona tabiatga yanada yaqinroq bo‘lishga,
uni sevib
ardoqlashga, eng muhimi, ota-onalarimiz,
yaqinlarimizga, shu tariqa barcha insonlarga
mehr-oqibatli bo‘lishga harakat qilamiz.
Xalq taqdirida shunday qadriyatlar bo‘ladiki, ular millatning o‘zi bilan birga
shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi. Til–har
bir millatning ana
shunday bebaho qadriyatidir. O‘zbek tili ham millatimiz bilan ming yillar davomida
birgalikda shakllanib borgan. Xalqimizning boshiga tarixda qanday og‘ir sinovlar
tushgan bo‘lsa, tilimiz ham bundan mustasno emas.