8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


bakovul- podshoh, xon va lashkarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat olib


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

 
bakovul- podshoh, xon va lashkarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat olib 
boruvchi, bosh oshpaz;
shig'ovul- Buxoro va Xiva xonliklarida elchilami kutib olish, xon huzuriga olib 
kirish, saroydagi qabul marosimlarini boshqarish va nazorat qilish bilan 
shug‘ullangan shaxs 
salom og'asi- amir, xon saroyida rasmiy marosimlarga boshchilik qilib, uni nazorat 
qilib turgan lavozimli shaxs. 
dodxo-xon va amirning huzuriga ish va arz bilan kelganlar haqida xon, amirga 
xabar beruvchi va xon, amirning javobini ularga yetkazuvchi amaldor; 
ponsadboshi - Buxoro xonligida adolat, haq-huquq istovchilardan amir nomiga 
ariza qabul qiluvchi va uning javobini arzchilarga yetkazuvchi lavozimli kishi
 hudaychi- Qo‘qon xonligida qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi 
amaldor 
 54-55-darslarn SODDA GAP VA GAP BO‘LAKLARI YUZASIDAN TAHLIL
119-mashq. Matnni o‘qing. 
OQILONA JAVOB 
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazirlik qilgan kezlarida podsho
doim uning so‘zlariga quloq solib, shoir bilan maslahatda ish tutar ekan.
Kunlardan bir kun erta tongda Husayn Boyqaro saroyga kirib ketayotib Navoiyga
qarabdi-yu, ko‘rsatkich barmog‘i bilan boshini ko‘rsatibdi. Ayni shu choqda
Navoiy barmog'i bilan tilini ko`satibdi. Husayn bosh chayqabdi, saroyga kirmay,
qaytib ketibdi. Bu manzarani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-
ishoralarning sababini so‘rashibdi. Shunda Navoiy: 
— Qani, o‘zlaring o‘ylab topinglar, — debdi-da, imo-ishoralar sirini aytmabdi.
Shogirdlar o‘ylab-o‘ylab, hech topisholmabdi. Nihoyat, ulardan biri shoirni
so‘zlatish maqsadida siyohdonni ag‘darib yuboribdi. Shunda Navoiy: 
— Abdullatif, bunchalar parishonxotir bo‘lmasangiz, axir siyohdonni ag‘darib
yubordingiz-ku! — debdi. 
Kechirasiz, ustoz, — unga yuzlanibdi shogirdi, — ha- ligi muammoning
sababini oЈylab, xayolim qochibdi. Shun­da Navoiy shogirdlariga bo‘lgan
voqeaning sir-asrorini aytib berishga majbur bo'libdi. 
— Husayn Boyqaro mendan: «Boshga baloni nima kel- tiradi?» — deb so‘radilar.
Men esa: «Til», — deb javob berdim. 
Shogirdlar Navoiyning ziyrak va donishmandligiga yana bir marta qoyil qolishibdi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling