bakovul- podshoh, xon va lashkarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat olib
boruvchi, bosh oshpaz;
shig'ovul- Buxoro va Xiva xonliklarida elchilami kutib olish, xon huzuriga olib
kirish, saroydagi qabul marosimlarini boshqarish va nazorat qilish bilan
shug‘ullangan shaxs
salom og'asi- amir, xon saroyida rasmiy marosimlarga boshchilik qilib, uni nazorat
qilib turgan lavozimli shaxs.
dodxo-xon va amirning huzuriga ish va arz bilan kelganlar haqida xon, amirga
xabar beruvchi va xon, amirning javobini ularga yetkazuvchi amaldor;
ponsadboshi - Buxoro xonligida adolat, haq-huquq istovchilardan amir nomiga
ariza qabul qiluvchi va uning javobini arzchilarga yetkazuvchi lavozimli kishi
hudaychi- Qo‘qon xonligida qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi
amaldor
54-55-darslarn SODDA GAP VA GAP BO‘LAKLARI YUZASIDAN TAHLIL
119-mashq. Matnni o‘qing.
OQILONA JAVOB
Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh vazirlik qilgan kezlarida podsho
doim uning so‘zlariga quloq solib, shoir bilan maslahatda ish tutar ekan.
Kunlardan bir kun erta tongda Husayn Boyqaro saroyga kirib ketayotib Navoiyga
qarabdi-yu, ko‘rsatkich barmog‘i bilan boshini ko‘rsatibdi. Ayni shu choqda
Navoiy barmog'i bilan tilini ko`satibdi. Husayn bosh chayqabdi, saroyga kirmay,
qaytib ketibdi. Bu manzarani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-
ishoralarning sababini so‘rashibdi. Shunda Navoiy:
— Qani, o‘zlaring o‘ylab topinglar, — debdi-da, imo-ishoralar sirini aytmabdi.
Shogirdlar o‘ylab-o‘ylab, hech topisholmabdi. Nihoyat, ulardan biri shoirni
so‘zlatish maqsadida siyohdonni ag‘darib yuboribdi. Shunda Navoiy:
— Abdullatif, bunchalar parishonxotir bo‘lmasangiz, axir siyohdonni ag‘darib
yubordingiz-ku! — debdi.
— Kechirasiz, ustoz, — unga yuzlanibdi shogirdi, — ha- ligi muammoning
sababini oЈylab, xayolim qochibdi. Shunda Navoiy shogirdlariga bo‘lgan
voqeaning sir-asrorini aytib berishga majbur bo'libdi.
— Husayn Boyqaro mendan: «Boshga baloni nima kel- tiradi?» — deb so‘radilar.
Men esa: «Til», — deb javob berdim.
Shogirdlar Navoiyning ziyrak va donishmandligiga yana bir marta qoyil qolishibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |