8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet42/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

o‘g‘li Hakimxonni badarg‘a qildi. *1841-yilda Madalixon o‘z ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi.
****Madalixondan norozi kuchlar Buxoro amiri Nasrullodan yordam so‘radilar. Amir Nasrullo 1842-yilda
Qo‘qonni bosib oldi. Madalixon, ukasi Sulton Mahmudxon Amir Nasrullo buyrug‘iga binoan qatl etildi. *Amir Nasrullo hatto Madalixonning onasi Nodirabegimga ham shafqat qilmadi.
****Nasrulloxon Qo’qonga Ibrohim dodhohni noib etib tayinlaydi. Unga qarshi 1842-yili katta qo’zg‘olon
ko‘tarildi. Uning oqibatida amirning Qo‘qondagi noib va beklar hokimiyati tugatildi. ****Taxtga Norbo‘tabiyning ukasi Hojibekning o‘g‘li Sheralixon (1842­1845) o’tqazildi. Qipchoqlar sardori Musulmonqul mingboshi etib tayinlandi.
**** Amir Nasrullo yana Qo‘qonga yana yurish qildi. U Qo‘qon shahrini 40 kun qamalda tutdi. Biroq Amir Nasrulloning qamalni davom ettirishiga Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro amirligiga qilgan hujumi xalaqit berdi. Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo’ldi.
****Musulmonqul 1845-yilda O‘sh aholisining qo‘zg‘olonini bostirish uchun qo‘shin bilan yuborildi. Bundan foydalangan Isfara hokimi Samarqandda istiqomat qilib turgan marhum Olimxonning o‘g‘li Murodxonni olib
kelib, Qo‘qon taxtiga o‘tqazdi.
****Biroq Musulmonqul Namanganga qaytib keldi va qizini marhum Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorga nikohlab berdi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda Namangan hokimi edi. Shundan keyin Musulmonqul Murodxonni taxtdan ag‘dardi va kuyovi Xudoyorni o‘tqazdi.
****Musulmonqul rus qo‘mondonligi vakili V. Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashdi. Qaynotasining bu harakati Xudoyorxonni qattiq cho‘chitib qo‘ydi. *Shuning uchun 1852-yil 9-oktabr kuni Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo‘shin bilan qipchoqlar qirg‘inini uyushtirdi. Qaynotasi Musulmonqul asir olinib, qatl etildi. Qipchoqlaming mol-mulki musodara qilindi.


Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling