8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet41/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

8-o’zbek 33-mavzu majburiylarga
****Olimxon 1798-yilda taxtga o‘tqazildi. Uning hukmronligi davrida (1798-1810) davlat endi Qo‘qon xonligi
nomi bilan atala boshlandi. *1805-yilda Olimxon o‘zining xonlik nomi yozilgan kumush tanga pul (dinor)ni zarb ettirdi va o‘zini xon deb e’lon qildi. *Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e’tirof etilishi uchun sulolaning kelib chiqishi Bobur Mirzodan boshlanishi haqidagi rivoyatdan foydalandi.
****Rivoyat tarixiy kitoblarga „Oltin beshik“ nomi bilan kirgan. Rivoyatga ko’rа, Bobur Mirzo shayboniylardan yengilib, Movarounnahrdan Farg'ona orqali chiqib ketadi. Yo 'lda Bobur Mirzoning ayollaridan biri o'g'il farzand ko'radi. *Oltinbeshik deb ism qo‘yadilar. Oltinbeshik ming urug'i orasida tarbiyalanadi. Voyaga yetgach uylanadi. Ming urug'idan uylangan turmush o ’rtog'i o'g'il farzandni dunyoga keltiradi. Unga Tangriyor deb ism qo ‘yadilar. Rivoyatda qayd etilishicha, Tangriyor keyinchalik Farg'ona hukmdori bo'lgan. Davlatni esa biy unvonida boshqargan.
****Olimxon nomiga „Sohibqiron" unvoni ham qo'shib yoziladigan bo'ldi. Bu ham minglaming kelib chiqishi
temuriylarga borib taqalishini asoslashga xizmat qilishi lozim edi. ****Sirdaryo o‘rta oqimining deyarli barcha o‘ng qirg‘og‘i Qurama deb atalgan *Olimxon hukmronligi davrida xonlik hududi deyarli ikki marta kengaydi. *Olimxon kambag'al va qalandarlarga yer hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb etdi.
****Olimxondan so’ng ukasi Umarxon taxtga o’tiradi va o’z nomi bilan kumush dirham zarb ettirdi. 1817- yildan boshlab zarb etila boshlangan kumush va tilla pullarga „Musulmonlar amiri, Sayid Muhammad Umar sulton“ deb yozila boshlandi.
****Xonlik hududini yanada kengaytirish maqsadida 1812-yilda Buxoroga qaramlikni e’tirof etgan Turkistonga
ham qo‘shin jo ‘natdi va uni ishg‘ol etdi.
**** Umarxon hokimiyatining qonuniyligini asoslash maqsadida „Qaysi hukmdor 12 ming lashkarni kerakli qurol-yarog’ va anjomlar, otlarini esa yem-xashak bilan ta’minlasa, uni musulmonlar amiri (Amir al-muslimin)
deb atash joiz“ degan fatvo chiqardilar.
****Usmonli davlati sultoni Qo‘qon xonligining Buxoro amirligidan to‘la mustaqil davlat ekanligini tan oldi. ****Umarxon 1822-yilda vafot etdi. Taxtga katta o‘g‘li Muhammad Alixon (Madalixon) o‘tirdi. *U Farg‘onaning janubida joylashgan, asosan, tojik o‘troq aholisi yashaydigan Qorategin, Darboz va Ko‘lobni ishg‘ol etdi. *U ammasi Oftoboyimning oilasiga ham shafqat qilmadi. Uning turmush o‘rtog‘i, xonlikning shayxulislomi va

Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling