V.Yangi mavzuni mustahkamlovchi savol va topshiriqlar.
1.Qoraqalpoqlar dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib tirikchilik qilganlar.
2.1827 yilda Xiva xonlari zulmiga qarshi Oydo’stbiy boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi.
VI.Uyga topshiriq: o’tilgan mavzularni mustahkamlash, yangi mavzuga tayorlanib
kelish.
Nazorat ishi - IV
8-sinf O’zbekiston tarix
Mavzu: Takrorlash dars
Darsning ta’limiy maqsadi: o’tilgan mavzularini takrorlash orqali o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash va tahlil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:1.O’quvchilarni o’z ustilarida mustaqil ishlashga o’rgatish.2.Komil insoniylik ,Vatanparvarlik ,Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash.3.Ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy va madaniy meroslarni ko’z qorachig’iday asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchimaqsad: 1.O’quvchilarni darsga oldindan tayorgarliklarini xis qildirish.2.Tarix faniga qiziqishlarini dars davomida turli musobaqalar uyushtirish yo’li bilan oshirib boorish.3.Past o’zlash tiruvchi o’quvchilar bilan darsning oxirgi daqiqalarda shug’ullanish.
Darsning turi:o’quvchilar egallagan bilimlarni tekshirish va tahlil qilish
Dars usuli: savol - javob
Dars jihozi: darslik, dars ishlanma, ko’rgazmali qurollar, tarqatma va didaktikmatiriallar va dunyoning siyosiy haritasi.
Texnik vositalar: telivizor , DVD va ko’rgazmalar yozilgan disklar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Savol-javob
Yakunlash va baholash
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtrish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ 1875-sonli qarori 10.12.2012 yil. Qaror 12-banddan iborat..
II.Ma’naviy-siyosiy daqiqa:dunyo habarlari va yurtimiz voqiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |