21. Qachon Toshkent Qo’qon xonligiga qo’shib olindi?
A) 1803-yilda B) 1805-yilda
C) 1807-yilda D) 1809-yilda
22. Qo’qon xonligi mingboshisi Musulmonqul o’z mavqeyini yo’qotmaslik yo’lida kim bilan maxfiy ravishda uchrashadi?
A) rus qo’mondoniligi vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan
B) Buxoro amirligi vakili Qalandarxo’ja bilan
C) Xitoy imperatori elchisi Vu-Di bilan
D) Rossiya davlati elchisi I.V.Burnashev bilan
23. Qo’qon xonligida zakot to’lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlaridan iborat bo’lgan soliq qanday nomlangan?
A) "tutun haqi” B) "yig’im soliq”
C) "qo’ra boshi” D) "o’tov puli”
24. Qo’qon xonligida bahor kelganda yangi o’tloqlarga ko’chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo’y bilan olinadigan soliq (zakot) qanday nomlangan?
A) "tutun haqi” B) "qo’ra boshi”
D) "o’tov puli” D) "ko’chuv puli”
25. Qo’qon xonligida oltin ma’dani qaysi hududlardan olingan?
A) Pop hududidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan
B) Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog’ shimolidagi Ko’krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan, Chotqol daryosi yuqori oqimlaridan
C) Iloq vohasidagi tog’lardan, Chotqol daryosi yuqoi oqimlaridan
D) O’sh tog’laridan, O’zgan hududidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan
IV.Uyga topshiriq: o’tilgan mavzularni mustahkamlash, yangi mavzuga tayorlanib kelish.
8-sinf O’zbekiston tarix
Mavzu: Tarixnavislik, san’at va me’morchilik.
Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvhilarda Tarixnavislik, san’at va me’morchilik mavzusi haqida bilim,ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:1.O’quvchilarni o’z ustilarida mustaqil ishlashga o’rgatish.2.Komil insoniylik ,Vatanparvarlik ,Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash.3.Ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy va madaniy meroslarni ko’z qorachig’iday asrab avaylashga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |