Ona tili va adabiyot menga tilagan barcha


Download 169.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi169.44 Kb.
#1561718
Bog'liq
30talik 27



ONA TILI VA ADABIYOT 
Menga 
tilagan 
barcha 
tilaklaringizga, 
mendan oldin erishing
Rasmiy kanali @Mr_Azamjon_blogger
Tuzuvchi: A’zamjon ALIJONOV 
Hammaga OMAD:)) 
1. Qaysi gapda o‘z sinonimi o‘rniga xato 
qo‘llangan ot qatnashgan? 
A)Qizini yer-ko‘kka ishonmagan ona uni katta 
dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi. 
B)Cholning ovozi o‘zgardi, o‘pkasi to‘ldi, 
shekilli, birpas osuda qolib, keyin gapirdi. 
C)Birozdan keyin ona o‘g‘ilchasi Xoliqjonning 
beg‘ubor basharasiga engashib tikildi. 
D)Bazzoz do‘konini katta o‘g‘liga qoldirib, har 
kuni asir namozini uyiga kelib o‘qir edi. 
2. Qaysi gapda fe’l+fe’l tipidagi qo‘shma fe’l 
qatnashgan? 
A)Kech kuz kelib barglar sarg‘ayib to‘kilmoqda. 
B)Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi. 
C)Majnuntol suvga egilib, salom berayotir. 
D)Xushxabar olib kelgan yigitga hamma 
quvonch bilan tikildi. 
3. Barcha gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi 
shartli belgilarga to‘liq mos keladigan gapni 
aniqlang. 
::::: 
. . . . . . 
A)Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlanib 
qirga ko‘tarila boshlashdi. 
B)Siz unga ravon so‘zlamoqni o‘rgating. 
C)Ikrom har kuni kichik ukasini maktabga olib 
boradi. 
D)Men bu kitobni ko‘p o‘qiganman 

4. Charchamang, ko‘zlarim, boqay to‘yguncha, 
Bu zavq daryosidan shimir, ey ko‘ngil. 
Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi 
qaysi fikr to‘g‘ri emas? 
A)Asosi o‘z shakldoshiga ega bo‘lgan 
ravishdosh qatnashgan. 
B)Ushbu gapdagi kesim vazifasida kelgan fe’llar 
buyruq-istak maylida qo‘llangan. 
C)Sifatdosh shaklidagi o‘timsiz fe’l qatnashgan. 
D)Ushbu gapda hokim qismga bitishuv usulida 
tobelangan fe’l qatnashgan. 
5. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha 
undoshlari jarangli til undoshlariga mansub 
bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang. 
1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi; 
5) jigarrang; 6) diyor 
A) 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 3, 4, 5 
D) 3, 4, 5 
6. Qaysi javobdagi ma’lumot "Qisasi Rabg‘uziy" 
haqida? 
A)Unda to‘rtta asosiy qahramon: Kuntug‘di, 
Oyto‘ldi, O‘zg‘urmish va O‘gdulmishga ezgu 
tushuncha timsoli yanglig‘ qaralgan. 
B)Unda uch og‘a-ini sarguzashtlari o‘rin olgan. 
Sherni o‘ldirgan to‘ng‘ich bahodirning 
qahramonligi ham aks ettirilgan. 
C)U Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra 
yozilgan bo‘lib, unda asosan payg‘ambarlar 
hayoti hikoya qilingan. 
D)Unda Eltarish xoqonning Tabg‘achda 
tarbiyalangan, keyinchalik turk xalqini yig‘ib 
"shad" unvonini olgan maslahatchisi va 
sarkardasining qahramonliklari aks etgan. 
7. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib 
kelgan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan? 
A)Ey farzand, hamisha fozillar bilan 
hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga odat qil. 
B)Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat 
aqlli kishigina uni aytmaydi. 
C)Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror 
toptirishning eng qulay vositasidir. 
D)Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham 
maqtashga majbur bo‘ladilar. 
8. Qaysi javobdagi ma’lumot “Fanorchi ota” 
hikoyasi haqida emas? 
A)Ushbu hikoyada tasvirlanishicha, mahalla 
bolalari ichida keksa kishi himoyasiga dadil 
chiqa oladigan Ahmad singari mard bolalar 
ham paydo bo‘ladi. 
B)Hikoyadan XX asr boshlaridagi ko‘hna 
Toshkentning g‘ala-g‘ovur ko‘chalari 
manzarasi, bo‘zchilarning hayot tarzini ifoda 
etuvchi parcha ham o‘rin olgan. 
C)Ushbu hikoyada har kuni bir 
zararkunandalikni o‘ylab topadigan battol 
Qosim cho‘loq ishtirok etadi. 
D)Hikoyada keksa kishining insoniy hislari 
beboshliklar qilib kekkayib turgan, keksa 
kishi ustidan “piq-piq” kulib turgan bolalar 
ko‘ngliga ko‘chishi ustalik bilan tasvirlangan. 
9. Imloviy jihatdan xato yozilgan hol qatnashgan 
gapni aniqlang. 
A)Yurtimiz yuksalishiga ulkan hissa qo‘shib 
kelayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz munosib 
taqdirlandi. 
B)Hamshiraning xushmuomalalik bilan aytgan 
o‘sha so‘zlari uni anchagacha chuqur o‘yga 
toldirib qo‘ygandi. 
C)Otaxonning dovdirab, nima deyishni bilmay 
tutulib gapirganini ko‘rgan yigit unga dalda 
bermoqchi bo‘ldi. 
D)Qisqa vaqt ichida oliygohning o‘quv binolari 
qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. 


10. Qaysi javobdagi ma’lumot Navoiyning 
"Bo‘ldum sanga" radifli g‘azali haqida emas? 
A)G‘azalda radif bo‘lib kelgan so‘z radifning 
o‘zida 8 bor qo‘llanishidan tashqari, yana 
12 (jami 20) bor takroriy tarzda qo‘llanadi. 
B)G‘azal matla’sida: "Husningni ko‘rish uchun 
senga zor-u asir bo‘lib qoldim. Senga oshno 
bo‘lgan kunim qanday balolik kun ekan?" 
degan mazmun ifoda etilgan. 
C)Ushbu g‘azalning begona baytida "Jomi 
Jam" va "Xizr suyi" tushunchalari 
yordamida talmeh san’ati yaratilgan. 
D)Ushbu g‘azal maqta’sida ishtiqoq san’atining 
ajoyib namunasi yaratilgan. 
11. Qaysi javobdagi gapda aniqlovchi vazifasida 
kelgan tovushga taqlidni bildirgan so‘z 
qo‘llangan? 
A)Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars 
yorilib ketganini endi payqadi. 
B)Kimdir ertalabdan darvozani taq-taq urardi. 
C)Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray 
boshladi. 
D)Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda 
g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg‘onib ketdim. 
12. O‘rik 􀀀 ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali 
daraxt. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, 
sariq, qizg‘ish. 
Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zlar 
qatnashgan? 
A) 5 B) 7 C) 6 D) 4 
13. Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni 
sog‘indim, 
Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni 
sog‘indim. . . 
misralari orqali sog‘inch iskanjasidagi 
tuyg‘ularini ifoda etgan ijodkor kim? 
A) Nodira B) Bobur C) Uvaysiy 
D) Furqat 
14. Qaysi javobdagi ma’lumot to‘g‘ri emas? 
A)"Farhod va Shirin" dostoni "Qutadg‘u bilig" 
dostoni bilan o‘zaro bir xil vaznda yozilgan. 
B)"Hayrat ul-abror" dostonidagi maqolatlar 
so‘ngida mavzuni dalillash, uni hayotiy 
asoslash maqsadida hikoya yoki masal 
keltiriladi. 
C)"Farhod va Shirin" dostoni ishqiy-sarguzasht 
xarakteridadir. Muallif bu asarni "shavq 
dostoni" deb ataydi. 
D)"Hayrat ul-abror" dostonidagi "Salotin 
bobida" nomli uchinchi maqolat adibning 
adolat haqidagi qarashlarini o‘rganishda 
muhim ahamiyatga ega. 
15. Boysariga: "Bu alplarni kuyov qilib olamiz, 
Mina elga toza erkin bo‘lamiz", 􀀀 deya qalmoq 
alplariga qizini berishni maslahat bergan 
qahramon kim? 
A) Qultoy B) Yortiboy C) Ko‘sa sinchi 
D) Qo‘shquloq 
16. Quyida berilgan qaysi fe’llarning asosida 
ifodalangan o‘timli-o‘timsizlik ma’nosi nisbat 
qo‘shimchasi ta’sirida o‘zgargan? 
1) ko‘rsatmoq; 2) ajratmoq; 3) qiynalmoq; 
4) o‘qitmoq; 5) tomizmoq; 6) supurishmoq 
A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 5, 6 C) 1, 4, 6 
D) 2, 3, 4, 5 
17. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro 
asosdosh so‘zlar qatnashgan? 
A)Qovunning bir tilimini arang yedi. 
Bechora tilsiz jonivor zo‘rg‘a chidab turardi. 
B)Bemor sog‘ayish uchun astoydil harakat qildi. 
Ne’mat akalarning ikkita sog‘in sigiri bor. 
C)Shuni bilginki, bolali uy 􀀀 bozor. 
Bugun do‘stim bilan bolaligimizni eslab rosa 
kuldik. 
D)Qishloqning chekkasida kattagina tutzor 
yastanib yotar edi. 
Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni 
olib kirishdi. 
18. Osiyo chempionatida "Qatar" terma jamoasi 
"Yaponiya" milliy jamoasini yutdi. 
Ushbu gapda yutmoq so‘zi qaysi ma’noda 
qo‘llangan? 
A)o‘z qa’riga tortmoq 
B)yengmoq, mag‘lub etmoq 
C)biror nima deyishdan o‘zini tiymoq, oshkor 
qilmaslik 
D)ichmoq, yemoq 
19. ". . . uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir 
ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlarda 
bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit 
yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa ham, lekin 
shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, 
¾. . . xotinboz¿ deb shuhratlangan, kishilar 
(uning) orqasidan so‘zlashkanda uning otig‘a 
taqilg‘an laqabni qo‘shib aytmasalar. . . " U Ziyo 
shohichining qaynisi, Rahmatning tog‘asi edi. 
Ushbu parchada "O‘tkan kunlar" romanidagi 
qaysi qahramon ta’riflangan? 
A) Homidboy B) Akram Xoji 
C) Usta Alim D) Mirzakarim qutidor 
20. Qaysi javobda Chingiz Aytmatovning romanlari 
berilgan? 
A)"Qiyomat", "Tungi parvoz" 
B)"Kassandra tamg‘asi", "Tog‘lar qulaganda" 
C)"Oq bayroqlar", "Abadiyat qonuni" 
D)"Asrga tatigulik kun", "Yuzma-yuz" 
21. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda 
metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz 
bergan? 
A)O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, 


Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. 
B)Olti oykim do‘stlarim ham pana-panada, 
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. 
C)Kurash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 
Qashqadaryo birinchi o‘rinni egalladi. 
D)Inshoolloh, mehribon qo‘llar sizni qo‘llab 
yuborar. 
22. "Odamlarning soddaligi! Odamlarning sofligi. . . 
aziz armonlari. Yo‘q, bular meni bu dunyoga 
sig‘dirmaydi. Men qayoqqa borishim kerak? . . . 
Qora yerda men yotsam bo‘lmasmidi! . . . Men 
yana o‘zimni o‘ylayapman. Nahotki shundan 
boshqaga yaramasam?.. Yarar edim, o‘sha bir 
zum 􀀀 daqiqadan o‘tib olsam, albatta yarar 
edim. Lekin endi. . . endi kech. Bir zumlik 
xato. Bir nafas tubanlik. . . uni endi butun 
hayotni berib ham tuzatib bo‘lmaydi". 
Ushbu lavhada tasvirlangan, alamli iztiroblar 
ichida qolgan adabiy qahramon nomi keltirilgan 
javobni aniqlang. 
A)Akbarali ("Chinor") 
B)O‘rozqul ("Qutlug‘ qon") 
C)Tursunboy ("Ufq") 
D)Shoikrom ("Urushning so‘nggi qurboni") 
23. O‘zingiz ko‘rib turgan edingiz: mening hayotim 
masalasi, qalbim masalasi hal bo‘lmoqda edi. 
Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi 
qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? 
A)o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab 
kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun 
B)qo‘shma gap qismlari orasida izohlash 
munosabati ifodalangani uchun 
C)uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi 
bo‘lak qo‘llanganligi uchun 
D)qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish 
munosabati ifodalangani uchun 
24. Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan 
foydalanilgan? 
A)Anda bir shoh hokim-u voliy, 
Mulki ma’mur-u himmati oliy. 
B)Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, 
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. 
C)Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, 
Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi. 
D)Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun, 
Hamisha toleying feruz bo‘lsun. 
25. Ergash gapi tarkibida qo‘shma ot ishtirok etgan 
ega ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. 
A)Shundan ehtiyot bo‘lingki, qoraqurt zahri 
odam uchun juda xavflidir. 
B)Shu narsa aniqki, kaltafahm odamdan yaxshi 
gap chiqmaydi. 
C)Shu ma’lumki, dengiz toshbaqalarining 
oyoqlari eshkak vazifasini o‘taydi. 
D)Kimki g‘azalni chiroyli o‘qisa, u mana shu 
tillaqosh bilan taqdirlanadi. 
26. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, 
bola-chaqasini qadrlaydi, u mehnat qilib tinch 
va osuda yashaydi. 
Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan 
to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A)Otli so‘z birikmalarining tobe qismlari 
to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. 
B)Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi 
uyushib kelgan. 
C)Fe’lli so‘z birikmalarining barchasida tobe 
qism hol vazifasini bajargan. 
D)Bitishuvli so‘z birikmalarining hokim 
qismlari ega va kesim vazifasini bajargan. 
27. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? 
A)suiiste’mol, chopqi, milliard 
B)stadion, cholg‘u, suiste’mol 
C)milliyard, tuyg‘u, ukrayin 
D)ukrain, kulgi, tuyg‘i 
28. “Muzqaymoq” hikoyasida “yosh, xushqad, 
xushsurat yigitcha” deb tasvirlangan, bolaning 
oilasi boshiga kulfat tushgunga qadar ularning 
uyiga bo‘zchining mokisidek qatnagan, ammo 
otasi qamalgandan keyin qorasini ham 
ko‘rsatmay ketgan, hattoki uni “Ha, qashqirdan 
tug‘ilgan qashqircha!” deb haqoratlagan 
ikkiyuzlamchi qahramon kim? 
A)qamoqxona qorovuli 
B)komsomol qo‘mitasining kotibi 
C)rus kapitanlaridan biri 
D)bolaning pochchasi 
29. Ijodkorning ilmiy izlanishlarining mevasi 
o‘laroq, birin-ketin uning "Eng eski turkiy 
adabiyot namunalari", "O‘zbek adabiyoti 
namunalari", "Sharq shaxmati", "O‘zbek klassik 
musiqasi va uning tarixi", "Fors shoiri Umar 
Xayyom" singari ilmiy asarlari dunyoga keldi. 
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? 
A) Abdulla Avloniy
B) Abdulla Qodiriy 
C) Abdulhamid Cho‘lpon 
D) Abdurauf Fitrat 
30. Yurak, sen mening sozimsan. 
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumotlar 
to‘g‘ri? 
1. Ushbu gap egasi yashiringan gap sanaladi. 
2. Ushbu gap tarkibida sodda ot kesim 
qatnashgan. 3. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida 
qatnashgan ismning munosabat shakllari soni 
3ta. 4. Ushbu gapda qaralmish ega vazifasini 
bajargan. 
A) 3, 4 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 2, 3 

Download 169.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling