8-sinf o’zbekiston tarixi Mavzu: XV asr oxiri –xviasr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat Darsning ta’limiy maqsadi
Download 244.49 Kb.
|
8 o‘z tarix dars ishlanma @Tohirjon86
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Yangi mavzu bayoni
II.Ma’naviy-siyosiy daqiqa:dunyo habarlari va yurtimiz voqiyalari.
III.O’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash. 1.XVII asrdan boshlab Xiva xonligida hukmron sulola nufuzi pasaya bordi, qabila boshliqlarining ta'siri esa kuchaydi. Natijada davlat parokandaligi yuz berdi. 1740yilda Eron hukmdori Nodirshoh qo’shinlari Xivani o’ziga bo’ysundirdi. 2.Inoq(turkiycha — ishonch) — Markaziy Osiyoda XI — XVIII asrlarda hukm surgan sulolalar saltanatida „maslahatchi", „amaldor", „vazir" ma'nosini anglatgan. IV.Yangi mavzu bayoni: Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995yilda qaror qabul qilgan edi. Bu qaror — Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o’rnining e’tirofi bo’ldi. Bugungi avlod o’z otabobolarining madaniy meroslari bilan haqli ravishda faxrlana oladi. Xiva shahri miloddan avvalgi V asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi. Xiva shahri XVII asrning I choragidan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan. Xonlikning yana bir shahri — Ko’hna Urganch (Gurganj) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir. Ko’hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yoilari kesishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojiangan. Ko’hna Urganch X — XI asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asrning ikkinchi yarmida poytaxt Gurganjda mustaqil amirlik tuzilgan. 995yilda Gurganj amiri Ma'mun ibn Muhammad poytaxti Kat shahri bo’lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qilgan. Shn tariqa Gurganj Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan. XI—XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal'adevor bilan o’rab olindi. 1646yilda Abulg’oziyxon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqorida qayd etilgan Amudaryoning o’z yo’nalishini o’zgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganjning (Ko’hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo’lgan edi. Shundan keyin qadimgi Gurganjning nomi Ko’hna Urganch bo’lib qoldi. Vazir Xorazmning shahar qal'alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o’rtalarida asos solingan. XVI asrda shayboniylarning o’zaro urushlari shaharning vayron bo’lishiga olib kelgan. 1558-yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: „Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor". 1593—1595 yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog’ida ham shahar yana vayron etildi. Abulg’oziyxon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan. Xiva xonligi tarixiy manbalarda hunrmandchilikning 27sohasi qayd etilgan.Amalda esa, ular bundanda ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaq qatli mehnat qilgan. Odatda, usta o’z kasbini to’ng’ich o’g’liga o’rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo’shimcha kishining mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o’rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o’zining alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o’z mahoratini namoyish etishi kerak bo’lgan. Sinovdan o’tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi. Hunarmandlar o’z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlarning faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo’l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi. Uyushma boshlig’i xonning xazina siyosatini o’tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi. Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona — do’koniga ega edi. Hunarmand o’z uyida ham do’kon ochishi mumkin edi. Ko’pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do’konlarni ijraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi. Xonlik aholisi, asosan, qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining ikki asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. G’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo’l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh. Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aylgan quyidagi so’zlar manbalarda saqlanib qolgan: „Men Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman". Don ekinlari ichida jo’xori ekish bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Sholi esa, asosan, suv ko’p hududlarda yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5 qismida paxta yetishtirilgan. Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo’lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug’i keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xonlikda bog’dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo’lgan. Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga durustgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Bozor yo’lining ikki tarafiga ustaxona do’konlar qurilgan. Bozordagi savdo o’rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan. Xonlikdan, asosan, qorako’l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan. XVI asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdosotiq birmuncha yo’lga qo’yila boshlandi. Xiva elchilari, asosan, gazlama va to’qilgan buyumlar olib borishgan. Chunonchi, Xiva elchisi1620yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qorako’l teri, o’simliklardan tayyorlangan bo’yoqlar ham olib borilgan. Rossiyaning Xiva xonligiga yuborgan elchilariga Xiva mahsulotlarini xarid qilish topshirig’i ham berilgan. Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha boshlaganlar. XVI—XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilmfan taraqqiyoti butunlay to’xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o’ziga xos o’rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg’oziyxon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi. Abulg’oziyxon fan va madaniyat tarixida „Shajarayi turk" va „Shajarayi tarokima" asarlari bilan o’chmas nom qoldirdi. „Shajarayi turk" asarining 9 bobi bevosita Xorazmning 1512—1663yillardagi ijtimoiysiyosiy tarixiga bag’ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an'analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan. Abulg’oziyxonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o’z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o’zbek tili yozma yodgorligi, deb hisoblashadi. Vengriyaning mashhur sharqshunosi X. Vamberi „Abulg’oziyning “Shajarayi turk"i uchun butun dunyo undan minnatdor", deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko’plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda. Abulg’oziyxonning topshirig’i bilan „Dasturul amal" asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo’lyozmaning bir bo’limi bag’ishlangan. XVI asrdaXiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur xattot Hamadoniy 1556yilda Eshmuhammadxonga „Shohnoma"ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko’chirib berdi. XVII—XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Hobojon Sano’ly, Muhammad Rizo Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular she’riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni ko’chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etganlar. Bular — qog’oz qirquvchi, kotibxattot, muzahhib, lavvohlar, miniaturachi rassom va sahhoflar edilar. Download 244.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling