8-sinf o’zbekiston tarixi Mavzu: XV asr oxiri –xviasr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat Darsning ta’limiy maqsadi


Download 244.49 Kb.
bet88/103
Sana15.03.2023
Hajmi244.49 Kb.
#1270433
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
Bog'liq
8 o‘z tarix dars ishlanma @Tohirjon86

Rivojlantiruvchimaqsad: 1.O’quvchilarni darsga oldindan tayorgarliklarini xis qildirish.2.Tarix faniga qiziqishlarini dars davomida turli musobaqalar uyushtirish yo’li bilan oshirib boorish.3.Past o’zlash tiruvchi o’quvchilar bilan darsning oxirgi daqiqalarda shug’ullanish.
Darsning turi: yangi tushuncha va bilimlarni tashkil qilish.
Dars usuli: Zamonaviy,aqliy hujum.
Dars jihozi: darslik, dars ishlanma, ko’rgazmali qurollar, tarqatma va didaktikmatiriallar va dunyoning siyosiy haritasi.
Texnik vositalar: telivizor , DVD va ko’rgazmalar yozilgan disklar.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

  2. Savol-javob

  3. Yakunlash va baholash

I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtrish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ 1875-sonli qarori 10.12.2012 yil. Qaror 12-banddan iborat..
II.Ma’naviy-siyosiy daqiqa:dunyo habarlari va yurtimiz voqiyalari.
III.O’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash.
1 Nodira — o’zbek xalqining mashhur shoirasi va ma'rifatparvar davlat arbobi.
2.Amir Umarxon qanday tahalluslar bilan sherlar yozgan?
3.Jahon Otin Uvaysiy bu-?
IV.Yangi mavzu bayoni: XVIII — XIX asrlarda Qo’qon xonligida ko’plab tarixiy asarlar yaratilgan. Mazkur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir Umarxonning topshirig’iga binoan „Umarnoma" dostonini yozib tugatgan (1822). U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. Yana „Majmuayi shoiron" tazkirasida ham uning ijtimoiy qarashlari o’z ifodasini topgan.
Xon saroyida qozi askar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan „Shohnomayi nusratpayom", („G'alabadan xabar beruvchi shohnoma") tarixiy asarini yozgan.
Umarxon davrining ko’zga ko’ringan tarixchisi Muhammad Hakimxon To’ra ibn Sayid Ma'sumxon (1802— 1870) dir. U ona tomondan Qo’qon xoni Norbo’tabekning nabirasidir. Muhammad Alixon davrida quvg’inga uchrab Rossiyaga, Sharq mamlakatlariga sayohat qilishga majbur bo’lgan. Umrining oxirida Shahrisabzda yashab, shu yerda o’zining „Muntaxab uttavorix" (Saralangan tarixlar) asarini yozadi. Bu asar Buxoro amirligi va Qo’qon xonhgi tarixiga doir muhim manbalardandir. Unda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga doir qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Ushbu davrning yana bir yetuk tarixshunosi Mulla Niyoz Muhammad Ho’qandiy (1802 — 1872)dir. Harbiy lavozimlarda ishlagan va XIX asrning 70 yillarida „Tarixi Shohruxiy" asarini yozadi. Asarda olim davrning siyosiy ahvoli va xalqning ijtimoiy turmushiga to’g’ri baho bera olgan. Unda 1872 yilgacha bo’lgan, ko’pincha o’z ko’zi bilan ko’rgan va bo’lgan voqealarni bayon etadi.
Umarxon davridan 1872 yilgacha bo’lgan tarixiy voqealarning bayonidan iborat bo’lgan yana bir tarixiy asar „Tarixi jahonnomayi" deb nomlanadi. Uning muallifi Junayd Mulla Avaz Muhammad Mulla Ro’zimuhammad o’g’li (XVIII asr oxiri — XIX asr o’rtalari)dir.
Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solihning „Tarixi jadidayi Toshkand" (Toshkentning yangi tarixi) asari Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manbadir. U XV—XIX asrlar Turkiston tarixi, jumladan, Toshkent tarixi, Qo’qon xonligi tarixi ilmiy nuqtayi nazardan yozilgan qimmatli asardir.
Yana bir tarixchi Mulla Ali qori Qunduziy (1786 — 1858) „Tavorixi manzuma" asarini yozgan. Asardla 1822— 1848yillar tarixi bayon etilgan.
Ma’rifatparvar shoira va tarixchi olima Dilshodi Barno „Tarixi muhojiron" (Muhojirlar tarixi), „Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron" (Inson matonati va muhojirlar tarixi) kabi asarlar yozib qoldirgan.
Qo’qonda xattotlik san’ati va me'morchilik ham rivojlangan. Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abulg’oziyxoja kabi xattotlarning kitob ko’chirish borasida o’zlari amalga oshirgan xayrli ishlari bilan tarixda nomlari qoldi. Kitoblar shunday did bilan ko’chirilganki, xorijiy mamlakatlar shohlari uchun elchilariga ana shunday nafrs ko’chirilgan kitoblarni tortiq qilish xonlikda odatga aylangan edi.
Qo’qonda me'morchilik rivojlanib bordi. Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etilib, ko’plab madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, ko’prik va muhtasham binolar bunyod etildi. Xalq orasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo’lgan Norbo’tabiy madrasasi, Daxmayi Jahon ansambli, Norbo’tabiy va Modarixon daxmalari hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Umarxon Turkiston va uning atroflarini — Orolbo’yidan Yettisuvgacha egallab, Oqmachit (Qizil o’rda), Avliyoota (Jambul), Pishpak (Bishkek) qafalarini bunyod etdi. Qo’qon va boshqa shaharlarda ko’plab binolar qurilgan. Norbo’tabiy madrasasi, Madalixon madrasasi, Madrasayi Kamol qozi, Madrasayi Tunqotar, Madrasayi Haqquli mingboshi, Madrasayi Miyon hazrat, Madrasayi Mohlaroyim, Madrasayi Hakim To’ra, Madrasayi Xonxoja eshon, Madrasayi Buzrukxoja, Madrasayi Pirmuhammad yasovul, Madrasayi Xojabek, Madrasayi Oxund devonbegi, Madrasayi Mingoyim, Madrasayi Jome shular jumlasidandir.
XIX asrning birinchi yarmida Toshkentda ham muhtasham me'moriydiniy inshootlar qurilishi, eskilarini ta'mirlash ishlari keng ko’lamda olib borildi. Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari qayta ta'mirlandi. Shayx Xovandi Tohur me'moriy majmuasi hozirgi ko’rinishda shakllantirildi. Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qad ko’tardi. Yunusxo’ja qarorgohi Eski O’rda buzilgani sababli yangi markaz — Qo’qon O’rdasi bunyod etildi.

Download 244.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling