8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi
Muhammad Xorazmshohning Chingizxon bosqiniga qarshi olgan tadbirlari
Download 71.31 Kb.
|
8.Xorazmshohlar javoblar
21.Muhammad Xorazmshohning Chingizxon bosqiniga qarshi olgan tadbirlari
Chingizxon va uning lashkarboshilari Xorazmshohga qaram xalqlarning noroziligidan ustalik bilan foydalandilar. Chingizxon lashkarida chegaralangan miqdordagi ozining mogul askarlaridan tashqari musulmonlar, nasroniylar va butparastlardan iborat askar birlashmalari ham bolib, mogullar ulardan janglarda muqaddam va muaxxar qorigi sifatida foydalanardilar. Xorazmshohning xizmatidagi qoraxitoylar, xurosonliklar, daylamilar mogullar bostirib kelishi bilan ularning tarafiga otib ketdilar. Xorazmshohning oz amirlashkarlariga, ayniqsa, ulardan Turkon xotun bilan qarindosh bolganlariga ishonmaganligi ham Chingizxonning harbiy muvaffaqiyatlariga yordam berdi. Voqealar shuni korsatdiki, Xorazmshoh Alouddin Muhammad eng muhim onlarda, saltanatning hayot - mamot masalalari hal bolayotgan daqiqalarda na hokim sifatidagi matonatini va na lashkarboshi sifatidagi mahoratini korsatoldi.Mogullar bosqini arafasida Xorazmshoh chaqirgan oliy harbiy kengashda Xorazmshohlar davlatining atoqli arbobi Shaxobiddin Abu Sad ibn Imron al-Xivaqiy (Xorazmshoh uning fikriga qoshilardi) unga hamma askarini (400 ming!) Sirdaryo boyida toplashni va song uzoq yurishdan charchagan mogullarga hujum qilishni maslahat berdi. Biroq Xorazmshoh bu oqilona maslahatni rad etdi. Mogullarga qarshilik korsatishning ikkinchi usuli ham taklif qilingan edi. Bunga kora dushmanni Movarounnahrga kiritib, song mahalliy yerni dushmanga nisbatan yaxshi bilganlikdan foydalanib, uni majaqlab tashlash kozda tutilardi. Bu rejani Xorazmshohning ogli Jaloliddin Manguberdi taklif qilgan bolib, u keltirgan dalilga kora, dushmanni Xuroson va Iroqqa otkazmay, balki uning uzoq ostonalarida yengish kerak edi.Taklif qilingan yana bir usulga kora, Movarounnahrni dushmanga qoldirib, ozlari tog daralariga bekinib turishlari va dushman bu yerga kirishi bilan unga hamla qilish kerak edi. Bu usulni taklif etganlar, aftidan, Chingizxonning lashkarboshilari begona yurtdan qoshinlarini olib otolmaydi va ularga bu yerda yol korsatuvchi topilmaydi, deb oylaganga oxshaydilar. Bu fikr qanchalik xato ekanligini korsatish uchun Chingizxonning lashkarida koplab xorazmlik va Movarounnahrlik savdogarlarning borligi va Xorazmshoh mulkining turli chekkalarida uning koplab xabarchilari va josuslari bolganligini eslatishning ozi kifoyadir.Harbiy kengashda yana bir reja muhokama qilinib, unga kora Gazna tarafiga chekinish va osha yerdan qarshilik korsatish, mabodo buning imkoni bolmasa, Hindistonga chekinish va osha yerdan mogullarga qarshi jang olib borish moljallangandi.Biroq Xorazmshoh Alouddin Muhammad harbiy kengashda taklif etilgan mogullarga qarshi harakatning barcha rejalarini rad etadi va bunday qaror qabul qildi: Movarounnahrni himoya qilish kerak, lekin mogullar bilan bosh jangga kirmaslik kerak, balki har bir shaharga ozini himoya qilish va mogullar bilan mustaqil jang qilish imkonini berish kerak. Shu munosabat bilan Xorazmshoh 616-yili (1219-yil 19-mart 1220-yi l7-mart) uchun raiyatdan uch barobar xiroj yigishni buyurdi. An-Nasaviy, Xorazmshoh mogullarning istilosi oldidan ketma-ket uchta ogir xatolikka yol qoydi, deydi. Birinchisi shundan iboratki, “u Samarqand atrofini uning kattaligiga mos devor bilan oramoqchi boldi. Devor aylana boylab on ikki farsahdan (taxm. 80 km) iborat bolishi kerak edi. Bu devorni qurish uchun raiyatdan 616-yil uchun ikkinchi xirojni yigishga farmon berdi. Bu soliq aholidan juda qisqa muddatda yigib olindi, biroq mogullar bosqini bu rejani buzib yubordi va devor qurish hamda Samarqandni istehkomlash uchun bu pullar ishlatilmay qoldi. Xorazmshohning ozi Samarqand atrofiga oyilgan xandaqni kozdan kechirayotib, dedi: Agar bizga qarshi chiqadigan lashkarning har bir askari oz qamchisini bu handaqqa tashlasa, handaq tolib qoladi. Bu sozlardan askarlar va raiyat mayus tortib qoldilar.616-yilga uchinchi xiroj yangi safarbar qilingan oqchi sarbozlarni tola harbiy jihozlash uchunyigilgan edi. Har bir viloyat sarbozlarining soni u yerdan yigilgan pulning kop yo kamligiga mos kelishi kerak edi, har bir sarboz esa qurol-yarog va ozuqani olib yurish uchun oz tuyasiga ega bolishi kerak edi. Sarbozlarni imkoni boricha juda tez yollandi.Biroq sarbozlar hali yoldaligidayoq, Xorazmshoh mamlakatni taqdir taqozosiga tashlab qochdi, degan xabar tarqaldi.Bu Xorazmshohning ikkinchi falokatli xatosi edi. Osha tarixchining aytishicha, agar Xorazmshoh sarbozlarning yetib kelishini kutganida edi, askarlarining soni behisob kop bolardi.Xorazmshohning uchinchi falokatli xatosi shundan iborat ediki, u oz askarlarini Movarounnahr va Turkistonning shaharlari boylab taqsimlash haqida halokatli qaror qabul qildi. Bu esa shunga olib keldiki, mogullar har bir alohida shahar homiylarini tezda yengib, qisqa muddat ichida butun Movarounnahrni ishgol qildilar. Download 71.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling