8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi
Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning"Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberd" asarida diplomatik munosabatlar haqida ma'lumot
Download 71.31 Kb.
|
8.Xorazmshohlar javoblar
23.Shihobiddin Muhammad an-Nasaviyning"Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberd" asarida diplomatik munosabatlar haqida ma'lumot
Jaloliddin otasidan so’ng Xorazmshohlar davlati sultoni bo’ldi. Avvalida G’azna va Parvon cho’lida mo’g’ullar qo’shinini yenggan Sulton Chingizxon bilan bo’lgan Hind daryosi bo’yidagi muhorabada mag’lub bo’ldi. Sulton to’rt ming askari bilan Hind daryosining o’ng sohiliga o’tib olgan bo’lsada uni Hind yerida ham yaxshiliklar ila kutib olishmadi. Shunga qaramay Sulton Qubacha qo’shinlarini mag’lub etib Hindning bir necha shaharlarini egallab oldi. So’ng esa Sarkardalari taklifi bilan Iroq hududiga qaytib keldi va birin ketin Kirmon, G’arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon, Gurjiston hududlarni egallab oldi va bu hududlarda Xorazmshohlar davlatni oz muddatga bo’lsada qayta tikladi. “Jaloliddin 1225-yilda Marog’a shahrini egalladi va uni o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Bir qator g’alabalar sabab Sulton Islom mamlakatlari orasida katta shuhrat va obro’ topdi. Endi qo’shni musulmon davlatlari bo’lgan Saljuqiylar, Abbosiylar, Ayyubiylar davlatlari Sulton bilan murosa qilishi, u bilan kelishuv yo’lida yurishi kerak bo’lib qoldi”2. Shu asnoda Jaloloiddin eng yaqin qo’shni davlat Saljuqiylar bilan diplomatik aloqlarni yo’lga qo’yishga harakat qildi va shu maqsadda Xorazmning ulug’ olimi kalom ilmida shuhrattopgan Mujiriddinni Saljuqiylar sultoni Alouddin Kayqubod huzuriga juda muhim bo’lgan do’stlik va hamjihatlik yo’lini ochish uchun ma’mur qilib yubordi. Mujiriddin Kayqubodga Sultonning nomasini va sovg’a salomlarini yetkazadi. Nomada Jaloliddin Sulton Alouddin Kayqubodga salomlarini aytarkan, Kayqubodni buyuk sulton, olim, odil, musulmonlar va Islom dini himoyachisi, musulmon mamlakatlari qo’riqchisi, g’arbning hukmdori, kabi nomlar bilan maqtab, u bilan ko’rishish niyati borligi lekin bu ayni vaqtda ilojsiz ekanligini aytish bilan boshlaydi. Shu bilan birga Jaloliddin nomasida: Do’stlarning quvonchi va baxtli bo’lishi bu xat orqali amalga oshadi. Avval muhojirlik bunga yo’l qo’ymagandi, endi esa ayrilik va begonalik pardasini olib tashlab do’stlik va birlik eshigini ochishimiz kerak. Allohga shukrki, ikkimiz - da bir xil da’vodamiz, bir dinga mansubmiz. Shuncha yaqinligimiz bo’lgan holda ham do’stlik yo’lida yurmasak, birlashmasak unda kim bilan ham do’st bo’la olar edik. Bu maktub hozirda bayrog’imiz ostinda bo’lgan Marog’a shahrinda yozildi. Shukrki, davlatimizning ahvoli yuz ming marta yaxshidur. Ulug’ bayroqlarimizning bu mamlakatdan ayrilishi bilan Hind diyori hududlari bizning mulkimizga aylandi. Butun g’ayratimiz dushmanlarimizni yer tishlatish va musulmonlar qalbiga mamnuniyat olib kirishga qaratilgandir. Xorazm va Xuroson faxri, qoziyuuzzot Mujiriddinni oradagi begonalikni yo’q etib birlashish va sulh tuzish maqsadida elchi qilib yubordim. Bundan keyin elchilarning borib kelishi va savdogarlarimizning bir-birlari bilan savdo aloqalari davom etsin. “Jaloliddin Manguberdi Alouddin Kayqubodga do’stlik taklifi bildirilgan ilk nomasini Marog’a shahrida yozdirgan. Jaloliddin bu maktubida Ozarbayjonni egallaganini endi esa Gurjilar mamlakatiga yurush qilish niyati borligini ham aytib o’tadi”3. Aluuddin Kayqubod esa Jaloliddinning bu nomasidan mamnun bo’ladi va unga o’z elchilari orqali javob maktubi va sovg’a salomlar yuboradi. Kayqubod elchilari boshlig’i Amir Salohiddin bo’lgan va u Sulton bilan Alouddin Kayqubod nomidan muzorkara olib borgan. Alouddin Kayqubod javob maktubida Jaloliddinga salomlarini yo’llash bilan birgalikda uning elchi yuborib do’stona aloqalarni o’rnatishni xohlaganini maqbullaydi va bundan sharaf tuyganligi, bundan so’ngra ikki davlat orasida do’stona aloqalar o’rnatilishidan mamnun ekanligi izhor etadi. Shu bilan birga u maktubida Jaloliddin elchisi Xorazm va Xuroson faxri qozi Mujiriddin Sultonning barcha so’zlarini yetkazganini va bu elchilikka javob tariqasida Amir Salohiddinni yuboriyotganligi, u Saljuqiylar Sultoni nomidan ish olib borishini takidlab o’tadi. Alouddin Kayqubod Sultonning mo’g’ullar ustidan g’alabalaridan xursand bo’lganini va o’z ham ayni dushmanlar bilan band bo’lganligi uchun Xorazmshohga maktub yozaolmaganini aytib o’tadi. Nasaviy o’z asarida Saljuqiylar elchisi 1226-yilda Xoy shahri yaqinida vazir Sharafulmulk tomonidan kutib olinganini qayd etadi. Sharafulmulk elchilardan davlat mustahkamligi uchun askar talab qilish imkoniyati bo’la turib atrofidagilarning fikrini inobatga olgan holda (Nasaviy bu fikrga qarshi bo’lgan) Saljuqiylar sultonidan ma’lum miqdorda mablag’ talab qiladi. Elchilar bu so’rovni Alouddinga yetkazishadi va talab qilingan mablag’ Sharafulmulkka yetkaziladi. “Jaloliddin Hilotni qamal qilib turgan vaqtda Alouddin ikkinchi marta Sulton huzuriga elchilarini yuboradi. Elchilar Sultondan Hilot qamalani to’xtatishni, Jaloliddin huzuriga panoh istab kelgan Arzinjon hokimi Rukniddin Jahonshohni Alouddin Kayqubodga topshirishni va Sulton Jalolliddinning qizini Kayqubodning og’liga kelinlikka berishni talab qilishadi”4. Bu masalalarning barchasiga rad javobini eshitgan elchilar, Sharafulmulk tomonidan tahqirlanadi, ular bilan yaxshi munosabatda bo’linmaydi. Jaloliddin huzuridan qaytgan elchilar bu haqdaAlouddinga yetkazishadi shu voqealar sabab ikki davlat o’rtasida ittifoq tuzilmay qoladi. Ayyubiylar bilan ittifoq tuzgan saljuqiylar Yassi Chaman jangida Xorazmshoh qo’shinlarini mag’lub etishadi. Bu jang Xorazmshoh qo’shining kuchi zaiflashuviga, tarqalib ketishiga sabab bo’ladi va oxir oqibat mo’g’ullarning Sulton Jaloliddinga hujum uyushturishiga qulay fursat tug’diradi. Nasaviy bu voqealarni o’z asarida keltirib, ikki hukmdorning ittifoq tuzish siyosati amalga oshmaganini ta’kidlab o’tadi.Ayniqsa, Hilot qal’asining Jaloliddin tomonidan egallanishi unga da’vogar hokimlarning izzat-nafsini toptagan edi. Jaloliddin unga qarshi ittifoq vujudga kelganidan xabardor bo‘lsa-da, har holda, hech bo‘lmaganda uni turkiy hukmdorlar qo‘llaydi deb yanglishgan edi.1230-yil 10 avgustida Konya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, Mayafiriqin hokimi va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni mag‘lub etadi.5Ismoiliylar esa butkul xoinlik yo‘lini tutib Jaloliddinning mag‘lubiyati to‘g‘risida mo‘g‘ullarga yashirin noma ham yuboradilar.6Jaloliddin mag‘lubiyatidan foydalangan mo‘g‘ullar uning Ozarbayjonning Mug‘on, Shirkabutdagi qo‘shin yig‘ishi mumkin bo‘lgan joylariga qo‘qqisdan zarba berishadi.71231-yil bahorida u Ganjaga kelib, barcha gina-kudratlarini unutib, yana mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzish uchun musulmon hukmdorlariga murojaat etdi. Lekin uning taklifi javobsiz qolib ketdi. Musulmon davlatlarning bir-biri bilan nizolari mo’g’ullarga qo’l keldi. Bu orada Jaloliddin vafot etadi, Saljuqiylar davlati ham, Ayyubiylar qo’l ostidagi hududlar ham mo’g’ullar zulmidan chetda qolmadi.Avvalida juda yaxshi qardoshlik aloqlarini o’rnatgan, Xorazmshohlar va Saljuqiylar davlati, Yassi Chamanda bo’lib o’tgan jangdan so’ng bir-biriga qaramaqarshi davlatlarga aylandi va mo’g’ullar qarshisida yanada zaiflashdi. Download 71.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling