82. Ovkat tarkibidagi asosiy uglevodlar
Download 12.02 Kb.
|
82.Ovkat tarkib-WPS Office
82.Ovkat tarkibidagi asosiy uglevodlar Normal hayot faoliyati uchun zarur energiyaning yarmidan koʻprogʻini odam organizmi uglevodlardan oladi. Ular, asosan, oʻsimliklardan oldinadigan mahsulotlarda boʻladi. Uglevodlar non, yormalar, kartoshkada kraxmal va qand holida, qandolat mahsulotlari, shirin mevalarda esa qand holida koʻp uchraydi. Nerv sistemasi, muskullar, yurak, jigar va boshqa aʼzolar faoliyatida uglevodlar muhim rol oʻynaydi. Yormalar, makaron yoki dukkaklilardan tayyorlangan, kartoshka yoki sabza-votlardan pishirilgan taom va garnirdan kuniga ikki mahal yeb turish, 400— 500 g non va 90—100 g atrofida qand hamda shirinliklar isteʼmol qilish katta yoshli odamning uglevodlarga boʻlgan sutkalik ehtiyojini bemalol krndiradi. Oʻsimlik mahsulotlarida organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan uglevodlar bilan birga oziq hisoblanmaydigan uglevod — kletchatkalar ham boʻladi. Kletchatka taxminan 25% miqdorida oʻzlashtirilib, ovqat ratsionida energiya manbai sifatida amaliy ahamiya-ti yoʻq. Biroq u ichakning normal ishlashiga yordam beradi: ichak devorlariga taʼsir etib, ularni harakatga kel-tiradi — ichak peristaltikasini qoʻzgʻatadi. Kletchatkasi yoʻq ovqat yeyil-ganda peristaltika susayib ich krti-shi mumkin. Kishi har kuni sariq magʻiz bugʻdoy non, javdar non, sabzavotlardan ta-novul qilib turishi kerak, Hoʻlligi-cha va xomligicha yeyiladigan sabzavot va mevalar juda foydali, shuningdek, ularda pektin moddalar ham bor. Bu moddalar uglevodlar toifasidan boʻlib, oziqdi qimmatga ega. Ularning ovqat hazm boʻlishidagi asosiy ahamiyati peristaltikani kuchaytirib, ichakning yaxshiroq boʻshalib turishiga yordam berishidir. 83.Uglevodlarning xazmlanishi va surilishi. Uglеvodlarning hazm bolishi ogiz boshligida solakdagi α-amilaza yordamida boshlanadi. Fеrmеnt endoamilazalarga mansub bolib, ovqat tarkibidagi kraхmal va glikogеnning ichki α-1,4-glikozid bogiga ta’sir qilib α-1,6-glikozid boglarini gidrolizlay olmaydi. α-amilaza tartibsiz ravishda α-1,4-glikozid boglarini gidrolizlaydi. β- va γ-amilazalar esa ekzoamilazalar bolib, polisaxaridning chetidan gidrolizlaydi. γ-amilaza jigar hujayralarida boladi va glikogenning parchalanishida ishtirok etadi. Solakdagi α-amilaza ta’siridan song polisaхaridlar α-limitdеkstrin (kraхmal va glikogеnga nisbatan molеkula massasi kichik bolgan shoхlangan polisaхarid), maltoza va kam miqdorda glyukozaga parchalanadi. Solak tarkibida fеrmеnt miqdori kop bolishiga qaramay ogiz boshligida ovqat moddalari kam vaqt bolganligi sababli parchalangan polisaхaridlar miqdori kam boladi. Ovqatdagi disaхaridlar – saхaroza, laktoza, trеgaloza (zamburuglarning disaхaridi) ogiz boshligida parchalanmaydi. Oshqozonda α-amilaza oshqozonning kislotali muhitida faolligini yoqotadi va uglеvodlarning parchalanishi toхtaydi. Ichakda polisaхaridlarning toliq gidrolizi amalga oshadi. Bu yerda ichakka tushgan kislotali ovqat oshqozon osti bezi shirasi va ot suyuqligida erigan gidrokarbonatlar bilan neytrallanadi va fermentlar faoliyatiga yol ochiladi. Ichaklarda uglеvodlarning gidrolizi oshqozon osti bеzi va ichak fеrmеntlari orqali amalga oshadi. Bularga pankreatik α-amilaza va oligo-1,6-glyukozidaza kiradi. Qolgan fermentlar – oligosaxaridazalar va disaxaridazalar koproq ichak shilliq qavatida hosil boladi. Pankreatik α-amilaza ta’sir qilishi boyicha solak α-amilazasiga oxshash. U taxminan 4-5 daqiqa davomida tushgan kraxmal va glikogenni α-limitdekstrin va maltozagacha gidrolizlaydi. Disaxaridlar ichak boshligida emas, balki ichak devorlarida gidrolizlanadi, shu sababli hosil bolgan monosaxaridlar tezda soriladi. Uglеvodlar hazm bolishining oхirgi mahsulotlari – monosaхaridlar, asosan glyukoza, fruktoza, galaktoza bolib hisoblanadi. Monosaхaridlarning sorilishi uglеvodlarning parchalanish mahsulotlari sifatida ikkilamchi faol transport vositasida roy bеradi. Monosaхaridlarning tashilishi Na+ ionlariga bogliq bolib, gradiеnt hisobiga maхsus tashuvchilar yordamida amalga oshadi. Ichakdan sorilgan monosaхaridlar qopqa vеnaga, jigarga va qon bilan boshqa toqimalarga olib boriladi. Jigarda boshqa gеksozalar (galaktoza, fruktoza, mannoza) glyukoza yoki uning mеtabolitlariga aylanadi. Jigar bilan birgalikda bosh miya, skеlеt mushaklari glyukozaning asosiy istе’molchilari hisoblanadi. Yog toqimalarida glyukoza nеytral yoglar sintеzi uchun foydalaniladi. Ichakdan sorilgan glyukozaning taхminan 65%i hujayrada oksidlanib enеrgiya hosil qiladi, 30%i yog`larning va 5%i glikogеnning sintеzida sarflanadi 84.Sutni kutara olmaslik 85.Surilgan monosaxaridlarning to’qimalardagi taqdiri 86.Uglevodlarning xujayraga o’tib borishi 87.Monosaxaridlarning fosforlanishi .Oksidlanishli fosforlanish — tirik organizmlarda organik kislotalar (substratlar)ning oksidlanishi natijasida hosil boʻlgan energiya hisobiga adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfat kislotadan adezontrifosfat kislotaning (ATF) sintezlanish jarayoni. Bu koʻpincha nafas olish zanjiridagi fosforlanish deb ham ataladi. Oksidlanishli fosforlanish natijasida xujay-rada koʻp miqdorda energiyaga boy makroergik birikma — ATF toʻplanadi. ATF energiyasi keyinchalik hujayrada sodir boʻladigan barcha hayotiy jarayonlarni energiya bilan taʼminlaydi. Oksidlanishli fosforlanishning asosiy substratlari Krebs siklila hosil boʻladigan organik kislotalardir. Oksidlanish bilan bogʻliq boʻlgan fosforlanish jarayonini rus olimi V. A. Engelgardt kashf etgan (1930). Nafas olish bilan bogʻliq boʻlgan fosforlanish jarayoni esa rus olimlari V. A. Belitser va Ye. T.Sibakovalar tomonidan ochilgan (1939). Keyinchalik A. Leninjer (AQSH) bu jarayon nafas olish zanjirida elektronlarning koʻchirilishi bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatdi. Elektronlar nafas olish zanjiriga qaytarilgan nikotinamida denindinukleotid (NADN2) yoki nikotinamida denindinukleotidfosfat (NADFN2) dan keladi; koferment Q orkali ketma-ket ravishda potensiali manfiy boʻlgan birikmalardan musbat potensialli birikmalarga koʻchiriladi. Nafas olish zanjiri orqali elektronlarning koʻchirilishi kislorodning qaytarilishi va suv molekulasining hosil boʻlishi bilan tugalla-nadi. Bu oxirgi jarayon murakkab tuzilishga ega boʻlgan sitoxromoksidaza fermenti yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, substratlarning kislorod yordamida oksidlanishi bir qator oksidlanish va fosforlanish reaksiyalari bilan bogʻlangan boʻlib, bu reaksiyalarning har biri uchun oksidlanayotgan substratning molekulasida toʻplangan energiya ozozdan ajralib turadi va bu energiyadan hujayra toʻliq foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ajralib chiqqan energiyaning foydali energiyaga aylanishi "fosforlanish nuktalari" deb ataluvchi qismlarda sodir boʻladi. ATFning hosil boʻlishi ATF sintetaza fermentlari majmuasi yordamida amalga oshiriladi. Bu reaksiya qaytar harakterga ega boʻlib, teskari reaksiya, yaʼni ATFning parchalanishini ham amalga oshiradi. 88.Glyukoza katabolizmi (aerob parchalanish) .G.da ajralib chiqqan energiya adenozintrifosfat (ATF) ning fosfat bogʻlari energiyasiga aylanadi. Bu jarayonda 6 uglerodli qand — D-glyukoza hujayraning asosiy "yonilgʻi"si hisoblanadi. G.da gomofermentativ sut kislotali va spirtli bijgʻish muhim ahamiyatga ega. Birinchi holda 6 uglerodli glyukoza 2 molekula 3 uglerodli sut kislotasigacha parchalanadi. G.ning bu xili koʻpchilik mikroorganizmlar va yuksak hayvonlar, jumladan sut emizuvchilar organizmida sodir boʻladi. Spirtli bijgʻishda 6 uglerodli glyukoza molekulasi 2 ta 2 uglerodli etanol (S2N5ON)ga v 2 molekula uglerod (1U)-oksid (SO2) gacha parchalanadi. G. jarayoni 2 bosqichda amalga oshadi. 1-bosqichda oddiy qandlar toʻplanadi va ular glitserinalde-gidfosfatga aylanib, ATF sarf boʻladi; 2-bosqichda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tufayli ATF hamda sut kislotasi hosil boʻladi. G.ning ketma-ket reaksiyalarini 11 ta ferment katalizlaydi. Bu fermentlarni erigan holda ajratib olish mumkin. G.ning tayyorgarlik bosqichida har xil uglevodlar ATF hisobiga fosforlanadi va glitserinaldegid-3-fosfat hosil boʻladi. G.ning 2-bosqichi hamma uglevodlar uchun umumiy boʻlib, unda ADF oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida energiya jamgʻarilishi tufayli ATF gacha fosforlanadi. G. ketma-ket boradigan 3 xil reaksiyalar: glyukoza-uglerod skeletining buzilib sut kislotasi hosil boʻlishi; anorganik fosfat ning ATF ning oxirgi guruhiga aylanishi; oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, yaʼni elektronlar oʻtkazish yoʻlidan iborat. G.da glyukoza molekulasidagi kimyoviy energiyaning juda oz qismi ajraladi. Kislorodli bosqichda glyukoza oxirgi mahsulot — SO2 va N2O gacha parchalanib, ancha koʻp miqdordagi energiya ajralib chiqadi. G.da nafas olishga nisbatan kam energiya ajralishi glyukozaga oʻxshash murakkab modda — sut kislotasi xrsil boʻlishi bilan bogʻliq. Shuning uchun sut kislotasining oksidlanish darajasi glyukozaning oksidlanish darajasiga teng . Muskullar qisqarganda sut kislotasi koʻpayib, glikogen kamayadi. Bu hol muskul qisqarishida G. energiya manbai boʻlishini koʻrsatadi. Baʼzan G. zaxiralari bilan ishlov berilganda ham muskul qisqaraveradi. Shu boisdan G.ning oʻzi muskul qisqarishida hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Skelet muskullari uchun G. asosiy energiya manbai hisoblanadi. 89.Aerob yul bilan glyukoza parchalanishidan ATF chikishi. Glikogenoliz. .G.da ajralib chiqqan energiya adenozintrifosfat (ATF) ning fosfat bogʻlari energiyasiga aylanadi. Bu jarayonda 6 uglerodli qand — D-glyukoza hujayraning asosiy "yonilgʻi"si hisoblanadi. G.da gomofermentativ sut kislotali va spirtli bijgʻish muhim ahamiyatga ega. Birinchi holda 6 uglerodli glyukoza 2 molekula 3 uglerodli sut kislotasigacha parchalanadi. G.ning bu xili koʻpchilik mikroorganizmlar va yuksak hayvonlar, jumladan sut emizuvchilar organizmida sodir boʻladi. Spirtli bijgʻishda 6 uglerodli glyukoza molekulasi 2 ta 2 uglerodli etanol (S2N5ON)ga v 2 molekula uglerod (1U)-oksid (SO2) gacha parchalanadi. G. jarayoni 2 bosqichda amalga oshadi. 1-bosqichda oddiy qandlar toʻplanadi va ular glitserinalde-gidfosfatga aylanib, ATF sarf boʻladi; 2-bosqichda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tufayli ATF hamda sut kislotasi hosil boʻladi. G.ning ketma-ket reaksiyalarini 11 ta ferment katalizlaydi. Bu fermentlarni erigan holda ajratib olish mumkin. G.ning tayyorgarlik bosqichida har xil uglevodlar ATF hisobiga fosforlanadi va glitserinaldegid-3-fosfat hosil boʻladi. G.ning 2-bosqichi hamma uglevodlar uchun umumiy boʻlib, unda ADF oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida energiya jamgʻarilishi tufayli ATF gacha fosforlanadi. G. ketma-ket boradigan 3 xil reaksiyalar: glyukoza-uglerod skeletining buzilib sut kislotasi hosil boʻlishi; anorganik fosfat ning ATF ning oxirgi guruhiga aylanishi; oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, yaʼni elektronlar oʻtkazish yoʻlidan iborat. G.da glyukoza molekulasidagi kimyoviy energiyaning juda oz qismi ajraladi. Kislorodli bosqichda glyukoza oxirgi mahsulot — SO2 va N2O gacha parchalanib, ancha koʻp miqdordagi energiya ajralib chiqadi. G.da nafas olishga nisbatan kam energiya ajralishi glyukozaga oʻxshash murakkab modda — sut kislotasi xrsil boʻlishi bilan bogʻliq. Shuning uchun sut kislotasining oksidlanish darajasi glyukozaning oksidlanish darajasiga teng . Muskullar qisqarganda sut kislotasi koʻpayib, glikogen kamayadi. Bu hol muskul qisqarishida G. energiya manbai boʻlishini koʻrsatadi. Baʼzan G. zaxiralari bilan ishlov berilganda ham muskul qisqaraveradi. Shu boisdan G.ning oʻzi muskul qisqarishida hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Skelet muskullari uchun G. asosiy energiya manbai hisoblanadi.Bu glyukoza molekulalarini hosil qilish uchun glikogenning parchalanish jarayoni. Glikogenoliz sitoplazmada sodir bo'ladi va uni glyukagon va adrenalin gormonlari rag'batlantiradi. Glikogenolizning ikki bosqichi; qisqarish- glikogen polimeri fosforoliz orqali qisqa bo'laklarga bo'linadi va novdalarni olib tashlaydi, bunda glitserolni debranshlash natijasida erkin glyukoza hosil bo'ladi. Bu jarayon uchun zarur bo'lgan fermentlar-glikogen fosforilaza, debranshlovchi ferment va amilo-a-1, 6-glyukozidaza. 90. Ovqat tarkibidagi va inson organizmidagi lipidlar. Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ovqatda oqsillar yetishmasa, organizm yukumli kasalliklarga koʻproq moyil boʻlib qoladi, qon yaratilishi susayadi, oʻsib kelayotgan orga-nizmning rivojlanishi sekinlashadi, nerv sistemasi, jigar va boshqa aʼzolar fa-oliyati buziladi, ogʻir kasalliklardan keyin hujayralarning tiklanishi qi-yinlashadi, shuningdek, ratsionda oqsillarning ortiqcha boʻlishi ham organizmga ziyon. Ovqatlanishning Oʻzbekistonda qabul qilingan fiziologik meʼyorlarida ratsiondagi umumiy kaloriyalarning 14% chasi oqsillar hisobiga qoplanadigan boʻlishi tavsiya etilgan. Oʻsimlik mahsulotlari — don, dukkaklilar, kartoshka va boshqa organizmni oqsillar bilan taʼminlab turadigan qimmatli va muhim manbadir. Goʻsht va balikda boʻladigan azotli estraktiv moddalar ovqatlanishda juda muhim ahamiyatga ega. Goʻsht va baliq shoʻrvalarida ekstraktiv moddalar mavjudligi koʻproq hazm shiralari ishlanib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi. Download 12.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling