*880*3*8600 0207 3918 9129 *summa# Bog’lanish uchun


Darsning texnologik xaritasi


Download 112.5 Kb.
bet5/5
Sana08.03.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1249282
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-sinf-ona-tili-kom-ya-yillik-konspekt (1)

Darsning texnologik xaritasi



T|r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Gap haqidagi o'quvchilar bilimini umumlashtirish.

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yozuv daftari bilan ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa



I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Nechta gap yozdingiz? Birinchi gapni o'qing. Oxiriga qanday
tinish belgisi qo'ydingiz?
- Ikkinchi gapda nechta so'z bor? Gap nima haqida ekan? Nima uchun shunday deymiz?
-Yozuvda bir gap boshqasidan qanday ajratilar ekan.
III.Yangi mavzu bayoni:
-5- mashqqa qarang. Shartini o'qiymiz. (O'qing. Matnda nechta gap bor?) O'qituvchi har bir gapni bir-biridan aniq ajratgan holda o'qiydi. (Bir o'quvchi xattaxtaga har bir gapni son bilan belgilab turadi.)
- Demak, matnda nechta gap bor ekan? (Uchta.)
- Nima uchun yozuvda bir gapni boshqasidan ajratish zarur? (Yozilgan matnni gaplarga ajratmasak, uning mazmunini tushunish qiyin.)
- Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo'yar edik? (Nuqta.) Bu mashqda nuqta qo'yilibdimi? (Yo'q.) (Mashq uch o'quvchiga o'qitiladi.)
- Matnni ko'chirib yozamiz. Har bir gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlab yozamiz. Gapning oxiriga nuqta qo'yamiz. (Mashq bajariladi.)


IV. Darsni mustahkamlash.
- Darslikda berilgan qoidani o'qing. Qoidada necha qism bor? (Ikki qism.) Birinchi qismni aytib bering. (Gapni bosh harf bilan boshlab yozamiz.) Ikkinchi qismni ayting. (Gapning oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgisi qo'yiladi.) Misollarni o'qing. Gaplar oxiriga qaysi tinish belgilari qo'yilgan? (Nuqta, so'roq, undov belgisi qo'yilgan.)
— Demak, gapning birinchi so'zi qanday harf bilan boshlanar ekan?
— Gapning oxiriga qanday tinish belgilar qo'yar ekanmiz?
Gapni ifodali o 'qish va oxiriga tinish belgilari qo 'yishni bilib olish mashqi.
1. Xattaxtaga oldindan yozib qo'yilgan she'r yuzasidan suhbat. She'rni o'qituvchi ifodali o'qib beradi.
—Hoy turnalar, turnalar,
Qaydan uchib kelasiz?
Ayting, do'stlar, jo'ralar,
Qayga uchib ketasiz?
—Biz turnalar olisdan,
Uzoq eldan kelamiz.
Bulutlarning ustidan,
Shamolday tez yelamiz.
Shukur Sa 'dulla
— Birinchi gapni o'qing. Gap oxiriga qanday belgi qo'yilgan? (So'roq belgisi.)
— Ikkinchi gapni o'qing. Uning oxiriga qanday belgi qo'yilgan? (So'roq belgisi.)
— Nima uchun shu ikki gapning oxiriga so'roq belgisi qo'yilgan? (So'rash mazmunini bildirgani uchun.)
(3-4- gaplar ham shunday tahlil qilinadi.)
2. 6- mashqni bajarish.
Bu mashq sharti ham yuqoridagi mashqdagi kabi gaplar to'liq tahlil qilinib, so'ng bajariladi.
V.Dars yakuni:
Dars umumlashtiriladi, o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: 8- mashq. (Mashq sharti tushuntirib beriladi.)


Ko’rildi: O’IBDO’
Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling