*880*3*8600 0207 3918 9129 *summa# Bog’lanish uchun


Download 180.5 Kb.
bet2/2
Sana19.08.2020
Hajmi180.5 Kb.
#126962
1   2
Bog'liq
1-Sinf-Matematika


Telegram: @saytyaratish,

Fan:Matematika

Sana:_____ ____________20__yil.

1.Mavzu:Narsalarning xossalari



Darsning maqsadi:

Ta’limiy:O’quvchilarga narsalar haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy:O’quvchilarga narsalardan unumli foydalanish kabi hislatlarini uyg’otish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. matematikaga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz etish;



Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.

Dars turi:Yangi bilim beruvchi: savol-javob, o’yin



Dars ko’rgazmasi:Turli narsalar,o’yinchoq,meva,sabzavot,o’quv qurollari maketi,1-sinf “Matematika” daftari.

Darsning texnologik xaritasi

T|r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Noma’lum ayriluvchini topish.

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Misol va masala ustida ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa


Darsning borishi:I.Tashkiliy qism:

a)o’quvchilar diqqatini darsga jalb etish.b)davomatni aniqlash



II.Yangi mavzu bayoni:

O’quvchilar diqqati doskadagi narsalarga qaratiladi.(rasmda nimalarni ko’ryapsiz?) –Parta ustida-chi? Matematika kitobining 3-sahifasida-chi?

Bularning hammasi narsalar hisoblanadi. Biz ulardan foydalanamiz.

Masalan kitoblarni o’qiymiz,daftarga esa yozamiz, qalam, ruchka bizga yozish,chizish uchun kerak. Maktab portfeliga esa biz o’quv qurollarini solish uchun foydalanamiz. Demak hamma narsalar biz foydalanish uchun yaratilgan Afsuski ba’zi bolalar narsalarni isrof qilib ulardan oqilona foydalana olmaydi. Kitoblarga yozib yirtib, boshqa narsalarni ham isrof qilib ketadilar. Uyda ham hamma narsalardan oqilona foydalaning. Barcha narsalar bir biriga o’xshamaydi va o’xshaydigani ha bo’ladi, masalan olma behiga o’xshamaydi.



III.Daftar bilan ishlash:O’quvchilar darslikdagi narsalar bilan tanishadilar, qanday foydalanishimizni aytib berishlari kerak. Matematika daftariga rasmlarni bo’yab chiqishlari aytiladi.

DМесяц 73ars davomida qiynalgan o’quvchilarga yakka tartibda yordam beriladi.



5-конечная звезда 55

IV.Dam olish daqiqa:

Biz yozdik,yozdik,yozdik

Qo’llarimiz dam olsin.

Chiroyli yoz,yozsang xat,

Chunki bu ham zo’r san’at.

Darsni yakunlash:

Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

V.Uyga vazifa:Uydagi, uygacha bo’lgan barcha narsalarni kuzatib ularni ajratish.
Fan:Matematika

Sana:_____ ____________20__yil.

2.Mavzu:Narsalarning rangi,shakli, o’lchami

Darsning maqsadi:

Ta’limiy:O’quvchilarga narsalarni rangi,shakli,o’lchami haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy:O’quvchilarga narsalardan unumli foydalanish kabi hislatlarini uyg’otish.

Rivojlantiruvchi:Tabiatda narsalarni ajrata olish ko’nikma malakalarini rivojlantirish.

Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.TK4 boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va o‘z fikrini himoya qila olish; TK2 ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarni o‘qiy olish, tushunish va foydalana olish.

Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.

Dars turi:Yangi bilim beruvchi: savol-javob, o’yin



Dars ko’rgazmasi:Turli narsalar,o’yinchoq,meva,sabzavot,o’quv qurollari maketi,1-sinf “Matematika” daftari.

Darsning texnologik xaritasi

T|r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Noma’lum ayriluvchini topish.

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Misol va masala ustida ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism:a)o’quvchilar diqqatini darsga jalb etish.b)davomatni aniqlash

II.Yangi mavzu bayoni:

O’quvchilar diqqati doskadagi narsalarga qaratiladi.(rasmda nimalarni ko’ryapsiz?) –kitobingizda-chi? Matematika kitobining 4-sahifasida-chi?

Bu narsalar nomlari bir hil lekin shakli,rangi, hajmi har hil

MОвал 86Равнобедренный треугольник 88asalan To’rtburchak ikkita lekin ularning rangi ham shakli ham har hil. Darslikdagi koptoklar nomi bir hil lekin shakli va rangi har hil, rubob ikkita lekin biri kichik biri kata, qushchalar uchta lekin ularning farqlari bor.. Soat, ko’ptok, likopcha aylana bular hammasi doira shaklida lekin ularning nomlari har hil likopchaga taom solish uchun, soatdan vaqtni aniqlash uchun,kop’tokni o’ynash uchun ishlatamiz. Har biri har hil vazifani bajaradi, lekin ularning shakllari o’xshash. Uyda ham hamma narsalardan oqilona foydalaning. Barcha narsalar bir biriga o’xshamaydi va o’xshaydigani ha bo’ladi, masalan olma behiga o’xshamaydi ularning shakli o’xshash lekin nomlari har hil.




Овал 87

III.Daftar bilan ishlash:O’quvchilar darslikdagi narsalar bilan tanishadilar, qanday foydalanishimizni aytib berishlari kerak. Savol javob o’tkaziladi. Matematika daftariga rasmlarni bo’yab chiqishlari aytiladi.Daftarga nuqtalr orqali mashqlarni bajaradilar.

Dars davomida qiynalgan o’quvchilarga yakka tartibda yordam beriladi.



IV.Dam olish daqiqa:Yetti yoshga to’lib qoldik

Maktabjonga kulib keldik.

Maktab bag’ri issiq ekan,

Kitoblari qiziq ekan



Darsni yakunlash:Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

V.Uyga vazifa: Tabiatdagi barcha narsalarni shaklini , rangi, o’lchami kuzatib ularni farqlash.
Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling