899 yilda Ursatevsk(hozirgi Hovost) stantsiyasidan ta yo’l tashkil qilindi: Toshkentgacha va Farg’ona vodiysidan Andijonga


Vagonlarning tebranish so‘ndirgichlari


Download 1.01 Mb.
bet10/11
Sana04.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1424248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Vagonlarning tebranish so‘ndirgichlari
Umumiy ma’himotlar
Vazifasi. Tebranish so‘ndirgichlari vagonni ressorlangan massasini tebranishi jarayoniga qarshilik kuchini yaratish va rezonanslarda amplitudalarni kamaytirish uchun ressor osmalariga kiritiladi. Tebranish so‘ndirgichlarining xilma xil turlari ma‘lum bo‘lib, ular asosan ikki xil bo‘ladi:

  • friksionli;




  • gidravlik.

Yuk vagon aravachalarida friksion tebranish so‘ndirgichlari qo‘llaniladi, chunki ular konstruksiyasi bo‘yicha oddiy va ishlashda ishonchlibo‘lib, vaholanki etarlicha stabillikka ega emas.
Ikki o‘qli aravachani friksion tebranish so'ndirgichlari (8.1-rasm) ikkita friksion 2 ponaga ega bo‘lib, ular 1 ressorustki balkani egilgan yuzasi va aravacha 4 yon ramasi ustunlariga mahkamlangan friksion 3 plankalar orasiga o‘rnatilgan. Ponalar ikki qatorli 5 silindrik prujinalarga tiralib turadi.

8.7-rasm. 18-100 modelidagi aravachani friksion tebranish so‘ndirgichi

Vagonni ressorlangan massasini tebranishida friksion ponalar friksion plankalar va ressorustki balkani egilgan yuzasiga nisbatan siljiydi, buning natijasida tebranish jarayoniga qarshilik vujudga keltirishga yordam beruvchi ishqalanish kuchi vujudga keladi. Ishqalanish kuchi kattaligi prujinani egikligiga proporsionaldir. U egiklikni oshib borishi darajasi bo‘yicha oshib boradi, chunki bu vaqtda friksion plankaga siqib turuvchi ponalar kuchlami oshirib boradi.


Gidravlik tebranish so‘ndirgichlarini ishlash prinsipi qayishqoq suyuqlikni porshenni tor kanallari (drosselli teshiklari) orqalisiljitishga asoslangan. Suyuqlikni ushbu kanallar orqali o‘tishida qayishqoq ishqalanish vujudga keladi, buning natijasida vagonni tebranishli xarakatini mexanik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi va keyinchalik uni tarqalishi sodir bo‘ladi.
Yo‘lovchi vagonlarini aravachalarida tebranish so‘ndirgichi jylashuvini ikki tizimi

qo‘llaniladi-avvalambor vagon kuzovi tebranishini so‘ndirishning birgalikdagi va alohida turlari.


Vagon tebranishini birgalikdagi so‘ndirilishi tizimida aravachani har bir tomonida egiltirib (qiyalik burchagi an=45÷55°) bittadan so‘ndirgich o‘ratiladi, ular o‘zlarining yuqorigi boshchalari bilan aravachaning bo‘ylama balka ramasi kronshteyniga, pastkisi bilan esa-ressorustki balkasi kronshteyniga mahkamlanadi. Dempferni bunday o‘rnatilishida bir vaqtni o‘zida kuzovni vertikalli tebranishi kabi gorizontallisi ham so‘ndiriladi. So‘ndirgichlarni bunday joylashuvi KBЗ-5 va KBЗ- ЛИИЖТaravachalarida qabul qilingan.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling