«GARDUN GAH MANGA JAFO-U DUNLUQ
QILDI...≫ RUBOIYSI
Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi,
Baxtim kibi, har ishta zabunluq qildi,
Gah kom sari rahnamunluq qildi,
Alqissa, base buqalamunluq qildi.
≪Mahbub ul-qulub'≫ — nasr va nazm aralash tarzda bitilgan asar. Undagi she’riy parchalaming ayrimlari ruboiy janrida yozilgan. ≪Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...≫ ruboiysi ham - ana shundaylardan biri.
Unda to‘rtala misra ham o‘zaro qofiyalangan (≪dunluq ≫ - ≪zabunluq≫ - ≪rahnamunluq≫ - ≪buqalamunluq≫). Shuning uchun she’r bu janming taronayi ruboiy turigakiradi. ≪Qildi≫ so‘zi esa radif bo‘lib kelgan.
Bu ruboiyda hasbi hoi xususiyati mavjud. Ya’ni unda muallifning tarjimayi holi bilan bog‘liq vaziyat aks ettirilgan. Lirik qahramon birinchi misrada ≪gardun≫ deganda ≪taqdir≫ ma’nosini ko‘zda tutgan. Taqdir esa unga ba’zan jafo-yu pastliklar qilgan (≪Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi≫). Xuddi baxti kabi, har ishda unga shikast, xor-u zorlik yetkazgan (≪Baxtim kibi, har ishta zabunluq qildi≫). Lekin gohida u maqsadi sari yo‘l ko‘rsatdi ham (≪Gah kom sari rahnamunluq qildi≫). Xullas, u shoirga ko‘p buqalamunlik qildi (≪Alqissa, base buqalamunluq qildi≫). Buqalamunni bilasiz. Issiq o ‘lkalarda sudralib yuruvchilaming shunday bir turi borki, u tabiatdagi rangga qarab
terisining ko‘rinishini o‘zgartirib turadi. Yashil o‘simliklar orasida yurganda yashil, sarg‘aygan barglar orasida esa sariq rangga kiradi. Bu uning uchun himoya vositasi hisoblanadi Shoir ruboiyda taqdir ham unga nisbatan shunaqa rangbaranglik qilganini, ya’ni goh jabr-u jafo o‘tkazib, goh Niylnganini qalamga olgan. Ruboiyning tub mag‘zida hayotga muhabbat bor. Har t|imday shaxs taqdiri mohiyatan murakkab kechadi. KinIm hayoti bir kun undoq, bir kun bundoq o ‘tishi mumkin. \ak|imiz buni: «Oyning o ‘n beshi - qorong‘i, o ‘n beshi ~vorug'», degan ajoyib maqol orqali ifodalagan. Shoir bu yerda inson taqdirining bunday buqalamunligidan ustun kda olishi lozimligi g ‘oyasini ilgari surgan. ≪Mahbub ul-qulub≫ning ana shu ruboiy keltirilgan qismida ham muallif o‘z boshidan kechirgan bir-biriga zid
holatlar tasviri orqali aynan shu xulosani ilgari surgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |