8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Ruboiy - o ‘zbek mumtoz she’riyatining lirik janrlaridan biri. ≪Ruboiy≫ so‘zi arabchadan olingan. U ≪to‘rttadan≫, ≪lo‘rtlik≫ degan ma’nolarini bildiradi. Adabiyotshunosliktla esa u to‘rt satrli kichik lirik janmi anglatadi. Nomlimishi arabcha bo‘lsa ham, bu she’riy shakl dastlab forsiy (kudakiy, Shahid Balxiy) va turkiy (Lutfiy) she’riyatda vujudga kelgan. Har qanday to‘rtlik ruboiy bo‘lavermaydi. O’ziga xos shakliy qurilma, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzidagi qofiya ti- / imiga ega, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy va axloqiy mavzularda, faqat aruzda mavjud hazaj bahrining axram va uxrab shajaralaridagi jami 24 vazndagina bitiladigan to‘rt satrli she’rga ≪ruboiy≫ deyiladi. Navoiy – o’zbek adabiyotida eng ko’p ruboiy yozgan shoir. Uning o‘zbekcha ruboiylari ≪Xazoyin ul-maoniy≫- ning birinchi devoni - ≪G‘aroyib us-sig‘ar≫ga kiritilgan. I Jlarning umumiy soni — 133 ta. Ulug‘ mutafakkir ayrim nasriy asarlarini ham she’riy parchalar bilan bezab ketavergan. Adib nasrdagi fikriga ishot-dalil sifatida, unda ilgari surilayotgan fikr yoki g‘oyani yanada ta’sirchanroq qilib yetkazish uchun she’riy parchalar ham ijod qilaveradi. Navoiy nasriy asarlaridagi she’riy parchalaming ayrimlari janr nuqtayi nazaridan ruboiy tarzida bitilgan. Masalan, ≪Xazoyin ul-maoniy≫ga yozilgan nasriy ≪Debocha≫ larkibida naqd 30 ta ruboiy keltiriladi. Boshqa ayrim asarlarida ham ko‘plab ruboiylar mavjud. Navoiy Muhammad payg’ambar alayhissalomning kuyovlari- hazrati Alining hikmatli so‘zlari jamlangan, ≪Nasr ul-laoliy≫ (≪Marvarid hikmatlar≫) asarini she’rga solib tarjima qiladi. ≪Nazm ul-javohir≫ deb atalgan bu o ‘ziga xos to’plamdagi 270 ta to‘rt satrli she’ming hammasi ham janr jihatidan ruboiy hisoblanadi. Demak, shoir o’zbek tilida 500 ga yaqin ruboiy bitdi. Uning forsiy devoni - ≪Devoni Foniy≫da esa bu jamming 100 ga yaqin namunasi mavjud. Ruboiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarini aks ettirish, hayo tining turli davrlarida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar ta’- sirida ko‘nglida kechgan oniy tuyg‘ulari-yu chiqargan muhim xulosalarini ifodalashda shoirga juda qo‘l kelgan.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling