8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 0.77 Mb.
bet90/239
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#243055
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   239
Bog'liq
8-adabiyot 2019 tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.

2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

OYBEK


(1905- 1968)

X X asr o‘zbck adabiyotining zabardast vakili Muso Toshmuhammad o ‘g‘ li Oybek badiiy adabiyotning deyarli barcha yo‘nalishlarida birdck samarali ijod qilgan. Uning she’riyat, nasr, badiiy publitsistika, tarjima, adabiyotshunoslik va tanqidchilik sohasida qoldirgan boy adabiy merosi 20 jildli «Mukammal asarlar to‘plami»dan joy olgan. o‘mi kelganda eslatib o ‘taylikki,

o‘zbek adabiyoti tarixida hozirga qadar faqat ikki ulug‘ ijodkominggina shunday to‘plami nashr etilgan: Alisher Navoiy va Oybek.

Oybekning ilk she’rlaridan biri «Cholg‘u tovushi» nomi bilan 1922- yilda e’lon qilingan. Shundan buyon shoir yaratgan she’riy asarlar uning «Tuyg^ular», «K o ‘ngil naylari», «Mash’ala», «Baxtigul va Sog‘indiq», «Quyosh qo‘ shig‘ i», «She’rlar», «Front bo‘ylab», «O lovli yo‘ llar»,

«Ko’ngil kuylari» to‘plamlarida jamlangan. Shuni ta’kidlash kerakki, Oybekning shoir sifatida

shakllanishida barmoq va erkin vazndagi yangi o‘zbek she’riyati asoschi lari dan bo‘lmish Cho‘lponning ta’siri juda kuchli bo‘lgandi. Shu sababli, Oybekning lirik qahramoni, birinchi navbatda, o‘z ruhiyati bilan o‘quvchi yodida qoladi.

Bu nima degani? Bu degani, Oybekning aksariyat she’rlarida asosiy e’tibor voqea yoki narsaga emas, balki ulardan hosil bo‘ layotgan tuyg‘uga, kayfiyatga, ko‘ngilga qaratiladi.

Masalan, «Kuz yomg‘iri...» deb boshlanuvchi she’ming so‘nggi misralariga diqqat qilaylik:

Kuz yomg‘iri, quy, quy, muttasil!

Derazam chert, kel, chal, mungli soz!

Bir yalt etib o‘tdi-ketdi yoz...

Quvonchlarga hayotmish baxil.

Go‘yo kuz yomg‘iriga qaratilgan murojaat zamirida quvonchlarga baxil hayotdan ozor topgan lirik qahramon ko‘nglidagi dardlar zalvori seziladi. Bu ezgin holat faqat so‘zlar takrori («quy, quy»), da’vatning ketma-ketligi («chert, kel, chal») evazigagina emas, balki ohorli qofiya evaziga ham kuchaytiriladi: qofiyaning an’anaviy a-b-a-b yoki a-a-a-b shakli emas, balki a-b-b-a tarzi qo‘ llaniladi. Yoki 1941- yilda bitilgan, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari haqida uzluksiz kelayotgan shum xabarlar dahshatini ifoda etgan «Qoraxat» to‘rtligini o‘qiymiz:

Bexosdan uzilgan shoda dur kabi

To‘kildi umidning rangli barglari.

Osildi bir onda qo‘llar madorsiz,

Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari...

She’rda qo‘liga qoraxat tutqazilgan kishining kim ekani ayol yoki erkak, yosh yoxud qariligi aytilmagan. Balki u yakka-yu yagona o‘g ‘lini urushga yiglab yo‘1lagan mushfiq onadir. Yo chimildig‘i yig‘ishtirilmay turib yoridan ayrilgan kelinchakdir. Balki, besh bolasi nobud bo‘lib, qirq yoshida topgani shu o‘g ‘liga suyanib qolgan beli bukik choldir. Biroq, shunisi aniqki, ularning hammasi va ularga o‘xshagan yana ming, o‘n ming, yuz minglab chorasizlar uchburchak shaklidagi mana shunday xatlami oladi. o‘sha yuz minglab insonlarning barchasi shoir tasvirlagan holga tushmogM ham, afsuski, achchiq haqiqat.

Bu mo‘jaz she’r ta’sir kuchini oshirishda o‘mida qo‘llangan she’riy san’atlar muhim rol o‘ynaydi. o‘xsha- tish («Bexosdan uzilgan shoda dur kabi»), istiora («umidning rangli barglari», «quyosh zarlari») va jon-lantirish («Y er qochdi») lirik qahramon holati va kayfiyatini o‘quvchi ko‘z oldida yorqin gavdalantiradi.

Oybekning shoir sifatidagi mahorati uning quyida taqdim etilayotgan ikki she’rida ham yaqqol aksini topgan.

Na’matak

Nafis chayqaladi bir tup na’matak

Yuksakda, shamolning belanchagida.

Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul,

Viqor-la o‘shshaygan qoya labida.

Nafis chayqaladi bir tup na’matak

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil,

Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.

So‘nmaydi yuzida yorqin tabassum.

Yanoqlami tutib oltin bo‘sa-chun

Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig‘laydi kumush qor yum-yum...

Nafis chayqaladi bir tup na’matak.

Shamol injularni separ chashmadak,

Boshida bir savat oq yulduz - chechak,

Nozik salomlari naqadar ma’sum!

Tog‘lar havosining firuzasidan

Mayin tovlanadi butun niholi.

Vahshiy qoyalaming ajib ijodi:

Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,

Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

1936


Avvalo, «N a ’matak» she’ri yozilgan yilga e’tibor qaratamiz.1936- yil. Sobiq sho‘rolar davlati, jumladan, O‘zbekistonda ham «sotsialistik tuzumga qarshi kuchlar», «xalq dushmanlari»ni fosh qilish harakatlari avjga chiqayotgan bir palla. Xalq, millat qayg‘usida ijod qilgan va qilayotgan jadid ziyolilari, Abdulla Qodiriy, Cho‘ lpon, Fitrat singari erk kuychilarini yoppasiga qoralash oddiy holga aylangan. 1927- yildayoq ustozi Choipon haqidagi bo‘htonlarga qarshi maqola yozgan, 30- yillar o‘rtalarida esa «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» degan risolasi bilan

ulug‘ yozuvchi himoyasiga chiqqan Oybekka nisbatan munosabat ham nihoyatda salbiy va xavfli.

Mana shu sharoitda shoir: «viqor-la o‘shshaygan qoyalabida», «quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul», - deya nafis chayqalayotgan na’matakning mag‘rur timsolini chizadi. Uning joyi qorong‘i chakalakzorlarda, nur tushmas puchmoqlarda emas, «yuksakda, shamolning belanchagida». N a’matak o‘zining «tog‘lar havosining firuzasidan» mayin tovlanayotgan niholi — nozik tanasi ila mayin raqsga tushmoqda. Niyati ham o‘zidek pok, go‘zal

va ezgu: «Quyoshga tutadi bir savat oq gul!» Dunyo yaralibdiki, ezgulik va yovuzlik, nafislik va

qo‘pollik, nur va zulmat o‘rtasidagi ziddiyat to‘xtagan, poyoniga yetgan emas. Eng qizig‘i, yana bir o ‘zbek adibi O‘tkir Hoshimov romani nomida bitilganidek, nur borki, soya bor. Ya’ni bu ikki qarama-qarshilik, ikki qutb biri birisiz yashay olmaydi, mavjud bo‘lolmaydi.

Ular o‘rtasidagi kurash, doimiy ziddiyat hayotning ham ma’nosini, mohiyatini, davomiyligini ta’minlaydi.Bu abadiy haqiqatni teran anglagan shoir go‘zal na’matak ham «vahshiy qoyalaming ajib ijodi» ekaniga urg‘u beradi. Biroq bu «ijod » ixtiyoriy, ko‘ngilli bo‘ lgan emas. Boshqaeha aytganda, bu go‘zallikni vahshiy qoyalar dunyoga keltirgan emas. Na’matak timsolida ko‘ringan buyuk qudratning siri ham mana shunda. Ya’ni o‘sha o‘shshaygan, vahshiy qoyalar, metin toshlarga basma-bas, ular iskanjasiga mardona qarshilik na’matakning tabiatida, tomirida mujassamdir.

Mana shu ijodiy qudrat, so‘nmas ruh Nasimiy va Mashrab nazmida, Pushkin va Lermontovning erkparvar she’rlarida, Cho‘lpon va Musa Jalillar nidosida yangragan.Oybekning

«Na’matak» she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi

bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi. She’r bag‘ridan ufurib turgan hayotga muhabbat ruhi, doimo yorug‘likka, ezgulikka — quyoshga talpinish she’rxon ko‘ngliga ko‘chib o‘tmasligi mumkin emas. Ayni shu sifatlar mazkur mo‘jaz asaming umrboqiyligini ta’minlaydi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling