8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 0.77 Mb.
bet125/239
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#243055
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   239
Bog'liq
8-adabiyot 2019 tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.

2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

o ‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan bSaid Ahmad

(to‘liq ism-sharifi Saidahmad Husan-

xo‘jayev) 1920- yilda Toshkent-

ning Samarqand darvoza mahal-

lasida dunyoga keldi. U o‘rta mak-

tabni tugatgach, aw al Toshkent

Rassomlik bilim yurtida, so‘ng

Toshkent Pedagogika institutida

o ‘qidi va uni 1943- yilda tugatdi.

Yoshligidan adabiyotga havasmand

bo‘lgan adib adabiyot darslarida,

maktabdagi to‘garaklarga faol qatnashardi. Adib dastlab

«Mushtum» jumaliga adabiy xodim bo‘lib ishga kirdi.

Tabiatan hazil-mutoyibaga moyil Said Ahmad uchun bu

jumal muhiti yaxshigina ijodiy maktab bo‘ldi. Shuningdek,

yozuvchining qator jum al va ijtimoiy-siyosiy gazeta-

lar tahririyatlaridagi faoliyati uning yetuk ijodkor bo‘lib

yetishishiga, elga tanilishiga sabab bo‘ldi.

Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko‘p yozsa-

da, xo‘b yozadi. Uning «Tortiq» nomli dastlabki hikoyalar

to‘plami 1940- yilda chop etilgan. Shundan so‘ng adibning

«Er yurak», «Farg‘ona hikoyalari», «Cho‘l burguti», «Mu-

habbat» kabi ellikka yaqin katta-kichik kitoblari alohida

to‘plam va ko‘p jildliklar shaklida nashr etilgan. Bu asar-

laming barchasi zo‘r qiziqish va hayajon bilan o ‘qiladi.

Sababi, adabiyotshunoslarimiz to‘g ‘ri ta’kidlaganlaridek,

Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini,

G‘afur G‘ulom yumori, Abdulla Qahhoming ixcham va

teran fikrlash fazilatlarini o ‘zida mujassamlashtirgan adib.

Darhaqiqat, bu uch bobokalon qalam ustasining ijodiy taj-

ribasi sevimli yozuvchimiz uchun ulkan mahorat maktabi

bo‘ldi.

Said Ahmad — o‘tkir kulgi ustasi. Bu xususiyat

uning barcha janrlardagi asarlariga ko‘chgan deyish mum­

kin. Jumladan, adibning «Kelinlar qo‘zg‘oloni» (1976)

komediyasi dovrug‘i olamga ketgan sahna asari hisobla­

nadi. Asar o ‘zining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga

boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan ko‘plab xorijiy mamlakatlar

tomoshabinlarining ham ko‘nglini rom etdi. Adib ssena-

riysi asosida yaratilgan qator kinofilmlar haqida ham shu

gapni aytish mumkin.

Mustaqillik yillarida adib yana-da katta g ‘ayrat bi­

lan qalam tebratdi. U shu yillarda ko‘plab publitsistik

maqolalar, badialar yozdi, shuningdek, quvnoq yumoris-

tik, jo ‘shqin lirik hikoyalar, ta’sirchan xotiralar yaratdi.

Yozuvchining «Xandon pista», «Bir o‘pichning bahosi»

kabi hajviy to‘plamlari, «Yo‘qotganlarim va topganlarim»,

«Qorako‘z majnun», «Kiprikdagi tong» kitoblari, 3 jild-

dan iborat «Tanlangan asarlar»i xuddi shu istiqfol yillarida

yaratildi.

Said Ahmad yirik nasriy asarlari bilan ham kitobxonlar-

ga yaxshi tanish. Uning 1988- yilda yaratilgan «Jimjitlik»

romani xalqimizning sho‘ro hukumati davridagi zohiran

tinch, turg‘unlik, aniqrog‘i, «jimjitlik» yillarida kechir-

gan kunlaridan hikoya qiladi. Asarda «qizil imperiya»ning

rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan

kishilar taqdiri bo‘yab-bejalmasdan, haqqoniy ko‘rsatilgan.

«Ufq» romani nafaqat Said Ahmad ijodida, bal-

ki adabiyotimizda ulkan voqea bo‘lgan uch qismli asar

bo‘lib, roman-trilogiya hisoblanadi. Asarda xalqimizning

Ikkinchi jahon urushigacha, urush davri, urushdan so‘nggi

yillardagi qismati qalamga olingan. Romanning birinchi

kitobi «Qirq besh kun», ikkinchi kitobi «Hijron kunlari-

da», so‘nggi, uchinchi kitobi esa, «Ufq bo‘sag‘asida» deb

ataladi. Trilogiyada o ‘sha yillari xalq boshiga tushgan

mashaqqatli kunlar, musibatlar, ulami katta bardosh bilan

ycngib o‘tgan kishilar adib tomonidan zo‘r rnehr va ilhom

bilan tasvirlangan.

Said Ahmadning shaxsiy hayoti ancha murakkab

bo‘lgan. U 1947- yilda «xalq dushmani» sifatida ayblanib,

nohaq qamoqqa olingan, bir necha yil qatag‘on jabrini

lortgan. 1953- yildan so‘nggina oqlangan. Biroq bu azob-

lar sevimli yozuvchimiz ruhini, qaddini buka olmadi.

Adibning barakali va mazmunli ijodiy faoliyati davla-

timiz tomonidan munosib taqdirlandi. Adib « 0 ‘zbekiston

xalq yozuvchisi» unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor

bo‘lgan, «Buyuk xizmatlari uchun», «Do‘stlik» ordenlari

bilan mukofotlangan. Said Ahmadga Vatanimizning yuk-

sak mukofoti - « 0 ‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.








Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling