9- laboratoriya. Devorbop va pardozbop qurilish materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsentini aniqlash


Download 20.51 Kb.
Sana16.09.2023
Hajmi20.51 Kb.
#1679215
Bog'liq
LABORATORIYA №9


9- Laboratoriya.
Devorbop va pardozbop qurilish materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsentini aniqlash .
GIPS QORISHMASINING O‘RTACHA ZICHLIGINI ANIQLASH
Umumiy tushunchalar. O‘rtacha zichlik materialning tabiiy holatdagi (g‘ovaklari, kovaklari bilan birgalikdagi) massasini uning hajmiga bo‘lgan nisbati tushuniladi.
Asbob va uskunalar. Tarozi, shtangensirkul yoki lineyka, quritish javoni.
Ishlash tartibi. Betonning o‘rtacha zichligini aniqlashda, sinash uchun qorishma tayyorlanadi. 1 l hajmdagi silindr idish sinashdan oldin obdon quritiladi va tarozida tortiladi. Idishni beton qorishma bilan to‘ldiramiz. Beton qorishma diametri 10-12 mm li po‘lat sterjen bilan 25 marta zichlanadi. So‘ng zichlangan qorishma yuzasi tekislanadi. Natijalar quyidagi formulaga qo‘yib, qorishma o‘rtacha zichligi hisoblanadi:

GIPS QORISHMASINING SIQILISHDAGI MUSTAHKAMLIK CHEGARASINI ANIQLASH
Asbob va uskunalar. 10x10x10 sm li beton namunasi, chizg‘ich, gidravlik press.
Ishlash tartibi. Gipsbeton namunalarini sinash va markasini belgilashda 10x10x10 sm li kum namunalari tayyorlanadi. Sinaladigan namunalar to‘g‘ri geometrik shaklda bo‘lishi kerak. Namunani sinashdan oldin uning kuch tushadigan yuzasining tomonlari ikki martadan o‘lchanadi va ko‘ndalang kesim yuzasi (S) 0,1 sm2 aniqlikkacha hisoblanadi. Siqilishga sinaladigan namunaga tushadigan kuch qolipdagi qorishmaning joylanish yuzasiga parallel bo‘lishi kerak. Gipsbeton namuna press plitkasining markaziga o‘rnatiladi va sekundiga 0,2-0,3 tezlikda namuna yorilguncha kuch beriladi. Uchta beton namunasining sinash natijasida olingan natijalarning o‘rtacha arifmetik qiymati betonning siqilishga mustahkamlik chegarasini ifodalaydi va u quyidagi formula orqali hisoblab topiladi, olingan natijalar jadvalga yozib boriladi.
, MPa





Namuna o‘lchamlari, sm

Kesim
yuzasi, sm2

Buzuvchi
kuch, kgs

Sikilishga mustah-kamlik chegarasi , kgs/sm2

eni

qalinligi

1
















2
















Bo‘lim bo‘yicha umumiy xulosalar:


GIPS QORISHMASINING ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIGINI ANIQLASH
Umumiy tushuncha. Gipsbetonning issiqlik o‘tkazuvchanligi ITS-1 asbobida aniqlanadi. Buning uchun o‘lchamlari 150x150 mm va qalinligi 10-25 mm bo‘lgan namunalar tayyorlash kerak. Namunalarning issiqlik o‘tkazuvchanligi kam xatolik bilan aniqlash uchun ularning qalinligi 10-15 mm bo‘lishi kerak. Issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan namunalar qalinligi 20-25 mm bo‘lishi kerak.
Asbob-uskunalar. ITS-1 issiqlikni aniqlash asbobi, chizg‘ich, namuna.
Ishlash tartibi. Materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligini aniqlashni uchun tayyorlangan namuna ITS-1 asbobidagi sovutgich va isitgich orasiga qo‘yiladi va kerakli darajada mahkamlanadi. «» tugmasi bosiladi, qurilma ekranida namunaning qalinligi va taxminiy issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti qiymatlari kiritiladi va o‘lchash boshlanadi.



Namuna qalinligi, sm

Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, λ, Vt/(m·°S)

a

B

h

1













2













Download 20.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling