9 – laboratoriya ishi sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvatni avtomatik rostlash sxemalarini o’rganish ishdan maqsad


Download 0.65 Mb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1250065
1   2   3   4
Bog'liq
laboratoriya ishi-9

Tajriba kurilmasining tavsifi
Berilgan tajriba ishini bajarishda stendning quyidagi elementlaridan foydalaniladi:
1. Avtomatik o’chirgich SF-Tajriba stendiga kuchlanish uzatish uchun xizmat qiladi.
2. 1-9 tumbler yuritgich validagi yuklamani o’zgartirish uchun mo’ljallangan.
3. Ph (aktiv) va Qh (reaktiv) energiya o’lchagichlari - yuritgichning aktiv va reaktiv quvvatini aniqlash uchun xizmat qiladi.
4. Har biri 4 mkF sig’imli C kondensatorlar.
5. S, P kontaktorlarning knopkalari: KM - magnit ishga tushirgich. T - issiqlik relesi. Ta, Tb, Tc - fazalardagi tok transformatori. GPT – o’zgarmas tok generatori. AD - asinxron yuritgich. Rr - razryadlovchi qarshilik.

1-rasm.
Tajriba ishini bajarish uchun topshiriklar.
1. Tajriba ishining mazmuni bilan tanishib chiqish.
2. Quvvat koeffitsiyentining yuritgichning yuklanish koeffitsiyentiga bog’liqligini olish [cos=f(K3)] va quyidagi holatlar uchun uning grafiklarini ko’rish:
a) asinxron yuritgich statorining chulg’ami “uchburchak” ulanganda;
b) asinxron yuritgich statorining chulg’ami “yulduz” ulangan.
3. Kondensator batareyalarining Quvvat koeffitsiyentini normativ qiymatiga etkazish uchun kerakli bo’lgan sig’imi va quvvatini aniqlash.
4. Kondensatorlarni ulash sxemasini yig’ish;
5. cos=f(K3) bog’liqligini olish va kondensatorlarning ishini hisobga olgan holda №2 bandda ko’rsatilgan holatlar uchun grafiklarni ko’rish.


Ishni bajarish tartibi va uslubi
1. AD chulg’amlarini "yulduz" holatida ulash
2. Avtomat SF ni ulash.
3. Aktiv va reaktiv energiya ulagich diski besh aylanishi-ni o’lchash va natijalarni 1-jadvalga kiritish.
4. Tumblerlar 19 yordamida dvigatel valiga yukni o’zgartirish.
5. SF avtomatni o’chirish.
6. AD chulg’amlarini "uchburchak" holatida ulash.
7. 3 va 4-punktlar bo’yicha tajribani takrorlash va ulchash natijalarini 1-jadvalga yozish.
8. Hisoblarni qilish va o’qituvchi topshirigiga binoan K3 muayyan kattalikda quvvat koeffitsiyentini normativ holatlarga keltirish uchun kondensator quvvatini aniqlash.
9. 1-rasm bo’yicha sxemani yig’ish.
10. 3-punkt bo’yicha o’lchash o’tkazish.



2-rasm. Kondensatorning 0,4 va 6-10 kV kuchlanishli shinaga ulanishi.



3-rasm. Reaktiv quvvatni avtomatik rostlash.

4-rasm. Uch fazali tarmoqning yuklama va kondensator batareya ulanishi.

5-rasm. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalashni avtomatik boshqarish.



6-rasm. Uch fazali tarmoqqa kondensator batareyalar blokining ulanishi.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling