9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti reja


Download 387.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.01.2023
Hajmi387.91 Kb.
#1092970
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va ma

2. Tarixiy xotiraning tiklanishi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy 
sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida 
ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan, sivilizatsiyaga 
erishmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. 
Bugungi kunda davlatimiz taraqqiyoti yo’lida yangi renessansga qadam qo’yish ustida keng 
ko’lamdagi ishlar olib borilmoqda. 
Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy meros, sivilizatsiyalar yutug’i jamiyat va inson 
manaviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga 
ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o’tmishda toptalgan ma’naviy 
merosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. 
O’zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yillarida ikkita renessansni (ya'ni buyuk rivojlanishni) o'z 
tarixiga muhrlab qo'ydi. Birinchi uyg'onish davrida (IX-XIIasrlar) ilmiy va diniy bilimlarning 
uyg'unligi asnosida dunyoni larzaga keltiradigan buyuk kashfiyotlar qilindi. 
Yurtimiz ilm-fan o’chog'iga aylandi. Ibn-Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi 
mutafakkirlar tabiy-ilmiy bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko'targan bo'lsalar, At-Termiziy, 
Moturidiy, Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi 
ulamolar islom dinini milliy g'oya va qadryatlarimizga uyg'un holda rivojlantirdilar. Imom 
Buxoriy musulmon dunyosida «hadis ilmining sultoni» sifatida e'tirof etildi. 
Mamlakatimiz Islom ilmining markaziga aylandi. Islom dinidagi hanafiy mazhabi, 
yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlari o'zbek xalqining milliy g'oyasiga mos holda rivoj 
topdi. 
Ikkinchi uyg'onish XIV-XVI asrlarda o'zbek davlati dunyoda eng rivojlangan, kuchli va 
adolatli davlatga, Amir Temurning «Kuch adolatdadir» g'oyasi esa mamlakatning harakat dasturi 
va amaliyotiga aylandi. Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar komil inson g'oyasini fan darajasiga 
ko'tardi. Bugun g'arb olimlari 500 yil oldin o'rganilgan mavzuni inson omili, inson huquqi 
masalasini antropologiya fani tarkibida katta qiziqish bilan o'rganishmoqda. Bugun uchinchi 
uyg'onish - Mustaqil O’zbekiston davri boshlandi. U 1989 yildan O’zbekistonning eng yangi tarixi 
davrini boshlab berdi. Bugun o'zbek xalqining milliy g'oyasi huquqiy demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyatining rivojlanish g'oyasiga aylanib, O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 
va Qonunlariga singdirilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. 
Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma’rifat asosida, ma’rifatli bo‘lish negizida sodir bo‘ladi. 
1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Bu to‘yga respublikada katta 
tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga aylandi. Uning yigirma jildlik 
mukammal asarlar to‘plami nashr etila boshlandi. Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk 
siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti 
ta’sis etildi. 
Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug‘ 
bobomizning muhtasham haykali qo‘yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. 


Navoiy haykali Komsomol ko‘li deb nomlangan istirohat bog‘iga o‘rnatildi va bog‘ Alisher 
Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb ataladigan bo‘ldi. 
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’lon qilinishi, uning 600-yilligini 
O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YUNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi 
ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir.
1996- yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. Islom 
Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to‘g‘risida farmon qabul qildi. «Temur 
tuzuklari» bir necha tilda chop etildi.
O‘sha davr tarixiy madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga 
kiritildi. Juda qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha’ni va shavkatiga mos 
keladigan Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi. 
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda Muhammad Rizo 
Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li 
tavalludining 175 yilligi, 1998-yil oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 
1200 yilligi keng nishonlandi.
Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy, 
Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning 
ilmiy merosi o‘rganilib, ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso 
Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 
yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi va boshqa 
allomalarning yubileylari keng nishonlandi. 
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-
yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000-yilligining nishonlanishi, Urganch va 
Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, 
milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda.
Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir 
va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari chop 
etildi.
Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini 
abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag’on qurbonlari 
xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini 
abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo etildi.
Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni 
milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 
O'zbek xalqining ma'naviy merosida insonparvarlik g'oyalari singdirilgan. Ajdodlarimiz 
insonparvarlikni fan darajasiga ko'tarishgan. Forobiy - «fozil inson», Najmiddin Kubro, Ahmad 
Yassaviy, Bahouddin Naqshband - «Orif inson», Alisher Navoiy - «komil inson» ta'limotlariga 
asos solishgan.
Bugun ham, o'tmishda bo'lganidek, insonparvarlik borasida xalqimiz boshqa xalqlarga saboq 
berishi mumkin. Ommaviy madaniyat, axborot hurujlari kuchayotgan sharoitda asosiy muammo 
yot, buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushmasdan, g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasdan, ma'naviy 
merosimizga, milliy g'oyamizga sodiq qolishdir. 
O’zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti 
qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari mustaqillikning dastlabki 
yillarida ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi.
Maqomchilar, to’y-marosim qo’shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning 
o’nlab ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, 
zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo’lib o’tmoqda.
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o’rni va ahamiyati qayta 
tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning 
ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi.


Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyatv va boshqaruv organlarida, korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarda ish geografik o’rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va 
o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va 
mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tili, 
qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yilgan. 
O’zbekistonda millatlararo totuvlik Konstitusiya va qonunlariga singdirilgan. Jumladan, 
bosh qomusimizda «O’zbekiston xalqini, millatidan qat'i nazar O’zbekiston Respublikasining 
fuqarolari tashkil etadi», degan muhim qoida belgilab qo'yilgan, (8-modda). 
145 dan ziyod milliy - madaniy markazlar (Chingiz Aytmatov iborasi bilan aytganda kichik 
BMTlar) millatlararo totuvlik g'oyasini hayotga tatbiq etmoqda. «Yagona oilada» («V edinoy 
semie») jurnali nashr etilmoqda.
Ruslarning «Maslennisa», tatar boshqirdlarining «Sabanto'y», uyg'urlarning «Sayil», 
bayramlarixitoylarning «Chunuze» yangi yili, koreyslarning «Soller» va “Ovoli – tano” 
bayramlari nishonlanmoqda.
Har yili respublikamiz miqyosida «Biz yagona oila farzandlarimiz», «Vatan yagonadir
Vatan bittadir», «O’zbekiston umumiy uyimiz» shiori ostidagi fistivallar o'tkazilmoqda.
O’zbekistonda etti tilda: o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qirg'iz va qozoq tillarida 
ta'lim olib borilmoqda. Gazetalar sakkiz tilda (o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq, 
ingliz, koreys tillarida) nashr etilmoqda. Radio eshittirishlar o'n bitta tilda olib borilyapti.
Islom Karimov iborasi bilan aytganda millatlararo totuvlik O’zbekistonning dushmanlari 
ko'ra olmaydigan eng katta boyligidir. 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan insonlarning 
hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017-yilning o‘zida bu borada ulkan ishlar 
amalga oshirildi.
Toshkent va Samarqandda Islom Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida 
Is’hoqxon Ibrat, Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, 
Farg‘onada Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf 
xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi.
Ularning nomi bilan ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida 
Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi. 
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz va 
madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof 
Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof 
Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – 
Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini 
abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti 
Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi 
rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi.
Bundan tashqari, 2018-yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida Samarqand 
shahrida, Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Islom Karimov 
ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom 
Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi.
Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik ob’yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident 
farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-
martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 

Download 387.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling