9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti reja


 Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi


Download 387.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.01.2023
Hajmi387.91 Kb.
#1092970
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va ma

3. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi. 
Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, 
marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy 


tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni 
ham alohida ta’kidlash lozim.
Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash va yangilash hamda 
ular ongiga yetkazish va turmushiga singdirish muhim vazifalardan biri sifatida kun tartibiga 
ko‘ngdalang qo‘yildi. Islom olami allomalarining diniy qarashlari, ijodiy faoliyatlari o‘rganilib, 
tavallud topgan kunlari bayram qilindi. Ularga yodgorlik maydonlari yaratilib haykallar o‘rnatildi. 
Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro‘z» bayramini 
xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo‘ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda 
Prezident farmoniga ko‘ra, 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. 
Qadimiy xalq bayrami – Navro‘zning tiklanishini respublikamizning butun aholisi mamnuniyat 
bilan ma’qullab, ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda. 
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, 
Qurbon hayiti qayta tiklandi va bu kunlar dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. Musulmonlar 
O’zbekiston xalqi tarixida birinchi-marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra 
amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat 
va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi jamiyatning 
ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda. 
O’zbekistonda SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan bo’lsa, 2017-
yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat 
yuritib kelmoqda. Mamlakat aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga 
e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi.
Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik
buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p 
konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib 
borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining erkin 
va ozod yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. 
Davlatimiz siyosatiga ko’ra, din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan 
emas. 1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom 
diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi.
1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning 
vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, «Davlat diniy 
konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llabquvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi 
dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har 
qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar 
qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar».
O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 
Zero, diniy bag‘rikenglik mamlakatda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan 
biridir. O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi: 

Download 387.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling