9- mavzu: Mutaxassislik fanlari darslari strukturasi


Download 16.65 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi16.65 Kb.
#1150305
  1   2   3
Bog'liq
9МК-Mavzu


9- Mavzu: Mutaxassislik fanlari darslari strukturasi
Mutaxassislik fanlari darslari strukturasi quyidagi bosqichlardan tashkil topishi mumkin: talabalarni uyushtirish; yangi materialning bayoni, in­struktaj, talabalarning mustaqil ishlari, yakunlovchi instruktaj, o‘quv kabinet va xona xamda ustaxonalarni tozalash.
Talabalarni uyushtirish. Darsning sifati ko‘p jihatdan uning qanday uyushqoqlik bilan boshlanishiga bog‘liq. Agar birinchi minutlardanoq talabalar o‘qituvchining talabchanligini, sezmasalar, o‘zlarini texnologiya kollektivining a’zosi ekanliklarini, oldilarida mo‘ayyan o‘quv-ishlab chiqarish vazifalari turganini his etmasalar, bu hol darsda intizomning buzilishiga, talabalar aktivligining pasayishi va hokazolarga olib kelishi mumkin. Mana shuning uchun tajribali o‘qituvchilar darsning tashkiliy jihati bilan bog‘liq birinchi minutlariga katta e’tibor beradilar.
Texnologiya ta’limi yo’nalishi bo’yicha darslar o‘tkaziladigan xonalarga talabalar gruppa bo‘lib o‘qituvchi bilan birgalikda uyushgan holda keladilar. Jarohatlanishlarga sabab bo‘ladigan xatti-harakat qoidalari buzilishining oldini olish uchun talabalarning o‘quv kabinet va ustaxonada yolg‘iz qolishlariga ruxsat etilmaydi. Xonaga kirishlari bilan talabalar o‘z ish o‘rinlarini egallaydilar. Yo‘qlama (navbatchi yordamida) qilinadi, talabalarning ish kiyimlari tekshiriladi. Kiyimlari Texnologiya xavfsizligi qoidalariga javob bermaydigan talabalar mashg‘ulotlarga kiritilmaydi.
Asboblar va zagotovkalarni tarqatish darsni tashkil qilishning muhim momentidir. Har bir ish o‘rnini o‘lchash va ishlov berish asboblarining to‘la komplekti bilan ta’minlash eng yaxshi variantdir. Tabiiyki, bu holda asboblarni tarqatish bo‘lmaydi, har bir talaba hamma zarur narsalarni o‘z ish o‘rnidan topadi. Afsuski, buning uchun maktablarning hammasida bunday imkoniyat yo‘q va shu sababli asboblarni har gal tarqatishga, so‘ngra esa yig‘ishga to‘g‘ri keladi. Bunga iloji boricha kam vaqt ketishi kerak.
Yangi o‘quv materialini bayon qilish. Ko‘pincha bu element karish instruktajiga kirib, talabalarning oldingi darslarda olgan va bu topshiriqni bajarish uchun zarur bilim va malakalar qanday ahvolda ekanligi tekshiriladi. yangi materialni bayon qilish uning mazmuniga, talabalar yoshi va tayyorligiga bog‘liq holdi har xil tashkil etilishi mumkin. Uni talabalar o‘zlashtira olishlarini nazarda tutib belgilanadi. Bu element uni talabalar qanday o‘zlashtirganini tekshirish bilan yakunlanadi.
Instruktaj. Instruktajni qancha davom etishi va undagi informatsiyaning hajmi talabalar yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 1-2 kurslarda dars materialni birdaniga emas, balki bir necha qismga bo‘lib bayon etish tavsiya qilinadi, 3-4 kurslarda bir qismining o‘zida katta hajmdagi materialni bayon qilish mumkin, Texnologiya topshirig‘i qismlarga ajratilmay birdaniga beriladi.
Talabalar mustaqil ishlari.Talabalar mustaqil ishlari Texnologiya ta’limi darslarini asosiy bosqichi bo‘lib, unga O‘quv vaqtining 80 % gacha qismi ajratiladi. Talabalar mustaqil ishini boshqarish o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab qiladi. O‘quv jarayonini muntazam va rejali kuzatish hamda nazorat qilish bilan talabalar mustaqil ishining samaradorligi bo‘lgan topshiriqni bajarish saviyasi, Texnologiyada o‘z bilimlaridan qanday foydalanayotganliklari va boshqalarga qarab umumiy xulosa olishi mumkin.
Har bir dars xulosa bilan tugallanadi. Xulosalar chiqarish talabalar bilim va malakalarini baholash bilan yakunlanadi. O‘qituvchi har bir bajarilgan ishni tahliliy ravishda ochiqchasiga aytib tahlil qiladi, talabalar o‘zlarini ishlari haqida ma’lumot oladilar.
O‘quv kabinet va xona xamda ustaxonalarni tozalash. Talabalar ishni tamomlaganlaridan keyin o‘z ish o‘rinlarini va umuman xonani tartibga keltirishlari kerak. O‘qituvchini ish o‘rni talabalar uchun namuna bo‘lishi kerak.

Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling