9 – вариант – топшириқ. Қуйидаги тест саволига жавоб беринг


Download 23.17 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi23.17 Kb.
#1565848
1   2   3   4   5
Bog'liq
TILAVOVA

3 – топшириқ.
Қуйидаги таянч ибораларни бир-бирига боғлаш асосида маълум бир мавзу юзасидан ўз билимингизни намоён этинг:
Мовароуннахр, эстетик, маданият, мутафаккир, туркий халқ, табиий фанлар, мусиқа, таъминот, услуб, мерос, бастакор, мақом, қасида, рубоий, Қазал, қитьа, созанда, машшоқ.
XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning ko’p sohalarida yuksalish yuz berdi. Jahonga mashhur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar etishib chiqdi. Tibbiyot, riyoziyot, handasa, tarix, adabiyot, jug’rofiya, pedogogika, mantiq, falsafa, axloqshunoslik va boshqalarga e’tibor berildi. Ayniqsa, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda o’sha davrning muhim ijtimoiy muammolari va insonparvarlik g’oyalari olg’a surildi. «Gul va Navro’z» muallifi Lutfiy (1366-1465), «Behro’z va Bahrom» asarini yozgan Binoiy (1453-1512), «Tazkirat ush-shuaro» (shoirlar haqida tazkira) ning muallifi Davlatshoh Samarqandiy, «Yusuf va Zulayxo», «Mahzan ul-asror» (Sirlar xazinasi) asarlarining mualliflari Durbek (XIV-XV asrlar), Haydar Xorazmiy hamda Kamol Xo’jandiy (1402 yilda vafot etgan), Hofiz Xorazmiy (XIV-XV asrlar), Ismat Buxoriy (1365-1436), Yaqiniy (XV asr), Hiloliy (XV asr), Atoiy (XV asr) va boshqalar o’sha davrda yashab ijod etdilar.
Shunday qilib, XIV-XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamoqdalar. Ba’zi olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to’g’ri kelmasligi to’g’risida o’z fikrlarini aytmoqdalar. Nima bo’lganda ham Evropada XV-XVI asarlardagi ko’tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy Osiyoda ro’y bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko’p tomonlari bilan o’xshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar ko’p.
XIV-XV asrlar moddiy va ma’naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish o’sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy aloqalar o’rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga e’tibor kuchaydi, ilm-fan va san’at rivoj topdi, qomusiy olimlar etishib chiqdi, madaniy merosni o’rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniyma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda ma’naviy ozuqa vazifasini o’tamoqda.

Download 23.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling