9-7-iqt s-19-guruxi talabasi zokirova mehrangizning «birja» fanidan tayyorlagan slaydi


Kliring va hisob-kitoblarning mohiyati va funktsiyalari


Download 280.98 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi280.98 Kb.
#1153735
1   2   3   4
Bog'liq
birja Zokirova Mehrangiz

Kliring va hisob-kitoblarning mohiyati va funktsiyalari

  • Kliring bu – o'zaro talab va majburiyatlarni hisobga olishdir. Birja kliringi bu – birja savdosi qatnashchilari o'rtasida kim, nimani, kimga va qaysi muddatda qarzligini belgilashga asoslangan kliring. Hisob-kitoblar bu – birja kliringi davomida aniqlangan, yakuniy natijasi odatda birja bitimi ob'ektini sotuvchidan xaridorga o'tkazish bo'lgan majburiyatlarni bajarishshuningdek, xaridorning sotuvchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha pul hisob-kitobi jarayonidir. Kliring va hisob-kitoblar zarurati bozor savdosining zamonaviy tashkil qilishdan kelib chiqadi. Eng oddiy bozor operatsiyasi uchta tarkibiy qismdan iborat: sotuvchi va xaridor o'rtasida bitim tuzish (og'zaki yoki yozma shaklda); bitim bo'yicha hisob-kitoblar (masalan, tovar narxini uning miqdoriga ko'paytirish va butu bitim narxini (bahosini) aniqlash); tovar va pul mablaag'larini bir-biriga berish yo'li bilan shartnomani ijro etish. Qoidaga ko'ra, faqat eng oddiy bitimni tuzishda sotuvchi va xaridor vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri uchrashadi. Biroq zamonaviy birja (fond, fyuchers) bozorida sotuvchi va xaridor bitimlarni vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri kamdan-kam hollarda tuzidilar.

Kliring va hisob-kitoblar tizimi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari

  • Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 2017 yil mobaynida 5 205,7 mlrd. so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, 2018 yilda to‘lovlar summasi 2017 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ortib, 10 155,0 mlrd. so‘mlik to‘lov amalga oshirilgan. 2019 yilda ham ushbu tizim orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar summasi 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ortib, 20 030,4 mlrd. so‘mga etgan.
  • Hozirgi kunda banklar infratuzilmalarida Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali barcha kommunal tashkilotlar, Moliya vazirligi G‘aznachiligiga to‘lanadigan byudjet to‘lovlari, soliq hamda bojxona to‘lovlari, notariat va FXDYo to‘lovlari, Ichki ishlar vazirligiga to‘lanadigan jarima to‘lovlari, Davlat xizmatlari agentligi xizmatlari to‘lovlari, “UzAuto Motors” avtomashinalari uchun to‘lovlar, kadastr xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek, mobil aloqa, internet-provayderlar va ko‘plab boshqa xizmatlar uchun to‘lovchini xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning billing tizimi orqali aniq identifikatsiya qilish orqali to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish va aks ettirish imkoniyati yaratilgan.

Download 280.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling