9-Amaliy ish. Elektron kommersiya, web-dizayn


Uzbex.com О‘zbekiston global savdo tizimi


Download 96.23 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi96.23 Kb.
#1010476
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 amaliy ish XUSH

Uzbex.com О‘zbekiston global savdo tizimi.


Elektron tijorat – О‘zbekiston iqtisodiyotida: mavjud holat, muammolar va istiqbollar
Jahon hamjamiyatining kо‘zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bо‘lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy о‘sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni kо‘rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga о‘tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi1.
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham о‘z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qо‘llanishi yotadi. О‘zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. О‘zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bо‘lgan holatdagina sodir bо‘ladi.
О‘zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat sо‘zining ma’nosini tushunishga harakat qilib kо‘rgan. Hali о‘zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog‘liq AQSH bozorlarida yiliga о‘rtacha 1,5-2 trln. AQSH dollari miqdorida mablag‘lar aylanadi2.
“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni о‘z ichiga oladi. О‘z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bо‘linadi:

  • Chakana savdoni tashkil qilishbо‘yicha (biznes-iste’molchi, B2C);

  • Biznes hamkor bilan aloqlar о‘rnatish (biznes-biznes, B2B);

  • Iste’molchilar о‘rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C);

Misol sifatida: – virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin
Elektron tijoratning о‘ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:

  • Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi;

  • Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;

  • Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi.

Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qо‘llash orqali iste’molchibilan ochiq munosabat о‘rnatish, mahsulot va xizmatlar tо‘g‘risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning alternativ yо‘llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron dо‘konlar ochish va yaratish imkoni beradi.
О‘zbekistondaelektrontijoratnirivojlantirishjarayonlariamalda
Bugungi kunga kelib, О‘zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qо‘llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.
Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol о‘ynashi lozim;
Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qо‘yilishiga yо‘l qо‘yilmaslik lozim;
Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qо‘llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;
Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning о‘ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;
Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bо‘linish va davlat chegaralariga bog‘liq bо‘lmagan ravishda, global masshtabda sodir bо‘lishi lozim.
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida О‘zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora о‘z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa о‘z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bо‘lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bо‘yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” tо‘g‘risida О‘zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog‘risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qо‘llashda tо‘lov tizimini takomillashtirish” tog‘risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.Olib borilgan va bajarilgan ishlar asosida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Masalan, axborot almahinuvi tezligini oshirish va unga sarflanadigan vaqtni kamaytirish maqsadida olib borilgan ishlarning natijasi Respublikada xalqaro axborot tarmoqlari tezligini oshishida kо‘rinadi.

Download 96.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling