9-Amaliy ish Portlatuvchining yagona daftari haqida nizom
Download 28.3 Kb.
|
bpi 9 amaliy
9-Amaliy ish Portlatuvchining yagona daftari haqida nizom 1. Portlatuvchining yagona daftari yagona raqam va seriyaga ega bо‘lgan Guvohnoma va Ogohlantirish talondagina iborat bо‘ladi. 2. Guvohnomada portlatuvchi bajarishi uchun ruxsat etilgan portlatish ishlarining turlari kо‘rsatiladi. Portlatuvchilarni sog‘lig‘i, yoshi va ishlab chiqarish staji о‘rnatilgan talablarga muvofiq bо‘lsa, ularning bir necha turdagi ishlar bо‘yicha imtihonlarni topshirishlariga ruxsat etiladi. 3. Portlatish ishlarining quyidagi turlari belgilanadi. 3.1. Jami portlatish ishlari: - gaz xavfi bо‘lgan, yoki ishlov berilayotgan qatlamlari changi portlashga xavfli bо‘lgan kо‘mir va slanets shaxtalarini yuzasida va yerosti inshootlarida portlatish ishlari; - gaz xavfi bо‘lmagan, yoki ishlov berilayotgan qatlamlari changi portlashga xavfli bо‘lmagan kо‘mir va slanets shaxtalarini yuzasida va yerosti inshootlarida portlatish ishlari; - gaz yoki chang bо‘yicha xavfli konlarni (kon-ma’dan va noma’dan sanoati obyektlarini) yuzasida va yerosti inshootlarida portlatish ishlari; - ochiq usuldagi konchilik ishlaridagi portlatish ishlari; - seysmoqidirishda, neft, gaz, suv quduqlari va shu kabilarni nimportlatish va boshqa ishlarda portlatish ishlari; 3.2. Maxsus (turi kо‘rsatiladigan) portlatish ishlari, shu jumladan: - muzlagan tuproqlarni yumshatish, muzni portlatish, botqoqlikda, suvostida portlatish ishlari; - issiq massivlarni portlatish; - portlatish energiyasi bilan metallarga ishlov berish (kesish, payvandlash, puxtalash va boshqalari); - binolar, inshootlarni qulatish va fundamentlarni parchalash; - tо‘ngaklarni qо‘porish, daraxt kesish, muzlagan о‘tin va balanslarni yumshatish, yog‘och oqizishdagi tiqilish, о‘rmon yong‘iniga qarshi kurashish; - neft shaxtalarini yuzasida va yerosti inshootlarida; - tonnel о‘tkazish va metropoliten qurilishida; - geologiya-qidiruv inshootlarini о‘tkazishda; - portlovchi materiallar bilan bog‘liq bо‘lgan ilmiy va о‘quv maqsadlarida bajariladigan portlatish ishlari. 4. Guvohnoma va Ogohlantirish taloni malaka komissiyasi raisi va korxona vakili tomonidan imzolanishi kerak. Ularni imzolari “Sanoatkontexnazorat” DI organi muhri bilan tasdiqlanishi kerak. 5. О‘qitish ishlarini yuritish va imtihon qabul qilish, о‘qitishni о‘tkazgan korxona tomonidan olib borilishi kerak. Imtihon qabul qilish bayonining bir nusxasi “Sanoatkontexnazorat” DI organiga beriladi, bu Portlatuvchining yagona daftarini (PYAD) rasmiylashtirish va rо‘yxatdan о‘tkazish uchun asos bо‘lib hisoblanadi. 6. Bir korxonadan boshqasiga о‘tkazilgan portlatuvchi, yangi korxonaning idoroviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, Portlatuvchining yagona daftarida kо‘rsatilgan turlarini bajarish huquqini saqlab qoladi. Bunda uning ishlashi uchun ruxsat berish mazkur Qoidalarni §§ 34, 35 muvofiq amalga oshiriladi. 7. PAni tashish, saqlash, ishlatish va hisobga olishni о‘rnatilgan tartibini buzganligi uchun portlatuvchidan Ogohlantirish taloni olib qо‘yilishi mumkin. Bunda ushbu ta’sir chorasi uchun asos va korxona (shaxta, kon, karyer va shu kabilar) rahbari buyrug‘ini (farmoyishini) raqami va sanasi talonda kо‘rsatiladi. Olib qо‘yilgan talon portlatuvchining shaxsiy kartochkasi bilan birgalikda saqlanadi. Portlatuvchi tomonidan PAni tashish, saqlash, ishlatish va hisobga olishni о‘rnatilgan tartibini takroran buzilganda, u korxona (shaxta, kon, karyer va shu kabilar) rahbari buyrug‘i yoki farmoyishi bilan о‘rnatilgan portlatish ishlarini bajarish huquqidan 3 oylik muddatgacha mahrum etiladi. Bu muddat о‘tganidan keyin ishchiga mazkur Qoidalarni §§ 34 muvofiq portlatuvchi kasbi bо‘yicha imtihon topshirishiga ruxsat etilishi mumkin. Agar portlatuvchi Ogohlantirish taloni olib qо‘yilganda keyin 6 oy davomida PAni tashish, saqlash, ishlatish va hisobga olishni о‘rnatilgan tartibini buzmasa, unda Ogohlantirish taloni tiklanadi. Talon tiklangani haqida korxona (shaxta, kon, karyer va shu kabilar) rahbari tomonidan PYADga tegishli yozuv yoziladi. Agar portlatuvchi (usta- portlatuvchi) PAni tashish, saqlash, ishlatish va hisobga olishni о‘rnatilgan tartibini buzgan bо‘lsa va bu portlovchi materiallar yо‘qolishi, baxtsiz hodisa yoki avariyaga olib kelsa yoxud olib kelishi mumkin bо‘lsa, bu holda undan Portlatuvchining yagona daftari olib qо‘yilishi mumkin. 8. Portlatish ishlarini bajarish huquqidan mahrum bо‘lgan portlatuvchilarning yagona daftarlari korxona (shaxta, kon, karyer va shu kabilar) ma’muriyati tomonidan Davkontexnazorat organiga beriladi va bu haqida ma’muriyat buyruq yoki farmoyish chiqaradi. Olib qо‘yilgan “Portlatuvchining yagona daftari”lari dublikatlari berilmaydi. 9. Portlatuvchining yagona daftarilarini yо‘q qilish komissiya tomonidan erkin shakldagi dalolatnomani rasmiylashtirish bilan bajariladi. 10. Portlatuvchining yagona daftariga portlatuvchining barcha stajirovkalari haqidagi yozuvlar tushirilishi kerak. 11. Portlatuvchining yagona daftarlarini blanklari portlatuvchi va usta- portlatuvchi uchun alohida keltirilgan shakl bо‘yicha markazlashtirilgan holda tayyorlanadi. “Sanoatkontexnazorat” DIning har bir korxonasi uchun tegishli raqam о‘rnatiladi. Download 28.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling