9-Amaliy mashg’ulot. Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligi. II. Reja
-Topshiriq. Suvdan foydalanish samaradorligi qaysi ko’rsatkich orqali ifodalanadi?
Download 51.27 Kb.
|
9 Amaliy mash Q X SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
3-Topshiriq. Suvdan foydalanish samaradorligi qaysi ko’rsatkich orqali ifodalanadi?
Ushbu ko’rsatkich 1 ming M3 suv hajmi hisobiga olingan mahsulot hajmi bilan ifodalanadi. Buni aniqlash uchun 1 gektardan olingan mahsulot miqdorini (X) 1 gektar uchun sarf bo’lgan suv hajmiga (СС) bo’lish kerak: Bunda, С-suvdan foydalanish ko’rsatkichi (1 ming kub metr suv hisobiga olingan mahsulot). Hisobot yilidagi suvdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichidan bazis yilidagi ko’rsatkichini chegirib tashlash orqali uning o’zgarishi (oshgan yoki kamayganligi) aniqlanadi: Formuladan ko’rinib turibdiki, suvdan foydalanish samaradorligi darajasining o’zgarishiga ikki omil ta’sir qiladi: 1 gektar maydon hisobiga sarf bo’lgan suv hajmining o’zgarishi; 1 gektar maydondan olingan mahsulot hajmining (miqdorining) (yoki hosildorlikning) o’zgarishi. Ushbu omillarning suv foydalanish samaradorligining o’zgarishiga ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib aniqlaymiz. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin suvdan foydalanish samaradorligining shartli ko’rsatkichini aniqlab olish zarur. Buni bazis yilidagi 1 gektar hisobiga olingan mahsulot miqdorini hisobot yilida 1 gektarga sarf bo’lgan suv hajmiga bo’lish orqali aniqlash mumkin: Shundan keyin omillarning suvdan foydalanish samaradorligining o’zgarishiga ta’siri aniqlanadi: 1 gektar hisobiga sarf bo’lgan suv hajmi bo’yicha o’zgarishining ta’siri quyidagicha aniqlanadi: Suvdan foydalanish samaradorligining o’zgarishiga hosildorlik o’zgarishining ta’siri quyidagicha aniqlanadi. Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi suvdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichining o’zgarishiga teng kelishi kerak. Suvdan foydalanish samaradorligi darajasi o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlashni formula orqali ko’rsatdik. Hurmatli talaba! Har bir omilning ta’sirini aniqlash tartibini (qoidasini) o’zingiz yozma ravishda bayon qiling. Endi, fermer xo’jaligi misolida suvdan foydalanish samaradorligining tahlilini yuqorida bayon qilingan usul asosida amalga oshiramiz. Buni quyidagi 1-jadvaldan ko’rish mumkin. 1-jadval Paxtachilikda suvdan foydalanish samaradorligining tahlili
Download 51.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling