Mavzu bo‘yicha test topshiriqlari.
1.Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar
A) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi
B) davlat yer kadastri hisoblanadi
D) fermer xo‘jaligi yerlari hisoblanadi
E) davlat yer fondi hisoblanadi
2.Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiradi
A) sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar
B) barcha javob to‘g‘ri
D) haydaladigan yerlar
E) pichanzorlar, yaylovlar
3.Yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimi
A) yerdan samarali foydalanish
B) davlat yer kadastri
D) yer monitoringi
E) yer uchastkasi
4.Yerdan samarali foydalanish deganda nima tushuniladi?
A) 1 gektar yoki 100 gektar yerning unumdorlik darajasi oshishi
B) 1 gektar yoki 100 gektar hisobiga yetishtirilgan mahsulot
D) 1 gektar yoki 100 gektar hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmining kamayishi
E) 1 gektar yoki 100 gektar hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmining oshishi
5. Bir birlik yer maydoni hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmi nima deyiladi?
A) yerdan foydalanish samaradorligi
B) yalpi hosil
D) yalpi mahsulot
E) iqtisodiy samaradorlik
6. Yerdan foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlang
A) 1 ming m3 suv hajmi hisobiga olingan yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof foyda
B) bir yoki yuz gektar hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof foyda
D) bir yoki yuz bosh hisobiga olingan yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof foyda
E) har bir ekin turi yoki chorva bosh sonidan olingan yalpi mahsulot, yalpi daromad
7. Yer mahsuldorligi darajasi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
A) bir yoki yuz gektar hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot o‘zgarishi
B) ekin maydoni va hosildorlik o‘zgarishi
D) yer maydoni va yalpi mahsulot hajmining o‘zgarishi
E) bir yoki yuz gektar hisobiga sarf bo‘lgan suv hajmining o‘zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |