9-amaliy mashg’ulot Sut kislotali bijg’ish jarayonida hosil bo’lgan sut kislotani va bu jarayonni hosil qiluvchi bakteriyalarni aniqlash
Download 348.79 Kb. Pdf ko'rish
|
b9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning maqsadi
- Ishning borishi
9-amaliy mashg’ulot Sut kislotali bijg’ish jarayonida hosil bo’lgan sut kislotani va bu jarayonni hosil qiluvchi bakteriyalarni aniqlash Uglevodlar bijg’ishining ancha oddiy xillaridan biri, bu sut kislotali bijg’ishdir. Lui Paster qatiqdan aloxida mikrob topadi, bu mikrob spirtli bijg’ishga sabab bo`ladigan mikrobdan farq qilishini aytib o`tadi. O`sha bakteriyalarning sof kul`turasi 20 yildan keyin ajratib olinib, streptokokkus Lektus deb ataladi . Hozirgi vaqtda ularning tuzilishi va yashashiga qarab quyidagi turkumlarga bo`lib o`rganamiz: Streptokokkus turkumi bular spora hosil qilmaydigan mayda bakteriyalar bo`lib, yosh kulturasida tiniq streptokokkus shaklidadir, bu bakteriyalar zanjir bakteriyalari shaklida bir-biriga ulanib turadi. 30-38 0 C temperaturada yaxshi rivojlanadi. Streptokokkus Laktus uning tipik vaqilidir. Ular mono- va disaxaridlarni osonlik bilan parchalab, 1% gacha sut kislota hosil qiladi. Laktabatsillus avlodi bu tayoqchasimon bakteriyalar bo`lib, bunga Laktabatsillus bo`lgarikum kiradi. Bu bakteriyalar 40-48 0 C haroratda yaxshi rivojlanadi. Bu bakteriyalarning hujayralari bir muncha yirik bo`lib, 5-10 mkm ga teng keladi. Bu bakteriyalar glyukoza, galaktozani bijg’itib, 30% gacha sut kislota hosil qiladi. Sut kislotaning bijg’ish natijasida asosiy mahsulot sut kislotasidir. Uning ximizmi quyidagicha boradi: C 6 H 12 O 6 =2CH 3 -CHOH-COOH+20 kka Bijg’ish natijasida hosil bo`lgan energiyalar bakteriyalar tomonidan o`zlashtiriladi. Sut tarkibida ozuqa moddalar ko`p bo`lganligi sababli unda turli tuman mikroorganizmlar tobora ko`payaveradi . Parhezbop achitilgan sut mahsulotlari bijg'ish turiga ko'ra shartli ravishda ikki guruhga bo'linadi. Bular: sut kislotali bijg'ish natijasida olingan prostokvasha, asidofilli sut, yogurt va boshqalar; aralash sut kislotali bijg'ish va spirtli - kefir, qimiz va boshqalar. Mashg’ulotning maqsadi. Sut kislotali bijg’ishning mohiyatini o`rganish, bijg’ituvchi bakteriyalarning morfologik tuzilishini mikroskop ostida ko`rish . Mashg’ulot uchun kerakli asbob va reaktivlar: mikroskop, buyum oynasi, bakterial ilmoq, qatiq, tuzlangan karam, achigan kartoshka, spirt efiri, fuksin, filter qog’oz, immersion moy, Lyugol eritmasi, pipetka, qoplag’ich oynasi . Ishning borishi. Sut kislotani ko`zg’atuvchi bakteriyani ko`rish uchun buyum oynasi artilib, steriallangandan keyin qatiqdan bir tomchi olinib, yupqa mazok tayyorlanadi va quritiladi. Fiksatsiya qilingan mazok ustiga 10 % spirt efiri aralashmasi tomizilib, 5-10 minut qoldiriladi. Spirt – efir aralashmasi ta`sirida qatiq tarkibidagi yog’ zarrachalari yo`qoladi., bakteriyalar nobud bo`lib, oynaga yopishib qoladi, 5-6 minutdan keyin fuksin bilan bo`yaladi va suv tomchilari fil’tr qog’oz yordamida olinib, mazok ustiga bir tomchi immersion moyi tomiziladi, mikroskopning katta ob`ektivi orqali ko`riladi. 7-Rasm. Sut kislotali bijg’ishni amalga oshiriuvchi bakteriyalar Vazifa: Spirtli bijg’ishni qo`zg’atuvchi mikroblar kul’turasini tayyorlash . Spirtli bijg’ishni qo`zg’atuvchi zamburug’larning morfologik tuzilishini o`rganish . Mikroskopda ko`ringan zamburug’ning tuzilishini chizish Download 348.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling