9 аmaliy mashg’ulot. Сувда ҳамда қуруқликда яшовчилар- amphibia синфига хос бўлган умумий хусусиятларни қиёсий ўрганиш


Download 197.63 Kb.
bet2/6
Sana12.01.2023
Hajmi197.63 Kb.
#1089664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5303542504635766374

Umurtqa pog’onasi. Baqaning umurtqa pog’onasi to’liq suyaklashgan, faqat to’qqista umurtqadan tashkil topgan bo'lib, to'rt bo'lim: bo'yin, tana, dumg’aza va dumga bo'linadi. Barcha amfibiyalardagi singari baqaning kam bo'yin bo'limida faqat bitta umurtqa bor. Bu umurtqa ko'ndalang va oldingi qo’shiluv o'simtalarining bo'lishi bilan tana umurtqasidan farq hiladi. Oldingi tomonidagi ikkita qo’shiluv chuqurchasi yordamida umurtqa bosh skeletiga birikadi. Tana bo'limi umurtqalarining soni ettita. Bu bo'lim umurtqalarining oldingi tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa bo'rtib chiqqan ya'ni protsel tipda bo'ladi. Bu umurtqalarning hammasida orqa miya kanalini o'rab oladigan va ustida ostist o'simtasi bo'lgan ustki yoy lar bor. Umurtqalarning yon tomonida katta ko'ndalang o'simtalar umurtqa ustki yoylari asosining oldingi va keyingi tomonida bir juftdan kalta qo’shiluv o'simtalari bor. Bu o'simtalar qo’shni umurtqalardagi shunday o'simtalarga qo’shilish uchun xizmat etadi (101-rasm).
Dumg’aza bo'limi, odatda, bu bo'lim bitta umurtqadan iborat. Umurtqa tipik tana umurtqasiga o'xshash tuzilgan. Uning ko'ndalang o'simtasi kuchli taraqqiy etgan bo'lib, o'nga chanoq kamarining yonbosh suyagi birikkan. Dum bo'limi bitta uzun suyakcha - urostildan iborat. Urostil embrional rivojlanish tarixidan ma'lum bo'lganidek, bir necha (12 ta) umurtqalarning bir-biriga qo’shilib ketishidan hosil bo'lgan. Umuman baqalarda qovurg’alar bo'lmaydi. Endi umurtqaning tipik tuzilishi bilan tanishish uchun, tana bo'limining uchinchi umurtqasini ajratib olib, lupa orqali kuzating va yuqorida ta'riflangan umurtqaga xos elementlarni toping (102-rasm).




101-rasm. Baqaning o’q skeleti va chanoq kamari (ustki tomondan ko'rinishi): 1 - bo'yin umurtqasi; 2 - tana umurtqalari; 3 - dumg’aza umurtqasi; 4 - urostil (qo’shilib ketgan dum umurtqalari); 5 - chanoq kamari; 6 – quymich kosasi.



102-rasm. Baqaning tana bo'lim umurtqasi: A - umumiy ko'rinishi. B - bo'yiga kesimi. 1 - umurtqa tanasi; 2 - ustki yoy; 3 - orqa miya kanali; 4 - ostist o'simta; 5 - ko'ndalang o'simta; 6 - go’shuvchi usimta.



Download 197.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling