9 аmaliy mashg’ulot. Сувда ҳамда қуруқликда яшовчилар- amphibia синфига хос бўлган умумий хусусиятларни қиёсий ўрганиш
Download 197.63 Kb.
|
2 5303542504635766374
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning maqsadi
- Kerakli materiallar va jihozlar
- Ishning mazmuni.
9 - аmaliy mashg’ulot. Сувда ҳамда қуруқликда яшовчилар- Amphibia синфига хос бўлган умумий хусусиятларни қиёсий ўрганиш. Ob’yektning sistematik holati Tip. Xordalilar – Chordata Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki Bosh skeletlilar – Craniata Katta sinf. To’rt oyoqlilar – Tetrapoda Sinf. Suvda ham quruqlikda yashovchilar – Amphibia Turkum. Dumsizlar – Ecaudata yoki Anura Vakil. Ko’l baqasi – Rana radibula Pall. Mashg’ulotning maqsadi: ko’l baqasi misolida suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining skelet tuzilishini o’rganish. Kerakli materiallar va jihozlar: montaj (taxtaga o’rnatilgan) qilingan baqa skeletlari (5-6 ta) tanasining turli bo’lim umurtqalari, oldingi va orqa oyoqlari hamda kamarlari skeleti, bosh skeleti; baqaning umumiy skeleti, bosh skeletining ustki va ostki tomondan ko’rinishi, tanasining turli bo’limlari umurtqalari, til osti skeleti, yelka va chanoq kamarlari hamda oyoqlari skeleti aks ettirilgan jadvallar. Ishning mazmuni. Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfining tipik vakili baqaning skeleti. Baqa quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos bir qator progressiv belgilarga ega bo'lish bilan bir qatorda bir qancha adaptiv (moslanish) belgilari borligi bilan kam xarakterlanadi. Oyoqlarining tipik besh barmoqli tipda tuzilganligi, kamar va oyoq skeletlarining uchta gomodinam elementlardan shakllanganligi, chanoq kamarining o’q skeleti bilan bog’liq bo'lishi, bosh skeletining autostiliya tipda tuzilganligi, ya'ni tanglay kvadrat tog’ayining bosh skeletiga qo’shilib ketganligi, til osti yoyining boshqa elementlarga aylanganligi, jabra qopqoqlarini butunlay, yoylarini esa qisman reduksiyalanganligi va, nihoyat, umurtqa pog’onasining bir necha bo'limlarga ajralganligi baqaning progressiv belgisidir. Bosh skeletida suyaklarning kam bo'lishi, umurtqa poqonasi bo'yin va quymich bo'limlarining kam taraqqiy etganligi, qovurg’alarning bo'lmasligi, dum umurtqalarining bitta suyak-urostilga aylanganligi, chanoq kamari yonbosh suyagining uzun bo'lishi va sakrab yurishga moslanishi tufayli baqa oyoqlari skeletining quruqlikda yashovchi boshqa xayvonlarnikiga nisbatan juda boshqacha tuzilganligi, baqaning adaptiv belgilari hisoblanadi. Yuqorida aytib o'tilgan dumsiz amfibiyalar gruppasining skeletiga xos adaptiv belgilarning hammasi kam suvda va quruqlikda yashovchilarning boshqa gruppa (dumlilar va dumsizlar) lariga, mansub barcha turlarida uchramaydi. Download 197.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling