9 аmaliy mashg’ulot. Сувда ҳамда қуруқликда яшовчилар- amphibia синфига хос бўлган умумий хусусиятларни қиёсий ўрганиш
Download 197.63 Kb.
|
2 5303542504635766374
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jag’ yoylari.
Bosh skeleti
Baqaning bosh skeleti ikki bo'limga: miya qutisi va vitseral skeletga bo'linadi. Ikkinchi bo'lim baqaning lichinkalari (itbaliqlar)da yaxshi taraqqiy etgan bo'lib, u baliqlarning vistseral skeletiga o'xshash voyaga etgan baqalarda esa vitseral skelet (jag’ yoylaridan tashqari) ancha soddalashgan va o'zgargan bo'ladi. Jag’ yoylari. Ikkilamchi yuqori jag’ barcha suyakli baliqlar va yuqori rivojlangan umurtqali hayvonlardagiga o'xshash ikkita, juft suyakdan: jag’aro suyak bilan yuqori jag’ suyagidan tashkil topgan. Ustki jag’ suyagining orqasida kvadrat yonoq suyagi o'rnashgan. Bu suyakning oldingi uchi yuqori jag’ suyagiga birikadi, keyingi uchi esa tanglay kvadrat tog’ayiga qo’shilib, og’iz atrofidagi pastki chakka yoy deb ataladigan suyak ko'prikchani hosil hiladi (103-rasm). Pastki jag’ asosan mekkel tog’ayidan iborat. Uning uchi tanglay kvadrat tog’ayining keyingi uchlariga birikadi. Oldingi uchi esa suyakka aylanib, o'z jufti bilan birikib ketadigan kichkina iyak-jag’ suyagini hosil hiladi. Mekkel tog’ayining asosiy qismi burchak suyak deb ataladigan uzun qoplagich suyak bilan (bu suyakdan yuqoriga harab, toj o'simta chiqadi), oldingi qismi esa tish suyagi bilan qoplangan (103-rasm). Jabra yoylari: Baqaning lichinkasi - itbaliqlarda to'rtta jabra yoylari bo'lib, voyaga yetgan baqalarda ular til osti skeletini hamda yana hiqildoq tarkibidagi tog’aylarni ham hosil qilsa kerak. Til osti yoyi. Baqalarda bosh skeleti (barcha quqruqlikda yashovchi Boshqa umurtqali hayvonlarniki singari) autostilik tipda tuzilgan. Shuning uchun jag’ yoylarini miya qutisiga boqlashlikdan ozod bo'lgan va uning ustki elementi eshitish suyagi uzangisiga, pastdagisi (gioid) esa oldingi jabra yoylari bilan birgalikda til osti skeletiga aylangan. Baqaning til osti skeletini topish uchun pastki jag’ juftlari oraliqida joylashgan jag’ muskulini ehtiyot hilib ajrating. Til osti skeleti apparati tog’aydan tuzilgan toq plastinkadan iborat bo'lib, undan ikki juft asosiy o'simta chiqadi. Shu o'simtalarning oldingisi tog’aydan hosil bo'lgan va gioidlarga gomologdir. Uni oldingi shoxchalar deb ataladi. Oldingi shoxchalar orqaga yo'naladi, so'ngra yuqoriga ko'tariladida, halqumni yon tomondan o'rab olib, eshituv kapsulalarining devorlariga birikadi. Orqa o'simtalar shoxchasi bir juft uzunchoq suyakdan iborat bo'lib, til osti plastinkasida orqaga yo'nalgan (103-rasm). Amfibiyalarning barchasidagidek, baqaning miya qutisi kam bir oz xondral suyaklaridan tuzilgan bo'lib, deyarli tog’aydan tashkil topgan. Bu toqayning juda kam qismi qoplagich suyaklar bilan qoplangan. Baqa miya qutisining ensa bo'limida, hozirgi barcha amfybiyalardagidek, faqat yon ensa suyaklarigina bor. Ensa bo'limining ustki ensa suyagi bilan ostki ensa suyagi taraqqiy etmaganligidan ensa bo'limining shu yerlari tog’ayligicha qolgan. Download 197.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling