106-rasm. Baqaning orqa oyoqi (A) va (B) chanoq kamarining yonbosh tomonidan ko'rinishi: 1 - son suyagi; 2 - sonning boshchasi; 2 - boldir suyaklari; 4 - katta boldir suyagi; 5 - kichik boldir suyagi; 6 - tovon suyaklari; 7 - ostibiale; 8 - osfibulare; 3 - oyoq kafti; 10 - barmoq falangalari; 11 - VI barmoqning qoldig’i (rudimenti); 12 - yonbosh suyagi; 13 - qovtog’ayi; 14 - quymich tog’ayi; 15 - quymich kosasi.
Baqaning qadimgi ajdodlarida birinchi barmoq oldidagi go’shimcha, ya'ni 6-barmoq rudiment holda saqlangan. Keyingi oyoq kamari sharoitga bir qancha moslashgan bo'lsada, boshqa qurug’likda yashovchi hayvonlar kamaridagi kabi uch juft elementdan tashkil topgan. Bu elementlarning proksimal uchlari qo’shilib, quymich kosasini tashkil etadi. Agar quymich kosasini yon tomondan kuzatsak, uning ustida yonbosh suyak joylashganini ko'ramiz. Kamarning qolgan ikkita elementidan biri qov qismi toqayligicha qolib, uning orqasidan quymich suyagi joylashgan.
Nazorat savollari:
Umurtqa pog’onasining tuzilishi qanday?
Bosh skeleti tuzilishi qanday?
Baqaning jag’ yoylarining tuzilishi qanday?
Baqaning til osti apparati tuzilishi qanday?
Oyoq skeleti va ularning kamarlari.
Baqaning orqa oyoqi va chanoq kamari tuzilishi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |