9 аmaliy mashg’ulot. Сувда ҳамда қуруқликда яшовчилар- amphibia синфига хос бўлган умумий хусусиятларни қиёсий ўрганиш


Download 197.63 Kb.
bet4/6
Sana12.01.2023
Hajmi197.63 Kb.
#1089664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5303542504635766374

103-rasm. Baqaning bosh skeleti: A - ustidan, B - ostidan, V - orqasidan, G – pastki jag’ ustidan ko'rinishi. (bosh skeletining tog’ay qismi punktir (nuqta) bilan ko'rsatilgan). 1 - yon ensa suyagi; 2 - ensa bo'rtmasi; 3 - oldingi quloq suyagi; 4 - hidlov ponasimon suyagi; 5 - burun suyagi; 6 - manglay-tepa suyagi; 7 – tangacha suyagi; 8 – parasfinoid; 9 – natnglay suyagi; 10 – dimoq suyagi; 11 – xoana (ichki burun teshigi); 12 – tanglay kvadrat tog’ayi; 13 – jag’ oraliq (oldi) suyagi; 14 – yuqori jag’ suyagi; 15 - kvadrat yonoq suyagi; 16 – ponasimon suyak; 17 – mikkel tog’ayi; 18 – iyak jag’ suyagi; 19 – tish suyagi; 20 – burchak suyak; 21- katta ensa teshigi.

Yon ensa suyaklarining har qaysisida bittadan qo’shiluv bo'rtmasi bor. Bu bo'rtmalar yordamida bosh skelet birinchi bo'yin umurtqasiga harakatchan tarzda birikadi. Bu xususiyat qurug’likda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar uchun xos. Bunday ikkita ensa bo'rtmalarining mavjudligi amfibiyalar uchun juda xarakterli. Miya qutisining qopqog’i bir-biriga choksiz birikkan bir juft qoplovchi, manglay-boshtepa suyaklaridan iborat. Ularning oldida hid bilish kapsulalarini qoplab turuvchi uzunchoq uchburchak burun suyaklari joylashgan. Bu suyaklarning orqa uchlari ko'z kosasining oldingi devori tarkibiga kiradi. Bir oz oldinroqda jaharo suyaklarning bo'rtib chiqqan o'simtalari ko'rinib turadi. Eshituv bo'limida baliqlardagi talaygina quloq suyakchalaridan faqat bir juft oldingi quloq suyagi hosil bo'lgan. U ko'z kosasining qisman orqa devorini tashkil etadi va shu bilan birga eshitish kapsulasini himoya hiladi. Oldingi quloq suyaklarining yon tomonlarida tangachasimon suyaklar joylashgan bo'lib, bular oldingi uchi bilan ko'z kosasining qisman orqa devorini tashkil etsa, orqa uchi bilan esa tanglay kvadrat tog’ayining orqa, suyaklashmagan tog’ay uchini qoplaydi (104-rasm).



104-rasm. Baqaning til osti apparati: 1 - tana; 2 - keying shoxcha; 3 - oldingi shoxcha.

Miya qutisining tubini diqqat bilan ko'zdan kechirsak, undagi butsimon qoplag’ich suyak parasfinoid ko'rinadi. Bu suyakning oldi va ust qismida mayda tishchali dimoq suyaklari joylashgan. Bu suyaklar barcha amfibiyalarda juft bo'ladi. Dimoq suyaklarining yon tomonlarida ichki burun teshiklari yoki xoanalar joylashgan. Tanglay kvadrat tog’ayi, ko'z kosasining oldingi yon va qisman orqa devorini qoplaydi. Tanglay kvadrat tog’ayining oldingi uchini ko'ndalang joylashgan qoplag’ich tanglay suyagi qoplaydi va bu suyak dimoq suyaklari bilan parasfinoidni bir-biridan ajratib turadi. Tanglay kvadrat tog’ayining qolgan qismi esa qoplag’ich qanotsimon suyak bilan qoplangan. Baqalarda kvadrat suyagi taraqqiy etmagan. Endi bosh skeletini yonbosh tomonidan ko'rib chiqamiz. Miya qutisi ko'z bo'limining oldingi qismi halqasimon pona - hidlov suyagi bilan o'ralgan. Bu suyak suyakli baliqlarning ko'z-ponasimon suyagiga gomologdir. Hid bilish-ponasimon suyakning orqasidan to oldingi quloq suyagiga qadar bo'lgan joyda miya qutisining yon devorida tog’ayligicha saqlanib qolgan.


Oyoq skeleti va ularning kamarlari. Elka kamarining uch element, kurak, korakoid va prokorakoid tog’aydan tashkil topishi quqruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar uchun xarakterli. Ana shu uchta asosiy element, erkin skeletning o'zaro birikadigan joyida bir-biriga duch keladi. Bulardan kurak shu bo’qimning dorzal (orqa) tomonida, korakoid bilan prokorakoid ventral (qorin) tomonidai joylashgan. Suvda va quruqlikda yashovchilar kurak suyagining proksimal qismi xondral suyaklashgan, distal qismi esa tog’aydan iborat bo'lib kurak usti tog’ayi deb ataladi. Tog’ay prokorakoid ustida qoplag’ich suyakdan iborat o'mrov suygi joylashgan. Korakoid usti tog’ayi yelka kamarining ventral qismini tashkil etadi. Undan oldingi tomonga to'sh oldi suyagi keyingi tomoniga esa to'sh deb ataladigan suyak o'rnashgan. To'sh oldi va to'sh suyaklarining uchlari tog’aydan tashkil topgan. Qovurg’alar bo'lmaganidan to'sh suyagi o’q skeletiga qo’shilmagan ko'krak qafasi yo’q, shunga ko'ra oldingi oyoqlar kamari to'sh elementlari bilan birgalikda muskullar orasida erkin yotadigan yoy hosil hilgan. Bu amfibiyalar uchun juda xarakterlidir (105-rasm).


Download 197.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling