9 Amaliy mashg'ulot yuzasidan savollar


Ekskursiya xizmatlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash


Download 1.24 Mb.
bet17/17
Sana18.10.2020
Hajmi1.24 Mb.
#134480
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
9 Amaliy Muminov U


Ekskursiya xizmatlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash. Turizm marshrutlaridagi ekskursiyalarda turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar transport xizmatlarida, dam olish xizmatlarida, sayrlarda va ovqatlanish xizmatlarida ham yuz berishi mumkin. Chunki, marshrutlardagi ekskursiyalarda ham turistlik marshrutlardagi barcha xizmatlar ko‘rsatiladi. Ayniqsa ekoturizm marshrutlaridagi (tog‘larda, suv havzalarida, daralardagi so‘qmoqlarda va hakozo…) ekskursiyalarda harakatlanishdagi xavfsizlik oldindan ta’minlanishi zarur.

Turistlarni tog‘ so‘qmoqlarida tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalarida ehtiyotlik choralariga, tartib-intizomga rioya qilish kerak. Chunki, bunday sharoitda turistlar surinib, pastliklarga tushib ketishi yoki oldinda ketayotgan turistlarning noto‘g‘ri harakatlaridan pastda kelayotganlar ustiga toshlar yumalab ketishi hollari yuz berishi mumkin.

Ekskursiyalar o‘tkazish davrida (ekoturizm ekskursiyalarida) tabiatning so‘lim joylarida dam olish istagi paydo bo‘lgan hollarda, turistlarni qisqa muddatli ovqatlantirishda tushonka, kolbasa, brinza yoki oldindan pishirilgan ovqatlarning toza saqlanganligi, sifati tekshirilgandan keyin foydalanishi lozim. Ichimliklar albatda termosda choy, gazlangan suv o‘z idishlarida saqlanishi kerak.

Turistlik marshrutni o‘tkazishda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashda eng ishonchli vositalar bo‘lishi tibbiyot markazlari va ularning bo‘limlari bilan doimiy telefon aloqalarning mavjud bo‘lishligi marshrut rahbari uchun ma’suliyatli, majburiy vazifa bo‘lishligi talab qilinadi. Ikkinchidan, marshrut rahbari marshrutga yaqin bo‘lgan va atroflardagi tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari joylashgan manzillarni juda yaxshi bilishlari kerak. Uchinchidan, marshrut davomida tibbiyot dorilar qutichalari (aptechkalar) bo‘lishligi ham marshrut hujjatlarida rasmiylashtirilishi talab qilinadi.

Turistlik marshrutlarda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi birinchi chora-tadbirlar bu- marshrut boshlanishida turistlarga marshrutda tartib-intizomning saqlanishi, xavfli vaziyatlar yuzaga kelishidan ehtiyot bo‘lish haqida qisqacha tushuntirish ishlari o‘tkazilishi va bu haqda marshrut axborotnomasida alohida qaydlar bo‘lishini amalga oshirishdir.

Turistlik marshrutlarda turistlarning birortasi bilan ko‘ngilsiz, hayotiga xavf soluvchi voqealar yuz berganda tezkor usullarda bunday voqealarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘riladi. Agar bunday voqealarga marshrut tashkilotchilari aybdor bo‘lishsa uzr so‘rashni turistlik tashkilot rahbari bajaradi. Marshrut tugagandan keyin yuz bergan voqea turistlik firma jamoasi ishtirokida muhokama qilinib tegishli qarorlar qabul qilinishi kerak.

Turistlarning hayotiga xavf soluvchi omillar, vaziyatlar, ob’ektlar, holatlar haqida so‘z yuritganda e’tibor berish lozimki, turist mehmonxonaga kelib joylashgandan keyin o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan marshrutda bo‘ladi. U yoki ular (turistlar) hohishi bo‘yicha mehmonxona yaqinida joylashgan ob’ektlarga (parklarga, ko‘chalarga, binolarga, markazlarga va hako…) qisqa muddatli sayrlarga chiqishi ham marshrut sxemasida bo‘ladi va bu yurishlar, tanishishlarda ham turistlarni albatda marshrut rahbari (turoperator boshlab yuradi). Shuning uchun ham turistlarning hayotiga xavf soluvchi holatlar, omillarni marshrut rahbari (turfirma xodimlari) juda yaxshi bilib olishlari zarur bo‘ladi.

Turistlarning hayotiga xavf soluvchi omillar quyidagicha ta’riflanadi:



1. Zararli omillar.

  • jarohat olish xavfi;

  • yong‘inda qolib ketish xavfi;

  • biologik ta’sir qilish xavfi (atrof - muhit);

  • ruhiy-jismoniy yuklama olish;

  • nurlanish xavfi;

  • kimyoviy zararlanish xavfi;

  • tutundan va gazdan zaharlanish xavfi;

  • turistning tavakkalchasiga harakatlanishidan kelib chiqadigan xavflar.

2. Biologik omillar.

  • mikroorganizmlar (mikroblar)dan zararlanish xavfi (oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi);

  • zaharli o‘simliklardan zaharlanish xavfi;

  • zaharli sudralib yuruvchilar (ilonlar, hashorotlar), hashorotlar (chayon, qoraqurt, ari) dan zaharlanish xavfi;

  • yuqumli kasalliklar tashuvchi yovvoyi va xonaki hayvonlar, parrandalardan har xil kasalliklarni yuqtirish xavfli;

  • allergiya va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi o‘simlikzor, o‘tloqzor va o‘rmonzorlarda ushbu kasalliklarni yuqtirish xavfi;

  • mevalar, sabzavotlardan zaharlanish xavfi.

3. Kutilmagan omillar.

  • turistlar joylashtirilgan joylarda tabiatning favquloddagi hodisalari (suv toshqini, qor ko‘chishi, ob-havoning keskin o‘zgarishi va hokazolar)dan kelib chiqadigan xavflar;

  • turistlar joylashgan joylardagi aholi, jamoatchilikdagi tartib-intizomning bo‘shligidan kelib chiqadigan xavflar;

turistlar foydalanayotgan mehmonxona, lager binolarining texnik holati, kanatli sim yo‘llar, chang‘i yo‘llari, avtomagistrallar, so‘qmoqlar va boshqa moddiy ob’ektlarning texnik holatidan kelib chiqadigan xavflar.
Tayanch iboralar: Turizmda xavfsizlik, turist, atrof–muhit, MK «O‘zbekturizm», tashkiliy mexanizmlar, qutqaruv xizmatlari, Soliq qo‘mitasi, standartlashtirish xizmati, prokuratura, veterinariya va sanepidemialogiya, Gaaga deklaratsiyasi, Butunjahon turizm kuni, Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi, Afina konvensiyasi, statistik omillar, dinamik omillar, marshrut, biologik omillar, zararli omillar, kutilmagan omillar.

Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:

  1. Turizmda xavfsizlik tushunchasi nimalardan iborat?

  2. Xalqaro turizmda turistlarining hayoti xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari nimalardan iborat?

  3. O‘zbekiston Respublikasida turistlarning hayoti xavsizligining ta’minlanganligi haqida qanday qonun va qarorlar mavjud?

  4. Turistlarning hayoti xavsizligiga ta’sir qiluvchi omillar nimalardan iborat?

  5. Marshrutdagi ovqatlantirish xizmatlarida hayot xavfsizligini ta’minlash qanday amalga oshiriladi?

  6. Turistlik marshrutdagi joylashtirish xizmatlarida hayot xavfsizligini ta’minlash qanday amalga oshiriladi?

  7. Marshrutdagi transport xizmatlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash qanday amalga oshiriladi?

  8. Ekskursiya xizmatlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash qanday amalga oshiriladi?


ILOVALAR

6-ilova
Turistlik korxonasi tomonidan 2008 yil _______oyda turistlar guruhlarining
YUKLANISH GRAFIGI


Guruh №

Turistlik marshruti raqami

Xizmat ko‘rsatish sanasi

1

2…30

31
































7-ilova

Turistlik yo‘llanmasiga

AXBOROT VARAQASI

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


Sayohat nomi
Zaruriy ma’lumotnoma

  1. Turistlik safarning turi va xili, sayohat davomida va uning safar qismida ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy mazmuni ko‘rsatiladi.

  2. Sayohat yo‘lining bayoni – to‘xtash joylari, muddati va joylashish shart-sharoitlari va xizmatlar turi (bino xili, nomerdagi o‘rinlar miqdori, uning sanitar-gigiyenik jixozlar) ko‘rsatiladi.

  3. Sayohat hududining qisqacha bayoni (yodgorliklar, relefining o‘ziga xosliklari), safarning har bir punkdagi xizmatlar dasturi (Turistlik safarining texnologik haritasiga mos ravishda) beriladi.

  4. Qo‘shimcha to‘lovlar evaziga ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.

  5. Sport inshoatlari, maydonchalari, avtomobil turar joyi, yo‘lovchilar uchun osma ko‘priklar, bolalar o‘yin maydonchasi (xonalari) kutubxona, kinozal va boshqalar mavjudligi va qisqacha tavsifi.

  6. Turistlik safari boshlanadigan turistlik korxonasi manzili va unga borish yo‘li.

Qo‘shimcha ma’lumotlar taxminiy ro‘yxati

  1. Yosh cheklovi, bolali sayyohlar, oilalilar qabuli to‘g‘risida ma’lumot.

  2. Poxodli turistlik safar uchun maxsus ma’lumot.

  3. Boshqa ma’lumot va tavsiyalar

IZOH: Doimiy tibbiy nazoratda bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxslarga sayyohatning marshrutlari tavsiya etilmasligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

8-ilova

Turistlik safar marshrutining ekspeditsion tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobotning tuzilishi va mavzusi


  1. Marshrutning ekspeditsion tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobot safarlarning nazarda tutgan yangi turistlik sayohatini loyihalashtirish uchun asosiy ma’lumotnoma hisoblanadi.

  2. Hisobot matni quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

    1. Safar hududi to‘g‘risida ma’lumotlar: safarga tayyorgarlik va uni o‘tkazish paytida hududning taktik va texnik masalalarga ta’siri.

    2. Safar to‘g‘risida ma’lumot: safar marshrut to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar, uning uzunligi va davomiyligi, turli vositalar yordamida pechadigan bosqichlari.

    3. Safarni tashkil etish, jumladan aynan shu marshrut tanlanishining asoslanishi.

    4. Safar harakatining grafigi va texnik tavsifi.

Havfsizlik, ekstremal vaziyatlar, ko‘rish cheklangan sharoitlarda mo‘ljallarga alohida e’tibor beriladi.

2.5 Safar xulosasi, natija va tavsiyalar.

Hududning eng o‘ziga xos jihatlari, o‘tishni yengillashtirish yo‘llari, havfsizlik va qiziqarli o‘tkazish takliflari.


    1. Safarga tayyorgarlik va hisobot tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, Turistlik hisobotlari va boshqa manbalar.

    2. Ilova:

  • shaxsiy va guruh jihozlari, jihoz va inventar koplektatsiyasi bo‘yicha tavsiyalar;

  • safarda ovqatlanish ratsioni, yo‘lda mahsulotlar olish imkoniyati mavjudligi;

  • guruh va har bir kishiga tegishli mahsulot va uskunalar hajmi; safar harajatlari smetasi;

  • transport, aloqa, tibbiyot punktlarining ish tartibi;

  • hisobotga ilova qilinadigan suratlar (chizmalar)

  • safar yo‘lining murakkab nuqtalarini, yodgorliklarni, tabiatini aks ettirishi lozim. Fotosuratlar va chizmalar raqamlanishi, nomlanishi va imzolanishi kerak.

  • safar hududining marshrut ko‘rsatilgan, zahira yo‘l qayd etilgan, yo‘nalishlar belgilangan, tunash joylari ta’kidlangan, to‘siq va mo‘ljallar aks etgan, asosiy nuqtalar fotosuratlar vositasida tasvirlangan haritasi. Harita safarning og‘ir uchastkalari va ularni o‘tish yo‘llarini aks ettiradi.

3. Hisobotni tayyorlash.

Hisobot mashinka yoki kompyuterda (1,5 intervalda) terilishi, ilovalari bilan raqamlanishi va muqovalanishi shart. Hisobotning umumiy hajmi odatda 100 sahifagacha bo‘ladi, jumladan matn – 50 sahifagacha. Hisobot sarlavhali titul varag‘iga, bo‘limlar, fotosuratlar, harita (sxema)lar ko‘rsatilgan mundarijasiga ega bo‘lishi shart. Muqovaning ichki tomoniga harita va hujjatlar uchun konvert yelimlanadi.


TUR- 1 shaklidagi Turistlik yollanmasining yuza tomoni


TUR -1 namunaviy shakl

O‘R Moliya vazirligi 2008 y. .........tasdiqlagan

№ 16-00-30-19

TURISTLIK YO‘LLANMASI № _______

Sotuvchi-tashkilot MCHJ « Sherdor», 700000, Samarqand, Hamza kuchasi, 32 , tel/faks (095) 963-45-30, Litsenziya № 011264

TUR: ____________________________________________________

Tur nomi, OKUN, kvalifiqator bo‘yicha kodi, sertifikat raqami

Haridor:

Yuridik shaxs____________________________________________

Nomi, rahbar ismi-familiyasi, huquqiy

____________________________________________

Bank rekvizitlari, tel/faks, ofis manzili

Jismoniy shaxs __________________________________________________

Ismi-sharifi, OP, 03P ma’lumotlari, manzili, tel. (xizmat, uy)

Turistlar ro‘yxati ________________________________________________

Ismi-sharifi, OP, 03P ma’lumotlari, manzili, tel. (xizmat, uy)

Guruh rahbari mavjudligi________________________________________

Safar muddati: «____» _________dan «____» __________gacha

Safar marshruti va mamlakati (joyi):

Marshrut boshlanishi (O‘Rshahri, a/p, t/t, avt, suv yo‘li, dengiz, jo‘nash bekati)

____________________________________________________________________

To‘xtash manzillari _________________________________________________

Marshrut yakuni (O‘R shahri, a/p, t/t, avt, suv yo‘li, dengiz, qaytish bekati)

Xizmatlar jamlamasi: kateg. yo‘l, chipta ___, mehmonxona _____, nomer ____, ovqatl._____ viza ____, sug‘urta _____, transfer_____

Ekskursiya dasturi ____________________________________________

Miqdori, transport vositasi

Qo‘shimcha to‘langan xizmatlar ______________________________________so‘m

Nomi

Yo‘llanma narxi_________________________________________________________



Summa so‘z bilan


MCHJ « Sherdor»,

№ Turistlik yo‘llanmasining

YIRTILADIGAN TALONI

TUR ___________________________

Tur nomi

Haridor ______________________________

Nomi, yuridik shaxslar

___________________________________________

___________________________________________

___________________________________________

Uchun rahbar ismi-sharifi, jismoniy shaxslar uchun OP ma’lumoti, manzili, telefoni

Safar muddati

«____» ______dan «_____» _________gacha

Turistlar ro‘yxati ________________________

Ismi-sharifi

__________________________________________

Haqi to‘langan xizmatlar ___________________

___________________________________________

To‘liq sanab chiqiladi

___________________________________________

___________________________________________

Yo‘llanma narxi __________________________

___________________________________________

Summa so‘z bilan yoziladi

_______________________________________so‘m

Sotuvchi__________________________

Muhr o‘rni.

Turistlik xizmatlari sharti bilan tanishdim va roziman.

Haridor _______________

Muhr o‘rni (tashkilotuchun)

Sotish sanasi «____» 200 ____ yil



5-ilova

TUR – 1 shaklidagi Turistlik yo‘llanmasining orqa tomoni


Yirtiladigan talonga sayyohlarning to‘liq ro‘yxati (shu yo‘llanma bo‘yicha safarga chiqadigan 5 va undan ortiq kishilar uchun) ilova qilinadi.

«Xaqi to‘langan xizmatlar» bandida amalda haridor to‘lovini amalga oshirgan xizmatlarning to‘liq ro‘yxati qo‘shimcha xizmatlar bilan ko‘rsatiladi.

«Yo‘llanma narxi» bandida pul majburiyati sumda to‘lanishi, xorijiy valyuta qimmatiga mos rivishdagi shartli birlikda to‘lanishi nazarda tutilishi mumkin.

Mazkur yirtiladigan talon

«To‘langan» muhri bilan haridor Turistlik yo‘llanmasini naxd pul to‘lovi bilan harid qilganligining dalilini tasdiqlaydi.

Ushbu Turistlik yo‘llanmasi

Naxd pulsiz harid qilinganda «Yo‘llanma narxi» bandida ko‘chirma to‘lov varaqasining raqami va sanasi qayd etiladi.


Mazkur Turistlik yo‘llanmasi tomonlar 200____ «__________» uzaro tuzishgan № _______________ shartnoma talablari asosida tuzilmoqda.

Ushbu Turistlik yo‘llanmasining ajralmas qismi sifatida quyidagilar ilova qilinadi:

- sayyohlarning to‘liq ro‘yxati (5 va undan ortiq kishilar uchun) har biri uchun «Sayyohlar ro‘yxati» bandidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi;

-marshrutda xizmat ko‘rsatish dasturi;

-xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq xizmatlar vaucheri;

-xavf-xatar omillari to‘g‘risida ma’lumotnoma va safar qoidalari tavsiyanomasi (ma’lumot varaqasi)

Bosmaxona usuli bilan tayyorlanganda Turistlik yo‘llanmasi nomerlanadi.

Yo‘llanma blanklari qo‘lda nomerlanishi mumkin.

Turistlik yo‘llanmasi to‘ldirilganda quydagi qisqarma va shartli belgilar ishlatiladi:

UP – umumiy fuqarolik pasporti, ODN (SGL) –bir o‘rinli nomerda joylashish

UCHEP – umumiy chet el pasporti; DVM (DBL) – ikki o‘rinli nomerda joylashish -

TP – to‘liq pansion (nonushta,tushlik, TRM (TRP) –uch o‘rinli nomerda joylashish

kechki ovqat)

YAP – yarim pansion (2 marta ovqatlanish) Boshqa qisqartmalar ishlatilmaydi.
«Proyezdnoy bilet kategoriyasi» bandini to‘ldirishda transport xizmati qo‘llaydigan qisqartmalardan foydalaniladi.

«Mehmonxona» bandini to‘ldirishda sayyohlarni joylashtirish bo‘yicha tegishli mamlakat (joy) klassifikatsiya tizimlari, vositalari ko‘rsatiladi.

«Guruh raxbari borligi», «Viza», «Sug‘urta», «Transfer» bandlarini to‘ldirishda «Ha», «Yo‘q» belgilari qo‘llaniladi.

Marshrutdagi to‘xtash joylarida xizmat ko‘rsatilishi vaucherlarini _________ dona qo‘limga foydalanish uchun oldim, Turistlik xizmati shartlari, mamlakat (joy)dagi tartib-qoidalar, o‘ziga xosliklar bilan, ushbu yo‘llanmani sotib olmasdan turib, tanishib chiqdim va rozi bo‘ldi.


Haridor _______________________ /____I, Sh,O.______________/
Muhr o‘rni (tashkilotlar uchun)




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



  1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda T.:O‘zbekiston.1999.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.O‘zbekiston, 1997 .

  3. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.: O‘zbekiston. 1975 .

  4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod siyosat, mafkura. T.: O‘zbekiston.1993 .

  5. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonun // «Xalq so‘zi» gazetasi, 1999 yil 14 sentyabr.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» gi Qarori. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2003 y 12 noyabr

  7. «2006-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish xaqida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2006 y.

  8. Aleksandrova A.Yu. Mejdunarodniy turizm. Uchebnoye posobiye dlya VUZov.- M: Aspekt Press, 2001g.

  9. Agzamov.S, T.Toshmurodov. Menejment mejdunarodnogo turizma. –T.: TGEU, 1996, 198 s.

  10. Aliyeva M.T., Umarjonov A. Turistlik mamlakatlar iqtisodiyoti.-T:. Moliya 2005, -339 bet.

  11. Balabanov I.T., Balabanov.A.I. «Ekonomika turizma»- M.: Finansi i statistika, 2004 – 176 st.

  12. Bogdanov Ye.I. Planirovaniye na predpriyatii turizma /Uchebnoye posobiye SPb.: Izd.d. «Biznes- press» 2005

  13. Yefremova M.V. «Osnovi texnologii turistskogo biznesa», Uchebnoye posobiye. – M.: Izdatelstvo «Os-89», 2001.

  14. Kabushkin.N.N. Menejment turizma. -M.: Novoye znaniye 2005 god.

  15. Kamilova F.K. – «Xalqaro turizm bozori»// T.: TDIU-2001

  16. Kvartalnov V.A Menedjment turizma: Ekonomika turizma. M.: Finansi i statistika 2004 g.

  17. Kvartalnov V.A. Turizm. – M., Finansi i statistitka 2004.

  18. Qudratov G‘.X., Tuxliyev I.S. «Turizm iqtisodiyoti». Uslubiy qo‘llanma. SamISI., S.: 2007 y.

  19. Mirzayev M.A. «Turizm asoslari». Ma’ruzalar matni T.: 2005

  20. Pardayev M.Q. «Turzim asoslari» (Ma’ruzalar matni) Samarqand 2006 y.

  21. Tuxliyev I.S. «Turizm asoslari». Uslubiy qo‘llanma. SamISI, S.: 2008 y.

  22. Tuxliyev I.S. «Turizm asoslari» ikkinchi nashri. Uslubiy qo‘llanma. SamISI, S.: 2009 y.

  23. Tuxliyev N., Abdullayeva .T. «Formalnosti v sisteme turizma Respubliki O'zbekistan» - T: «O’zekiston milliy ensiklopediyasi», 2007 .

  24. Tuxliyev N., dr. «Menedjment i organizatsiya biznesa v turizme O'zbekistana» T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006 g.

  25. Tuxliyev N., dr. «Natsionalnie modeli razvitiya turizma» T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006 g.

  26. Hamidov O.X. «Transport servisini tashkil qilish» Uslubiy qo‘llanma T.: 2007. TDIU

  27. Xasanova L.G. «Osnovi turizma». Uchebno-metodicheskiy kompleks po dessipleniye . – T.: 2006

  28. Xodiyev va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida. Ilmiy ommabop risola- T: Iqtisodiyot, 2007 y

  29. Chudnovskiy A.D. Turizm i gosinichnoye xozyaystvo M.: YURKINGA. 2005

  30. Yakovlev.G.A Ekonomika i statistika turizma. Uchebnoye posobiye. M.: Izd. 2005 - 368 st.

Qo‘shimcha adabiyotlar:


  1. Birjakov M.B. Vvedeniye v turizm. S.Pb.: Izdatelskiy Torgoviy Dom «Gerda», 2006.

  2. Nazarova. G.G. va boshqalar. Turizm huquqi. –Toshkent. Talqin, 2003.

  3. Internet saytlari:

  • www.interunion.ru – turistskiye assotsiatsii

  • www.world-tourism.org – Vsemirnaya turistskaya organizatsiya

  • www.wttc.org – Vsemirniy Sovet po puteshestviyam i turizmu

  • http://www.wto-marketing.ru – sayt VTO

  • http://www.tourism.uz/

  • http://www.tour.uz/

  • http://www.advantour.com/rus/

  • http://www.tours.ru/country/uz/

  • http://www.tours.ru/films/db/default.asp

  • http://uza.uz/ru/business/3405/

  • http://uza.uz/ru/documents/3403/

  • www.ftk.cc.uz

  • http://lex.uz/uz/doc/act2008-07.html

  • http://ftk.cc.uz/index.phtml






1 «Халқ сўзи» газетаси, 1995 йил 3 июн

2 B.Yu. Xodiyev va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida . Ilmiy ommabop risola- T: Iqtisodiyot, 2007

3 O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi ma’lumotlari asosida

4 O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza kilish Davlat ko‘mitasi ma’lumotlari asosida

5 N.To‘xliyev, T.Abdullayeva "'Ekologicheskiy turizm: sushnost, tendensii i strategiya razvitiya'*, T., str 200

6Planirovaniye turizma. Uchebnoye posobiye. Yureev A.P. Donesk 2003 g.


7 O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘isida» gi Qonuni. Xalq so‘zi gazetasi 14.09.1999.


8 Манбаа: www.e-samarkand.narod.ru

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling