71-modda. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan o‘zi ekanligini tasdiqlaydi.
72-modda. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Notarius o‘ziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
721-modda. Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Notarius mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash mualliflik va turdosh huquqning yuzaga kelishi uchun asos bo‘lmaydi.
722-modda. Elektron hujjatning qog‘oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash
Notarius mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishda notarial tartibda tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalarning elektron shakli qog‘ozda taqdim etilgan hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Hujjatning tasdiqlangan elektron shakli qog‘ozdagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Oddiy yozma shaklda tuzilgan bitimlarning, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini qog‘ozdagi hujjat bilan teng yuridik kuchga egaligini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(721 va 722-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-bob. JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING ARIZALARI VA (YOKI) BOShQA HUJJATLARINI TOPShIRISh. PUL SUMMALARI VA QIMMATLI QOG‘OZLARNI DEPOZITGA QABUL QILIB OLISh
(12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |