9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilish


Download 213.95 Kb.
bet105/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

64-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda amalga oshiriladi.
(64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 106 va 111-moddalari hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 290 va 295-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Birlamchi bozordagi ko‘chmas mulk va transport vositalariga nisbatan ipoteka shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qo‘yish hamda taqiqni yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil ravishda amalga oshiradi.
(64-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
10-bob. HUJJATLAR NUSXALARINING VA HUJJATLARDAN OLINGAN KO‘ChIRMALARNING TO‘G‘RILIGINI, IMZONING HAQIQIYLIGINI VA TARJIMANING TO‘G‘RILIGINI ShAHODATLASh
Oldingi tahrirga qarang.
65-modda. Hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi.
Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to‘la matnini aks ettirishi kerak.
Notarius hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi.
Agar bir qismi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining ko‘chirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan ko‘chirma to‘g‘riligi shahodatlanayotgan bo‘lsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qo‘yiladi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling