58-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish joyi va muddatlari
Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Guvohnomalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda beriladi.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1146-moddasi.
59-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonunchilikka muvofiq beriladi.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1146-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma barcha merosxo‘rlarga birgalikda yoki ularning xohishiga bog‘liq ravishda har biriga alohida berilishi mumkin.
Notariuslar voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxo‘rlarning mulkiy manfaatlarini muhofaza qilish uchun ularga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berilganligi haqida merosxo‘rlar yashayotgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar qiladi.
Mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tgan taqdirda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |