9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Merosxo‘rlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish


Download 213.95 Kb.
bet100/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

49-modda. Merosxo‘rlarni meros ochilganligi haqida xabardor qilish
Notarius meros ochilganligi haqidagi xabarni olgach, bu haqda turar joyi va ish joyi o‘ziga ma’lum bo‘lgan merosxo‘rlarni xabardor qilishi shart.
Notarius bu haqda ommaviy axborot vositalarida oshkora ma’lum qilish yoki xabar berish yo‘li bilan ham merosxo‘rlarni chaqirishi mumkin.
50-modda. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalarni qabul qiladi. Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar yozma ravishda berilishi kerak.
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
51-modda. Meros qoldiruvchining kreditorlaridan da’volarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Meros ochilgan joydagi notarius qonunchilikka muvofiq meros qoldiruvchining kreditorlaridan da’volarni qabul qiladi. Da’volar yozma ravishda bayon etilishi shart.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
52-modda. Meros mol-mulkni qo‘riqlash
Meros ochilgan joydagi notarius, basharti merosxo‘rlarning, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi.
53-modda. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida bo‘lsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan erdagi notariusga meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq yuboradi.
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rgan notarius meros ochilgan joydagi notarial idoraga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk ro‘yxatining nusxasini yuboradi.
(53-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling