9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Notarial harakat ustidan, notarial harakatni kechiktirish yoki uni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish


Download 213.95 Kb.
bet97/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

39-modda. Notarial harakat ustidan, notarial harakatni kechiktirish yoki uni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni noto‘g‘ri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.
(39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
40-modda. Notarial harakatlarni ro‘yxatga olish
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda ro‘yxatga olinadi. Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning yozma arizasiga binoan notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrlaridan ko‘chirmalar beradi.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
41-modda. Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, tasdiqlovchi yozuvlarni ro‘yxatga olish reyestrlarining shakllari
Notarial harakatlarni, notarial guvohnomalarni, bitimlar va tasdiqlanuvchi hujjatlardagi tasdiqlovchi yozuvlarni ro‘yxatga olish reyestrlarining shakllari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
42-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.
Dublikatlarni berish ushbu Qonunning 6 va 40-moddalari talablariga rioya etgan holda bajariladi.

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling