9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Chet elda amal qilishga mo‘ljallangan ishonchnomalar


Download 213.95 Kb.
bet114/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

90-modda. Chet elda amal qilishga mo‘ljallangan ishonchnomalar
Notarius tomonidan tasdiqlangan, chet elda amal qilishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnomalar ularni bergan shaxs tomonidan bekor qilinguniga qadar o‘z kuchida qoladi.
91-modda. Notariusning chet elda tuzilgan hujjatlarni qabul qilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar rasmiylashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.
(91-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan yoki apostil qo‘yilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.
(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
92-modda. Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan o‘zaro munosabatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Notariusning boshqa davlatlar adliya organlari bilan o‘zaro munosabatlari tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
(92-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
93-modda. Xalqaro shartnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida notarial harakatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
(93-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling