9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


IV. Ishonchnomalarni tasdiqlashning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 213.95 Kb.
bet120/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

IV. Ishonchnomalarni tasdiqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
24. Mansabdor shaxs bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi.
Bir necha shaxslar nomidan berilgan ishonchnoma agar unda ko‘rsatilgan harakatlar ishonch bildiruvchi shaxslarning har birini emas, balki hammasining bir turdagi manfaatlariga taalluqli bo‘lsagina tasdiqlanadi (masalan, bir necha vorislarning nomidan ularning meros ishlarini yuritish uchun ishonchnoma berishlari).
Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy ro‘yxatga olingan manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi ko‘rsatilishi kerak.
25. Ishonchnomalarni tasdiqlashda quyidagi namunaviy shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
mulkni boshqarish va tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq;
uy-joyni sotish uchun ishonchnoma mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq;
oylik ish haqi (nafaqa)ni olish uchun ishonchnoma mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq;
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma olish uchun ishonchnoma mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq.
Boshqa masalalar bo‘yicha beriladigan ishonchnomalar ham yuqorida ko‘rsatilgan shakllar asosida tuzilishi mumkin.
26. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.
27. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
28. Ishonchnomada ishonchli vakilga berilgan vakolatlar aniq ko‘rsatilishi kerak.
Ishonchnoma uni berayotgan shaxs tomonidan imzolanganidan keyingina mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi va mazkur Yo‘riqnomaning 10-11-ilovalariga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi.
29. Ishonchnoma ishonch bildiruvchi shaxsga beriladi yoki uning iltimosiga ko‘ra uning hisobidan ishonchli vakilga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnomalarning bittadan nusxasini Qonunning 26-moddasiga muvofiq notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling