9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
III. Vasiyatnomani tasdiqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
III. Vasiyatnomani tasdiqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
14. Tasdiqlanayotgan vasiyatnoma bir kishining nomidan tuzilishi kerak. Bir necha kishining (er-xotin, aka-ukalar, opa-singillar va boshqalar) nomidan tuzilgan vasiyatnomalar tasdiqlanishi mumkin emas. Homiyning o‘z homiyligidagi shaxs nomidan, shuningdek ishonchnoma asosida vasiyatnomani tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 141. Mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish uchun asos bo‘ladigan hujjatning bittadan nusxasini kechiktirmay notarial idoraga berishi shart. (141-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 15. Fuqaro vasiyatnomani tasdiqlash uchun murojaat qilganda, mansabdor shaxs ushbu fuqaroni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1134 — 1147-moddalari bilan aniqlanadigan qonun bo‘yicha vorislari doirasi bilan tanishtiradi va unga quyidagilarni: a) o‘zining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini (jumladan, oddiy uy-jihozlari va ro‘zg‘or buyumlari, banklardagi omonatlarini) qonun bo‘yicha merosxo‘rlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga qoldirishi, vasiyatnomada qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan birini, bir nechtani yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishi mumkinligini; b) agar vasiyatnoma bir necha kishining nomiga tuzilgan bo‘lsa, vasiyatnomada mulkning ularga tegadigan ulushini ko‘rsatishi mumkinligini; Oldingi tahrirga qarang. v) vasiyatnomani istalgan paytda vasiyatnoma saqlanayotgan notarial idoraga ariza berish yo‘li bilan o‘zgartirishi yoki bekor qilishi, jumladan, yangi vasiyatnoma tuzish yo‘li bilan uni qisman yoki to‘liq bekor qilishi mumkinligini; (15-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son) g) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari talablarini tushuntirib beradi. 16. Vasiyatnoma bekor qilinganda, vasiyat qiluvchining yozma arizasiga ko‘ra tegishli notarius tomonidan vasiyatnomaning barcha nusxalari ustiga vasiyatnoma bekor qilinganligi haqida ustxat yozib qo‘yiladi. 17. Vasiyatnoma loyihasini tuzishda mazkur Yo‘riqnomaning 2 (agar vasiyat qiluvchi o‘zining barcha mol-mulkini vasiyat qilmoqchi bo‘lsa) va 3-ilovalaridagi (agar vasiyat qiluvchi o‘z mulkining bir qismini vasiyat qilmoqchi bo‘lsa) namunaviy shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. 18. Vasiyatnoma ikki nusxada tuziladi va tasdiqlanadi. Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. 19. Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan imzolanganidan so‘ng mansabdor shaxs uni tasdiqlaydi. Vasiyatnomani tasdiqlashda unga mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi va mansabdor shaxs tomonidan imzolanib muhr qo‘yiladi. Ushbu Yo‘riqnomaning 9-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda vasiyat qiluvchining vasiyatnomani shaxsan imzolay olmaslik sababi ko‘rsatilgan holda mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi. Tasdiqlovchi yozuv qoida tariqasida vasiyat qiluvchining imzosi ostiga yoki vasiyatnomaning orqa tomoniga yoziladi. Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi va mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, tashkilotning muhri bosiladi. Vasiyatnomaga retseptlar, kasallik varaqalari va boshqa maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan muhrlar qo‘yilishi mumkin emas. Oldingi tahrirga qarang. Vasiyatnomani vasiyat qiluvchi shaxs tomonidan tuzilishi, imzolanishi va mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanishi bir kunda amalga oshirilishi shart. Mansabdor shaxs tasdiqlovchi yozuvda vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan imzolangan va tasdiqlangan kunnigina emas, balki soatini ham ko‘rsatishi mumkin. Vasiyatnomalarni imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim. (19-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 20. Bosh shifokor (uning tibbiyot bo‘yicha o‘rinbosari yoki navbatchi shifokor) bir vaqtning o‘zida davolovchi shifokor bo‘lgan hollarda, vasiyatnoma u tomonidan davolovchi shifokor sifatida emas, balki bosh shifokor (uning tibbiyot bo‘yicha o‘rinbosari yoki navbatchi shifokor) sifatida tasdiqlanadi. Vasiyatnomani tasdiqlovchi navbatchi shifokorning imzosi qo‘shimcha tasdiqlanmaydi. 21. Vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini, shuningdek vasiyat qiluvchining vasiyat qilinayotgan shaxs bilan qarindoshlik asoslarini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etish talab qilinmaydi. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qo‘yiladi. Oldingi tahrirga qarang. 22. Vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxs vasiyatnomaning bir nusxasini vasiyat qiluvchiga beradi, ikkinchi nusxasini esa vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi meros rasmiylashtiriladigan notarial idoraga saqlash uchun o‘n kun muddat ichida yuboradi. Agar vasiyat qiluvchining O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘lmasa yoki uning doimiy yashash joyi noma’lum bo‘lsa, vasiyatnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydigan notarial idoraga yuboriladi. (22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son) 23. Omonat vasiyat qilinganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: agar omonatning hammasi vasiyat qilinsa, vasiyatnomada uning aniq miqdori ko‘rsatilmaydi; agar omonatning ma’lum bir qismi vasiyat qilinsa, vasiyatnomada uning ulushi ko‘rsatiladi; omonat miqdori omonatchining o‘limiga qadar o‘zgarib turishi tufayli, vasiyatnomada omonatning aniq miqdori ko‘rsatilmaydi. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling