V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mansabdor shaxs vasiyatnoma, ishonchnoma va arizalarni tasdiqlashni rad etishda Qonunning 38-moddasi asosida uning sabablarini yozma ravishda bayon etadi. Mansabdor shaxs tomonidan vasiyatnoma, ishonchnoma va arizalarni tasdiqlashni rad etish mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mansabdor shaxs tomonidan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlanganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni ro‘yxatga olish
KITOBI
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |